MAVZU: OILADA TARBIYA ASOSLARI.
OILA TARBIYASINING ASOSIY FUNKSIYALARI
«Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila ahil va totuv bo'lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihat- Iikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukrn suradi. Oila farovon- ligi milliy farovonlik asosidir».
A. Karimov
Oila jamiyat ijtimoiy tuzumining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lib, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila-murakkab ijtimoiy guruh. U biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi, shu sababli oilalar birlashib, jamiyatni tashkil etadi.
«Oila-kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umu- miyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo'lgan majmua. Ya’ni mikroijtimoiy tuzilma- dir»I, - deb ta’kidlaydi o'zbekistonlik olim A. 0‘lmasov.
Jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta’sirini ko'rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o'z ta’sirini ko‘rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi ekan, uning mustahkamligi, tinch- totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat manfaatdordir. Oilada ma’naviy va jismoniy yetuk avlodni shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozim.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434 raqamli farmoni va unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazi- falar, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollaming sog'ligini mustahkamlash, sog‘- lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi to‘g‘risida»gi 242-sonIi qa- rorining 'bajarilishi mamlakatimizda sog’lom oilalaming vujudga kelishiga zamin yaratmoqda.
Oila-jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalaming bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillami shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijti- moiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik diagnostikada oila tarbiyasi o‘z milliy va demo- grafik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy- ma’naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a’zolarining soni, tarkibi alo- hida ahamiyat kasb etadi.
0‘quv maskanlarida beriladigan ta’lim-tarbiya darajasi bilan o'quvchi-talaba shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqa- dorlikning pedagogik jihatdan ta’minlanganligi hamda ta’lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlaming tarkib topib borishini jadallashtiradi.
Yoshlaming xulqida uchraydigan nuqsonlar: volg'onchilik, agres- sivlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda o‘quv maskanlarida beriladigan ta’lim-tarbiyaning ta’sirini oshirish yo’llarini tad- qiq etishda oila diagnostikasining muhim ahamiyati mavjud.
Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-Rubinshteyn, E. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munawarov, M. Qur’onov, O. Musurmonova, L. Mahmudo- valar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma’rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlar- ning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma’lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta’lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga mu- vaffaq boMinmoqda.
125
Ma’Iumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy-pedagogik yordamga muqtoj oilalami ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniq- lab, ularga real yordam ko’rsatish, ya’ni oilada valeologik sog'lom turmush tarzini shakllantirish va bolalaiga to‘g‘ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila diagnostikasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spes- praktikumlar) muhim ahamiyatga ega.
Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi:
maqsadni belgilash,. ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlami aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalaming yana qanday imko- niyatlaiga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekan- ligini belgilash;
harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘matishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ulaming tavsifiga ko‘ra, ota-onalami kichik guruhlaiga ajra- tish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatdir;
diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Bu oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalaiga ota- ona, qon-qardoshlik, avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davo- miyligini saqlaydi, faizandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.
«Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va seijiloligi bilan ajralib turadi* (42,54), - deb ta’kidlaydi A. Munawarov. Har bir oila o’ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig’magan olam, u tarbiya ishida o’ziga xos, takrorlanmas xususiyatlami o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo‘l- yo’riqlari mavjud emas.
0‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini-o‘zi anglash, milliy tuyg'u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish- turishda o‘z aksini topadiki, o‘zbek oilasining tuzilishi va shaxs- lararo munosabatini o‘rganishda bularni chetlab o'tish mumkin emas. 0‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p
126
bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo'lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. •
Oilashunos olimlar: D.Abdullayeva, N.Ismoilova, F.Habibul- layevlar tomonidan oilaning asosiy funkciyalari turlicha klassifi- katsiya qilingan. Bu o‘rinda oila funksiyalarini sanab o‘tish bilan kifoyalanmay, balki ulami bir tomondan odamlaming moddiy, xo'jalik-maishiy va ikkinchi tomondan, emosional va ijtimoiy- psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalaiga farqlash muhim.
Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini boMmish-oilalaming vazifalari turli- tuman (20-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |