Ziyonet doc


Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/62
Sana07.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#753358
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Bog'liq
2 5260229790975136459

Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon 
To’liq nomi Abu-nasr Muhammad bin Tarxon bin O’zlug’ bo’lgan Forobiy 
jahon falsafiy tafakkuri taraqqiyotida burilish yasagan buyuk faylasuflardandir. U 
Uyg’onish davri mutafakkirlarining yirik namoyandasi sifatida tafakkur olamida 
o’ziga xos yo’l ochdi. Jumladan, inson, jamiyat, tarixiy jarayon, davlat va 
boshqaruv borasidagi falsafiy qarashlarga asos soldi. 
Albatga, Forobiy yunon allomalari Aflotun va Arastu falsafasi bilan o’z 
zamondoshlaridan ko’ra ko’proq shug’ullangan, uning moxiyatini boshqalardan 
ko’ra chuqurroq o’rgangan va o’zlashtirgan edi. Natijada shunday novatorlik 
yo’lini topdiki, ayni ana shu qadimgi yunon falsafasining o’z davri qarashlari va 
ehtiyojlari nuqtai nazaridan kutilmagan holatda yangi qirralarini ochib, uni 
boyitdi, rivojlantirdi. 
Yana shunga aloxida e’tibor berish kerakki, Forobiy falsafiy qarashlariga 
munosabatda, uni tushunish va talqin etishda hamon sho’ro imperiyasi siyosati va 
kommunistik mafkura talablari saqlanmoqtsa. Allomaning g’oyat katta ilmiy 
merosi umumiy va yuzaki, zamonasoz ma’lumotlar shaklida bayon qilinmoqda. 
Forobiy falsafasining barcha qirralari, ko’lami va ilmiy-nazariy jamiyati bir 
yoqlama, ya’ni dunyoviy tafakkur tarzi me’yorlariga mos tomonlari tadqiq 
etilmoqda. Vaholanki, Forobiyning ilmiy-falsafiy fenomeni dunyoviy va diniy 
qarashlar o’zaro kesishgan joyda yaqqol namoyon bo’ladi. Qomusiy bilimlar 
majmui bo’lgan ushbu holatni akademik M. Xayrullaev to’g’ri talqin etadi va 
uning qator sohalar bo’yicha ilmiy qarashlari yaxlit tizimi haqida fikr yuritadi 
hamda ularni sanab o’tadi: til haqidagi bilim, mantiq, matematika, optika, 
sayyoralar, musiqa, og’irlik, mexanika, tabiiy va ilohiy ilmlar (metafizika), 
siyosat, yurisprudentsiya (fiqh), musulmon teologiyasi (kalom) va boshqalar. 


50 
Demak, Forobiy har qanday qarashlardan qat’i nazar inson va hayot 
falsafasining yorqin ijodkori. U fan va xayolot, ilmiy-nazariy taxlil va 
vahiylikning mushtarak yo’lini topa bildi. Xuddi ana shu jihati bilan dunyoviy 
taraqqiyotga, ilk uyg’onish davri tsivilizatsiyasiga misli ko’rilmagan hissa 
qo’shdi yoki S. M. Xotamiy iborasi bilan aytganda «Forobiy – islom falsafasi va 
mus-tahkam ratsional (aqlga asoslangan) tafakkur tizimini yaratgan odam. Uning 
maktabi yunon faylasuflari qarashlari bilan jamiyki o’xshash jihatlariga qaramay, 
umuman olganda ham, alohida tomonlarini olganda ham, nodir hodisadir». 
Inson va jamiyat, inson va tabiat, olam va odam o’rtasidagi munosabatlar 
dunyoviy tafakkur asosida Forobiy zakosi bilan butunlay yangicha talqin etildi. Bu 
davrda mavjud bo’lgan ilohiy qarashlar, islom tafakkur tarzi ilk bor dunyoviy 
fanlar bilan uyg’un holda tahlil qilindi. Ana shu tarzda jamiyat taraqqiyoti 
qonuniyatlari, insoniyat tadrijiy rivojining asoslari va kishilik jamiyati 
shakllanishi, rivojlanishi va taraqqiy topishining o’ziga xos talqini Forobiy 
maktabida vujudga keldi. Bu maktabda falsafiy va tabiiy fanlar bir-birini to’ldi-
radigan, shaklan turlicha, mohiyatan mushtarak holda o’ziga xos maqomga ega 
bo’ldi. 
Darhaqiqat, Forobiyning buyukligi va falsafada benazirligi, falsafiy 
tafakkurining inson hayotini va istiqbolini ratsional o’rganishdagi keng 
imkoniyatlari shundaki, u ilmning barcha sohalarida o’zigacha bo’lgan davrda 
birinchi bo’lgan shaxsdir. Masalaning ikkinchi tomoni ham borki, Forobiy yaratgan 
buyuk maktab tufayli dunyo falsafiy taraqqiyoti, uning barcha yutuqlari bevosita 
Forobiy qarashlari asosida qurilgan. Bu – shubxasiz. Buni Sayyid Muhammad 
Xotamiy quyidagicha izohlaydi: «Shariat, tariqat va ratsionalizmning hamda 
nimaiki Islom tsivilizatsiyasi o’z cho’qqisida borliqni sharhlab tushuntirish, hayot 
yo’lini ko’rsatish borasida erishgan bo’lsa, jamlab ifodalagan «Sadrul Mutolihin» 
kitobidan keyin biror arzigulik g’oya dunyoga kelmadi. Mazkur kitob esa shu 
sohada yakuniy to’plamday bir asardir». 
Forobiyning inson va jamiyat haqidagi ratsional falsafasi bevosita tarixiy 
taraqqiyot, tarixiy rivojlanish asoslari, uning o’ziga xos omillari, dunyoviy va 
diniy qarashlarning sintezi sifatida yuzaga keldiki, bu insoniyat tarixida o’ziga 
xos qarashning yorqin namunasidir. 
Forobiy kishilik jamiyati, uning rivojlanish qonuniyatlari, shahar 
(mamlakat) aholisi va hokim muammolari, davlat va boshqaruv masalalari 
xususida gapirar ekan, u real voqelik va uning istiqboli hamda tanazzuli 
sabablarini qidiradi. Biroq biror joyda tarixiy tajriba, tarixiy jarayon tahlili va 
uning saboqlari, tarixni anglash, idrok etish va baholash tamoyillari haqida aniq 
fikr yuritmaydi. Ammo, Forobiy ilmiy-falsafiy merosining beqiyos qadriyati 
shundaki, u bevosita inson va uning mohiyati, kishilik jamiyati va uning 
qonuniyatlari, rivojlanish omillari, boshqaruv usullari, erkin fuqarolik jamiyati 
haqvdagi favqulodda xulosalari bilan istiqbolni belgilashda, ijtimoiy-tarixiy 
jarayonni ezgulik sari burishda katta ahamiyat kasb etdi, o’zidan keyingi tarixiy 
taraqqiyotda muxim dastur vazifasini o’tadi. 
Forobiy mutaassiblikka qarshi ravishda ma’rifatlilik g’oyasini ilgari surdi. 
Inson tafakkurining jamiyatga bo’ysundirish haqiqatan to’g’ri ish ekanligini», – 


51 
aytadi. Yana bir joyda jamiyat hayotiga zarar keltiruvchi, tahdid soluvchi ishlar 
haqida gapirar ekan, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida «sa’y-
harakati, huquklari va maqsadlari (adolatli) hokimlarga qarshi bo’lgan yovuz 
niyatli odamlardan shaharni tozalashdir» – degan g’oyani ilgari suradiki, bu davlat, 
boshqaruv, hokimiyat va uning adolatli faoliyati masalalarida o’rta asrlarda 
shakllanayotgan falsafiy, siyosiy, tarixiy, ijtimoiy tafakkurning naqadar 
yuksakligidan dalolatdir. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish