Oilaning regulativ funksiyasi oila a’zolari o‘riasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro'ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ulami moddiy hamda ma’naviy tomondan qo’llab-quwatlash nazarda tutiladi.
Oilaning relaksatsiya funksiyasi uning eng asosiy funksiya- laridan biridir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quwatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdirII.
Oila fiinksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki ho- latiga, shu bilan biiga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta’sir etadi.
Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bo- laning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko'rsatishi tabiiy qoldir. Ota-onalaming bolalami tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ulaming sog'ligini saqlashdir. Buning uchun bola to‘yib ovqatla- nishi, gigiyena talablariga rioya etishi lozim bo’ladi. Ota-onalar o’zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo‘lishlari shart. 0‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so’zlashuvni tashkil etish lozim.
Ota-onalar bolalarining maktab-o‘quv vazifalarini yaxshi baja- rilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
bolalaming darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qol- dirishlariga yo‘l qo‘ymaslik;
ulaming mashg'uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish; bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o'rgatish,
ulaming g'ayrat va chidamliligini oshirish;
bolalami vijdonli va rostgo‘y bo'lishga, mustaqil ishlarga o‘r- gatish.
Oiladagi sog'lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosa- batlari farzandning mhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ota- onaning o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘- riso'zlik, mehnatsevarlik, olijanoblik, fidoiylik, saxovatpeshalik kabi hislatlami shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan bar- cha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statistik ma’lu- motlarga qaraganda, bugungi intensiv turmush tarzini kechirayot- gan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari tar- biyasiga atigi 1,5 soat, ona - 4-5 soat, ish bilan mashg'ul deb qara- luvchi ota - 12 minut, ona - 3 soat vaqtini ajratar ekanI. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu ajratilgan vaqt bolalaming barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli etnas.
Ayrim oilalarda erkaklarning bola tarbiyasidagi ishtiroki kam vaqtni egallaydi. Shu sababli, bugungi kunda ko‘cha bezori, deviant xulqi buzilgan bolalar paydo bo'lmoqda.
Ma’lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo'lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlami chuqur umidsizlik va gunohkorlik tuyg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to'la- dir. «Oilaviy hayotning «qorong’u tomonlari» televideniye va bosh- qa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko‘rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlami, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o'ziga tortmaydigan ko’pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba’zari ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarak- teriga ta’sir etadi. 0‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayot- dagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi» (30, 450).
«Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta’sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o'rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalaming yoshiga. ulaming qarindoshlari bor-yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota- onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko‘- rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog'liq. Bulaf va boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma’naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og‘ir kechadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so‘ng, ko‘p holatlarda bolalar o’zlariga kela olmay, xomush yurishadi.
Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining tumanlari va shaharlarida yaqin ora (2002-2006 yillar)da ajralgan ellik sak- kizta oilalaming bolalari turmush tarzini hamda hayotini o'rganish shundan dalolat berdiki, mazkur oilalardagi 4-6 yoshli maktab- gacha davr yoshidagi, 7-11 kichik maktab yoshidagi hamda 12-14 yoshli o'smirlar va 15-17 yoshli ilk o'spirinlar stress ta’siri ostida ekanligi aniqlandi. 2001 yilning kuz oyida o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan 142 ta bolaning qariyb barchasi ajralish vaqtida o‘tkir emotsional holatni boshidan kechirganlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ba’zan yuz beigan holat uchun o‘zlarini aybdor hisoblab, kuchli tashvish va iztirob chekishgan. 12-14 yoshdagi o'smirlarning 69 tasida, ya’ni 48,6 foizi ajralish natijasida xulqida qo‘rslik, qo‘pollik alomatlari kuzatildi. 15-17 yoshdagi 57 nafar o‘spirin ota- onalarining niyatlarini tushunsalarda, lekin ajralish oqibatlari va o‘zlarining kelajaklari uchun xavotirda ekanliklarini bildirdilar. Ularning 40,1 foizida g‘azablanish va agressivlik holatlari kuzatildi. Biroq to‘rt yillik davr oxirida (2005-yil) bolalaming 2/3 qismi uydagi hayotidan va tevarak-atrofdagilari bilan muloqotidan har holda ko'nikkanliklarini bildirishdi. Ulaming 1/3 qismi yol£‘izlik va yaqin odamlarini yo‘qotish qayg'usida o‘z hayotlaridan qoniqma- ganliklarini namoyish etishdi. 0‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bolalar ota-onalarining har ikkalasi bilan muntazam muomalaga kirishishi o‘ta zarur pedagogik jara- yondir. Bu jarayonda ularning xulqida ijobiy sifatlami shakllantirish mumkin» I.
Oilada pedagogik muhitni tashxislash bo‘yicha 1954 yili T. Liri, R.L. Lafoije, R.F. Sucheklar tomonidan ota-onalarning interpersonal xulqini tashxislash metodikasi yaratildi. Mazkur metodika- dan dunyoning ko'pgina rivojlangan mamlakatlarida hanuzgacha foydalanishadi, chunki u o‘zining dolzarbligini yo‘qotganicha yo‘q. Ma’lumki, inson doimiy ravishda tevarak-atrofdagilar bilan mulo- qotda bo‘ladi, shu sababli uning interpersonal xulqini 16 ko‘rsat- gich bo'yicha turkumlash mumkin (21-rasm).
Bizning fikrimizcha, ota-onalaming oilada individual interpersonal xususiyatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |