22-rasm. Ota-onalarning interpersonal xulqlaridagi asosiy kategoriyalar.
22-rasmda raqamlar bilan quyidagilar belgilangan:
rahbarlik qilishga moyillik, o‘z ortidan ergashtirish hissining mavjudligi;
134
o‘z-o‘ziga ishonch, erkinlik hissining mavjudligi
musobaqalashishga istak-xohishning mavjudligi;
agressivlik, qat’iyatlilik;
samimiylik, to‘g‘ri so‘zlik, tanqidiylik;
realistik tuyg‘ularga ega, o‘zini oqlashga moyil, nostandart xatti-harakat qiladi;
ehtiyotkorlik, sezgirlik, ziyraklik, kamtarinlik;
oiladagi deyarli barcha vazifalami bajarishga moyillik, tobelik xususiyatiga ega;
hurmat ko‘zi bilan qarash, o‘zgalarga mahliyo bo'lish, tobe bo‘lish;
maslahat so‘rashga tayyor, oilada yangilik kiritish istagi- ning kuchliligi, o‘z yordamini ayamaslik, ishonuvchanlik;
hamkorlikda ishlashga moyillik, umumiy ishlarda qatna- shishga bo‘lgan istakning kuchliligi;
mehribon, muniwatli, saxiy;
dilkash, sevgiga o‘ch, mehribon;
yordamga tayyor, olishdan ko‘ra berishga moyil;
ishni boshqarishga moyil, rahbarlik xususiyatlariga ega;
oilada ustunlik qilishga usta, uddaburon, qat’iyatli;
maqtanchoq, kiborli, izzattalab;
ekspluatatsiya qilishga moyil, barcha narsani inkor va shub- ha ostiga olishni yoqtiradi;
jazolashni, do‘q-po‘pisa, masxaralashni yoqtiradi;
agressiv, g‘animlarcha ish ko‘rishni xush ko'radi;
qattiqqo‘l, agressiv, cho‘rtkesar;
barcha narsadan ko'ngli to‘lmaydi, agressiv,shubhali xatti- harakatni xush ko‘radi;
xavotirli, o'zini qattiq tanqid ostiga oladi, ko‘p vaziyatlarda o‘zini aybdorlarcha his etadi;
bo‘ysunuvchan, irodasiz, subutsiz, bolalariga qattiqqo‘llik qila olmaydi;
bo‘ysunuvchan, gapga kiruvchan, ta’sirchan;
sadoqatli, izzatli, farzandlaridan ham shuni talab qiladi;
kompromissga moyil, kirishuvchan;
hatti-harakatlarida tizimsiz, o'rtoqlashishga moyil;
rahmdil, mehribon, muhabbatli;
mas’uliyatli, ekstremal vaziyatda operativ xatti-harakat qiluvchi;
135
pedant, dogmaga moyil, izzattalab.
0‘zgaruvchanlar orasidagi munosabat aylanada kamayuvchi funksiyani tashkil etishini ko‘zda tutsak, ballar yig‘indisi (vertikal o‘qdagi) AR omillar dominantalik qiluvchi indeksda o‘z aksini to- padi. Aylana markazidan olingan ko‘rsatkichlargacha bo‘lgan ma- sofa shaxsning interpersonal xulqidagi adaptatsiyaga yoki ham adaptatsiyalikka moyillikni bildiradi.
Yuqorida keltirilgan ota-onalaming interpersonal xulq katego- riyalariga qarab oilada ular bilan ijtimoiy-pedagogik diagnostikani olib borish mumkin.
Fikrimizcha, ota-onalarning interpersonal xulqini nafaqat 16 omilli tizim bo'yicha, balki xulq omillarini sakkiz ko'rgazmali xulq kategoriyalari bo'yicha ham tavsiflash mumkin. Buning uchun yonma-yon joylashgan qo'shni omillar bittaga umumlashtirilib, izlanuvchi 8 kategoriyani topish mumkin (23-rasm). Bu o‘spirinlar ota-onalarining interpersonal xulq-atvorini, u yoki bu vaziyatga nisbatan bildirishadigan munosabatini ham o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Masalan, AR kodli shaxsning A (dominantalik) va R(tan olingan mashhurlik) omillari uchun quyidagi xususiyatlar ustunlik qilar ekan.
Hukm, kuch va ambitsiya (tez xafa bo‘lish) xususiyatlarini namoyish etishadi. Adaptatsion shaklda bu inson qobiliyatlariga asoslangan energetik mutasaddi xulq va obro‘ bo‘lsa, ekstremal holatda avtokratik, diktat va pedantizmga xos maniakal xususi- yatni namoyish etishi mumkin. Bunday tipdagi ota-onalar IJ (Harflar aylanadagi xulq turlariga mansub belgilami bildirishadi) xulqiga mansubligini namoyon etadi.
Egocentrik shaxs - VS (o'zligini namoyish etuvchi): V - o'ziga ortiqcha erk berish; S - raqobatga asoslangan 0‘zligini namoyish etish.
Adaptiv holatda bunday ota-onalar bolalari bilan erkin mulo- qotga kirishishi, ularda ishonch hissini hosil qilishlari, o‘sib ke- layotgan avlodda esa hurmat nissini o‘yg‘otishlari mumkin. Ekstremal (kutilmagan, g‘ayritasodifiy) vaziyatlarda ularda egoizm, egocentrizm, eksgibicionizm xislatlari kuchayadiki, bu ularni o‘z bolalaridan uzoqlashtiradi, yoshlaming his-tuyg‘ularini tushun- maslikka olib keladi. Natijada, bola tarbiyasida salbiy o'zgarishlar sodir bo'ladi Bu xulq GHIJ bilan belgilanadi.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |