Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhga o‘quvchi- larda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni ma’naviy va siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari, irodasiga ta’sir ko‘r- satish usullari kiradi. Bu guruq usullarining mohiyati shundan ibo- ratki, ular orqali jamiyat o'quvchilar ongiga qanday talablar qo‘ya- yotgani etkaziladi. Yoshlaming dunyoqarashini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashishi uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. O'quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faolligini tarbiyalash lozim. Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng muhim ishlatiladigan omildir.
Tushuntirishning vazifasi o'quvchilami yuksak madaniyatli, milliy g‘ururli qilib tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o‘quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi bora- sida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning roli katta.
107
Suhbat va hikoya. 0‘quvchi shaxsini g'oyaviy-axloqiy shakl- lantirishda o'-qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirli usul hisoblanadi.
Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin. Axloqiy mav- zular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o'zini tutish qoida- Iari), estetik mavzularda (tabiat go‘zalligi hamda inson go‘zalligi), siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati), ta’lim va bilimga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi).
Suhbat davomida o'quvchilami qalbidagi fikrlarini aytishga, jasoratini uyg'otishga, o'quvchilami fikrlashga majbur qiluvchi sa- vollar berish juda muhimdir. Bu borada bahs va munozaralarning ahamiyati katta.
Hikoya. 0‘quvchilar, odatda, hayotdan va boy badiiy adabi- yotdan olingan aniq misol bilan to'liq hikoyalarni tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tarixiy, tabiiy boyliklari, san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televidenie, Internet tarmoqlaridagi, gazeta va jumallardagi maqolalar ham qimmatli material boiadi. Suhbat ham, hikoya ham o'quvchilaming yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so'zlar orqali ravon va jonli o'tkazilishi kerak.
Namuna. 0‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaqin axloqiy sifatlami ko'rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhimdir. 0‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo'lishi, ayniqsa yoshlaiga katta ta’sir ko'rsatadi. Ular o'qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajari- shini kuzatib yuradilar. 0‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvor bolalarda yaxshi sifatlar- ning, ba’zan esa yomon sifatlaming ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham 0‘zlarini tuta bilishlari kerak. Maktablarda ishlab chiqarish ilg'orlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bolalar o‘z ota- onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlana- dilar. Ulaiga taqlid qilishga intiladilar. Namuna xalq pedagogi- kasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush inida ko‘iganini qiladi», «Onasini ko'rib qizini so‘ra», «Axloqni axloqsizdan o‘rgan», «Bola oldida birovlarning g'iybatini qilma, bolang g'iybatchi bo‘ladi». Shu oddiy iboralar ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligining guvohi bo'lamiz.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |