Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalar- * ga bo'ysunish va o'zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-hara- katlardan o'zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o'ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kid- laydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli boiish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go'zallikka intilish kabilardir.
Adolat hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalami rioya etgan holda hal etishdir.
Adolat tushunchasi bilan bog‘liq jihatlar juda keng qamrovli bo‘lib, adolatli inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi. Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib borish, yo‘l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Prezidentimiz I.A.Karimov «OIz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz» (1999-vil, 13-fevral) mavzusidagi «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblari biz uchun dasturilamal bo'ldi.
Vatan, millat taqdiri hal boMadigan qaltis vaziyatda to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun awalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak.
Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo‘lmog‘i darkor.
endi, eski jamiyatni inkor qilish yoki ma’qullash kayfiya- tidan voz kechib, bunyodkorlik kayfiyatiga o'tish kerak.
Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo'layotgan pallada o‘z- ligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik.
Insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish lozim.
Mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida o‘tmishimizning hali o‘rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyat- larimizni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda. «Biz uchun mustaqillik - eng awalo, o‘z taqdirimizni qo'limizga olish, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlami, urf-odatlami tiklash, mo‘tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqaroriikni saqlashdir1».
Shu nuqtayi nazardan, yoshlarda sog‘lom tafakkurni shakl- lantirish tarbiyaviy masalalarni hal qilish mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab oladi. «Adolat, axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni na- zorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o'lchovdirI», - deb yozadi F. Nizomov.
Наг qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz.
Istiqlol sharofati bilan ko'plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to'grisidagigi g'oyalar atroflicha o‘r- ganish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, 0‘zbekiston Res- publikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko'nikma-malakalami egallagan, raqobatbar- dosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to‘g‘ri baholay eladigan, chuqur huquqiy bilimlaiga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to‘g‘risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohotlar, aqloqiy-huquqiy munosabatlar kabi ma- salalaiga alohida e’tibor berishlari lozim.
Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy- axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir.
Huquqiy tarbiya muammolari va ulami ta’lim-tarbiya jarayo- niga tatbiq qilish muammolariga bag‘ishlab ilmiy izlanish olib boigan olimlar: A. Saidov, B. Karimov, I. Eigashev, A. Begmatov qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir.
Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi murnkin boMgan narsalar: - rnulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquqlar inson- lararo munosabatlari adolatga bog‘liq. Moddiy ne’matlar va xizmat turlari, ijtimoiy (obro‘, hurmat-ehtirom), siyosiy ne’matlar (siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi), sogliqni saqlash kishilaming ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat muammolariga katta e’tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Imom Odil shoh g‘oyasini ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdoiga adolat me’yorlariga rioya qilish lozimligini o‘qtiradi. Jamiyatdagi mavjud sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalaiga nisbatan moddiy ma’naviy ne’matlami ulashishiga «chun xurshed meboyat zist», ya’ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko‘rib, adolat yuzasidan taqsimlash lozimligini ta’kidlaydi. Alloma o‘z madhivalarida ilm ahli, ziyolilar dehqon, hunarmand, xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat barqarorligi va taraqqiyot yo'lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o'z faoliyatida ham shunga erishishga intiladi.
«Mutafakkir Imom Buxoriy «Adolat-Allohning benazir inoya- tidir, undan barchani bahramand qiling», degan g‘oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat (kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bajarishda uning vazifasi muhim ekanligiga e’tibor qaratadi».I Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qo'shin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog'liqligini ko'rsatib beradi.
Tarbiya jarayonida o’qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya berish, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalami shakllantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |