Sinfdagi faollami aniqlash. Sinf rahbari dastlabki kunlarda-noq o‘quvchilarni jamoat topshiriqlari orqali kuzatib boradi. Ular ichidan faol bolalarni tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a’lochi o‘quvchilardan sinf faollarini saylaydi.
Jamoat ishini faqat faollar zimmasTga emas, balki barcha 0‘quvchilar orasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
0‘quvchilami istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin, qiziqarli va quvonchli voqealar manzilidir. Sinfda yorqin va jozibador istiqbollaming bo‘lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli holat- lami keltirib chiqaradi.
Istiqbol, odatda, oddiy kundalik ishlar: sinf xonasini jihozlash, kutubxona tashkil etish, musobaqalarga tayyorlanishdan boshlanib,
119
sayr-tomoshalarga chiqish, kino, teatrlarga jamoa boiib borish orqali davom ettiriladi. So'ngra murakkabroq istiqbolli vazifalar qo'yiladi: kecha tayyorlash, dramatik to'garak tashkil qilish, olim- piadalarda qatnashish, sovrinlarni («Zulfiya», «Nihol» kabi) qo‘Iga kiritish uchun harakat qilish kabi.
Sinfda ijobiy an’analarni qaror toptirish deganda nimani tu- shunasiz?
«An’ana» - asli arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o‘tib, davom etib kelayot- gan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir»I. Bu jamoa hayotiga mustahkam o'mashib qolgan ijobiy tajribalardir. Turli bayramlami nishonlash, ijodiy ko'riklar tashkil etish, mak- tabni bitiiganlar bilan uchrashuvlar, tug‘ilgan kunlami muborakbod etish kabi an’analar bo‘lishi mumkin.
Наг qanday an’ana sinf o'qituvchilari va ota-onalar nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ular qo‘llab-quwatIagan taqdirdagina bu boqiy an’anaga aylanadi. Yaxshi an’ana sinf jamoasining jipsla- shuviga ko‘maklashadi.
0‘quvchilarga yagona talablar qo‘yishning jamoani jipslash- tirishdagi ahamiyati qanday?
0‘quvchilar jamoalarining tarbiyalanganlik darajalari pastligi ko‘pincha maktabda o'quvchilarga qo’yiladigan yagona talablar- ning yo‘qligi bilan izohlanadi. Yagona talablar o'quvchilarda javob- garlik munosabatini, yuksak o‘zaro talabchanlikni tarbiyalashga, ularda yuksak axloqiy odatlami tarkib toptirishga, mustahkam an’analar yaratishga yordam beradi.
Yagona talablarni ishlab chiqishda o‘quvchilaming o‘zlari, sinf rahbari, ota-onalar qatnashishlari mumkin. Uni tuzishda har bir maktabning o’ziga xos xususiyatlari, mahalliy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Yagona talablar buyruqbozlikka nisbatan katta afzal- liklarga ega. U barcha o’quvchilar tomonidan g‘oyat adolatli deb idrok etiladi,. tirishqoqlik bilan bajariladi.
Sinf jamoasining shakllanishi va uning rivojlanib, uyushib bo- rishida o‘qituvchining roli juda katta. U jamoani tarbiya maqsa- diga muvofiq rivojlantirishga yo'naltiradi.
Jamoaning faoliyatida sinf faollarining o‘mi ham muhim bo‘lib, ishonchli, faollarni tanlash uchun o‘qituvchi o‘quvchilaming faoliyatini, sinf ishlariga kim qanday munosabatda boiishini kuzatishi, har bir o'quvchi bilan shaxsan suhbatlashib ijtimoiy ish bilan shug‘ullanish istagini bilishi, ishning uddasidan chiqadigan bolalarni aniqlashi zarur. Jamoani uyushtirishda jamoatchilik top- shirig‘idan, o‘quvchilarni istiqbolga chorlash, sinfda ijobiy an’ana- larni qaror toptirish va o‘quvchilarga yagona talablar qo‘yishdan o‘z o’rnida foydalana olishi lozim.
0‘qituvchilik kasbini egallagan har bir inson o‘quvchilar jamo- asini jipslashtirishda o‘qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o‘zida mujassam etishi, ruhiy-pedagogik talablaiga qo‘yiladigan qator talablarga javob berishi, maxsus kasbiy tayyorgarlikning toia xajmi va mazmunini uzlashtirgan bo‘lishi, tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, nazokat, ziyraklik va kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiiiyatiga ega bo'lmog‘i juda muhim. Zero, o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayoni- ning samaradorligini oshirish uchun yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgata olishlari, jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarga, voqea-hodi- salarga adekvat baho berishga o‘rgatishlari, e’tiqodi mustaxkam vatanparvarlar qilib tarbiyalashlari bugungi kunning asosiy qirrasi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |