X ibragimov, sh. Abdullayeva



Download 0,76 Mb.
bet34/125
Sana12.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#781927
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgar- tiradigan kuchli vositadir. Uning g'oyalari xalqning ishonch - e’ti- qodi, intilish va manfaatlari ifodasiga, aylansa, yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi taig'ibot va tash- viqot ishlarini, o‘quvchilaming tushunchasi, aql-idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda marifiy yo‘l va usullar orqali amal- ga oshirish taqozo etiladi.
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
* l

  1. Mahallada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqing.

  2. Masalani yeching: ota o‘z o‘g‘lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to'lishi munosabati bilan ziyofat berdi. 0‘g‘lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab unga qadah uzatdi. Oila a’zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirishdi:

Dadasi: «o‘g‘lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah коЧагауПк!».
Buvisi: «jon bolam, spirtli ichimliklarga o‘g‘Iingni o'rgata ko'rma, ichkilikbozlikning oxiri voy bo'lishi mumkin».
Bobosi: «...mayli, otangning so‘zi yerda qolmasin».
Oyisi: «...o‘g‘lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklaming qanchalik zararli ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko'rish uchun uzatdi».
Savol: Siz oila a’zolarining bu voqeaga bo‘lgan munosabat- larini qaysi birini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?

  1. Quyida amerikalik yozuvchi Lengston Xyuzning «RAH- MAT, MEM!» nomli hikoyasini o‘qing.

RAH MAT, MEM!
Kechqurun soat o‘n birlar, qorong'i tushgan. Gavdali ayol katta va og‘ir sumkasini yelkasiga ortib ko‘chada ketib bormoqda. To‘satdan qorong‘ulikdan bir yigitcha paydo bo‘ldi-yu, uning orqasidan kelib, sumkasini tortib olmoqchi bo‘ldi. Bolakay orqadan sumkani shunday kuch bilan tortdiki, uning qayishi uzilib, yeiga tushib ketdi. Lekin sumka shunchalik og‘ir, bolakay esa shunday kichik ediki, u muvozanatini yo'qotib, qochish o'miga, oyoqlarini osmonga cho'zgancha, orqasi bilan trotuarga yiqilib tushdi. Bar- vasta ayol keskin qayrilib, bolaning tor jinsi kiygan orqasiga tepdi. Keyin engashib bolani yelkasidan ko‘tardi va kuch bilan silkitdi.

  • Ey bolakay, sumkamni olib ber, - dedi ayol.

Bola sumkani olish uchun biroz oldinga qadam tashladi.

  • Senga uyat emasmi?

Ha, MEM, - deb g‘uldiradi bola. Ayol uni awalgidek yoqa- sidan ushlab turardi.

  • Nega bunday qilding?

88

  • Men*atayin qilganim yo‘q.

  • Senga ishonib bo‘pman.

Ulaming yonidan ikk-uch kishi o‘tdi, kimdir ularga qayrilib qarab, yana yo‘lida davom etdi, kimdir to'xtab ulami tomosha qila boshladi.

  • Agar seni qo‘yib yuborsam - qochib ketasanmi?

  • Ha, MEM.

  • Unda qo‘yib yubormayman, - dedi ayol.

  • Xonim, kechiring, - shivirladi bolakay.

  • Aftingga qara, qanday iflos. Nima uyingda hech kim yuzing- ni yuv demaydimi?

  • Hech kim yo‘q, MEM.

  • Endi kimdir bo‘ladi. Bugun yuzing ham har qachongidan toza boiadi, - deb ayol bolani sudragancha ko‘cha bo'ylab keta boshladi.

Ko'rinishdan bola 14-15 yoshlarda, oriq, nimjon bo'lib, kros- sovka va jinsida edi.
Afsus, sen mening o‘g‘lim emassan, dedi ayol. Bo‘l- masam ko'rsatib qo'ygan bo‘lardim. Menga tegish kerak emasdi. Endi qutila olmaysan. Missis Luella Beyts Vashington Jonsni endi uzoq vaqt unutmaysan.
Bola qo‘ldan chiqishga harakat qilardi. Lekin ayol uni qo'yib yubormay, uyigacha olib keldi. Bolani xonasiga itarib olib kirdi, dahliz bo'ylab tortib, oshxonaga olib o'tdi. Ayol hamon uni qo‘ltig‘i ostidan ushlab turardi.

  • Isming nima?

  • Rodjer, - javob berdi bola.

  • Hozir borib yuzingni yuvasan. Uqdingmi?

Rodjer eshikka qaradi, so'ngra ayolga, yana eshikka... va cha- noqqa bordi.
Meni qamoqqa olib borasizmi? deb so‘radi bola, cha- noqqa engashib.

  • Shunday iflos bashara bilan hech qayerga olib bormay-man. Kechki ovqat tayyorlayman. Balki sen ham hali ovqat yema- gandirsan?

  • Uyimda hech kim yo‘q, - javob berdi bola.

  • Demak, unda birga ovqatlanamiz. Sen och qolgandirsanki, sumkamni o‘g‘irlashga qaror qilibsan.

  • Men zamshadan tikilgan ko‘k tufli olishni xohlagan edim,- dedi bola.

89
Bola yuzini yuvib, artindi. Keyin nima qilsam ekan deb o‘gi- rildii Eshik ochiq edi. Dahlizga yugurib chiqish va qochib ketish mumkin.
Ayol o'rindiqda o‘tirardi.

  • Men ham yoshligimda ko‘p narsa xohlar edim,- deb ayol jim bo‘ldi. Uzoq sukunat cho'kdi.

  • Ha, men ham shunday narsalar qilganmanki, bu haqda ga- pirmaslik ma’qul, o‘g‘lim. Kim bilan bunaqa ishlar bo‘lmaydi dey- san. O'tir, men hozir biror yegulik tayyorlayman.

Xonaning boshqa chetida, to‘siqning ortida gaz plitasi va sovutgich bor edi. Missis Jons o'rnidan turib, har daqiqada qochib ketishi mumkin bo‘lgan bolaga ham, uning yonida turgan sum- kasiga ham e’tibor bermay, to‘siq ortiga o‘tdi. Biroq bola qochi- shni o‘ylamasdi. Buning ustiga u ayol ko‘z qiri bilan kuzatishi mumkin bo'lgan xonaning uzoq burchagiga, sumkadan nariroqqa o‘tirdi. U ayol unga ishonishini xohlardi.
Ayol sovitgichdan yegulik oldi, какао qaynatdi va stolga qo‘y- di. U boladan qayerda yashashini ham, ota-onasini ham, umuman uni noqulay ahvolga soladigan hech nimani so‘ramadi. Bolaga o‘zi to'grisida gapirib berdi, mehmonxonadagi kechgacha ochiq turadigan sartaroshxonada ishlashini aytib berdi. Bolaga ovqat yeb bo‘lgach, pirog kesib berdi. Ovqatlanib bo‘lgach, dasturxondan tu­rib, o‘n dollarlik kupyurani bolaga uzatdi va dedi:
Ma ol, o‘ntalik, o‘zingga zamshadan tikilgan ko‘k botinka sotib ol. Bundan keyin birovlaming narsasiga ko‘z olaytirma. Yodingda boisin: Harom pulga poyabzal sotib olsang, ular butun umr tovoningni kuydiradi. Ayol uni uzun dahlizdan chiqishgacha kuzatib qo'ydi.
Xayrli tun, bundan keyin o‘zingni yaxshi tut, - dedi ayol eshikdan tashqariga qarab.
Shalog'i chiqqan zinadan yugurib tushib, bola pastdan yuqo- riga qarab, eshik oldida turgan ayolga «Raxmat, MEM» deb, yana nimalardir demoqchi bo‘ldiyu, ammo labi pichirlagani bilan, ovozi chiqmasdi. Bola ovoz chiqarib minnatdorchilik ham bildira olma- diI.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish