MAVZU: ILMIY DUNYOQARASH, KADRLARDA MILLIY
ONG, MAFKURA VA DEMOKRATIK TAFAKKURNI
SHAKLLANTIRISH
Bilim ilmiy dunyoqarashning asosidir.
Dunyoqarash mohiyati va uning turlari.
Kishilar ongi, dunyoqarashida yangicha fikrlashni shakl- lantirish zarurati.
Milliy istiqlol mafkurasi mohiyat-mazmuni. Tarbiya jara- yonida milliy ong va tafakkumi shakllantirish.
Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davr- larda millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo'lib kelgan. In- soniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda davrning o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umuminsoniy madani- yatiga salmoqli hissalarini qo'shganlar. Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bilim olish, albatta, yoshlikdan bosh- lanadi. «Yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan naqshdir», - deydi dono xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix sahifalaridan, xal- qimizning qalbidan o‘chmaydi. Shunday kishilar qatorida Sharq musulmon dunyosi mutafakkirlaridan al-Kindiy, G'azzoliy, Beru- niy, Xorazmiy, Naqshbandiy, Yassaviylami, G‘arb allomalari I. Kant, F. Gegel, L. Feyerbax, A. Shopengauerlaming nomlarini tilga olmas- dan bo‘lmaydi. Eng buyuk allomalam donishmandlar, o‘zlarining noyob asarlari, ta’lim otlari bilan insoniyat rivojiga ulkan hissa qo'shganlar. Ular umrlarini ilmu fanga bag‘ishlab, bu yorug' olam- dan ketar chog'i «hayot ilmini chuqur egalladingizmi?», degan savolga «hech narsa bilmay ketyapman», - degan ekanlar. Ne ajab, hayot ilmi sirli va murakkabki, anglab yetmoqqa butun insoniyat umri ham etmaydi.
Dunyoqarash, uning shakllari. Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi. Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo‘lib, hay-
144
vonot dunyosi boshqa narsa, buyumlar va mavjudodlar uchun bu hoi yotdir. Ularda dunyoqarash kishilarning olam va uning o‘z- garishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axlo- qiy, estetik diniy, qarashlari va tasawurlari tizimidan iborat. De- mak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan bilimlar to'plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida qancha ko‘p ma’lumotlarga, bilimga ega bo‘lsa, ulaming dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo‘ladi. Awalo ta’kidlash lozimki ilmiy dunyoqarash turlicha bo'ladi. Turli kasb egalari turli xil dunyoqarashga ega bo‘ladi.
Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g‘oyalar turkumini hosil qiladigan, ulami muayyan ijti- moiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, dav- latlar maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o‘z o‘mini, amaliy faoliyat yo‘nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko‘p qirrali va sermazmun tushunchadir.
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjuddir. Birinchisi, kishi- laming kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasawurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli to‘pIangan nazariy bilimlar, g'oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog‘- langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy tur- mush aks etadi va u ijtimoiy tuzumga bog‘liq bo‘ladi.
Dunyoqarashning doimo o‘zgarib, rivojlanib turishi uning tari- xiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon bo'ladi.
Mifologik (yunoncha - mifos-naql, rivoyat, logos-tushuncha, ta’limot) dunyoqarash ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang‘ich davriga xos bo'lgan xalq og‘zaki ijodi-naql va afsonalarda gavda- lantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.
«Olam qanday paydo bo'lgan? Quyosh, oy va yulduzlarni kirn yaratgan? Bu sir-sinoatga to‘la borliqning so‘ngi qayerda?» degan savollar odamzotni azaldan qiziqtirib kelgan.
Ushbu savollarga odamzot topgan dastlabki javoblar miflarda ifodalangan va ular butun bir mifologik tizimni hosil etgan.
Qadimiy turkiy xalqlarda ham shunday mifologik tizim mavjud bo‘lgan. Misol tariqasida yer, osmon, yulduzlaming paydo boiishi, tuzilishi va o'zaro munosabati haqidagi mifologik naqllami keltiramiz:
Yer(ning) ustidan osmon do'ppiday yopib turadi. Eng ba- landda, o‘rtada Temir qoziq yulduzi turadi. Jami yulduz yer bilan temir qoziqning atrofida chir aylanadi. Yerning ostida ham bir temir qoziq yulduzi bor. Ikki temir qoziq tortishib, yer qimirlamay turadi.
Hulkar awal yetti yulduz bo'lgan. Birovini yetti qaroqchi olib, oltitasi qolgan. Yetti qaroqchi Hulkar bilan Qambarning o‘rtasi tushib, ularni yuz ko'rmas qilib qo'ygan. Awal ular bir- birini yaxshi ko'rishgan. Hozir Hulkar botsa, Qambar chiqadi. Qambar botsa, Hulkar tug‘adi. Hulkar-qiz, Qambar-yigit deyishadi. Oxiri qiyomatda Hulkar bilan Qambar ko'risharmish.
Osmon qavat-qavat bo‘lar ekan. Nechanchidir qavatida bir daraxt bor ekan. Har bir odamning oti yozilgan baig shu daraxtda bo'lar ekan. Odam o‘lsa, barg so‘lib, uzilib tushar ekan. Barg yerga tushayotganda, biror odamga tegib ketsa, shu odamning qulog'i chimirlar ekan. Shunday vaqtda kalima qaytarishi kerak ekan.1
Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasawurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi du- nyoqarashdirI II. Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, qalbida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy kishilarning ruhiyatiga moslab, ularning hissiyoti, tafakkuriga ta’sir etadigan va ko‘p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin obraz- lar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir.
Islom ta’limotidagi har bir afsona va rivoyatlarda katta hik- mat, falsafiy fikr, ma’no mavjuddir. Shuning uchun ham ular bar- hayot bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib, bizning davrimizgacha yetib keldi. Bunday ma’naviy boylikni ehtiyot qilishimiz lozim.
Falsafiy dunyoqarash - bu olam haqidagi yaxlit va tizimlash- tirilgan bilimlar yig‘indisidir. Mifologik va diniy dunyoqarash hissiy a’zolarimiz orqali erishilgan ma’lumotlar asosida shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy a’zolarimiz tufayli ilm-fan yordamida to‘plagan bilimlar yig'indisidir. Falsafiy dunyoqarash kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyat- lari haqida ma’lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab tur- gan olamni, dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mum- kinligini, bilish esa murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |