“O’zbekistonda zamonaviy boshqaruv siyosati va uning mohiyati”
mavzusida yozgan
MUNDARIJA
KIRISh…………………………………………...…………...……………………4
I. Boshqaruv tizimining tarixiy-madaniy asoslari…………..…………..............9
I.1. O’zbekistonda boshqarishning shakllanishi va keyingi tarixiy davrlarda rivojlanishi.………………………………………………………….……………..9
I.2. Mustaqillik yillarida zamonaviy boshqaruv tizimining yo’lga qo’yilishi.……………………………………………………………….…………32
II. Mustaqillik davrida zamonaviy boshqaruvning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari va uning tahlili……………………………………………………………...……48
II.1. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish………………..….……48
II.2. Boshqaruvda rahbar ayol ma’naviyati…………………...………….….……60
II.3. Rahbar ma’naviyati va boshqaruv usuli…………………...……….…..…….75
Xulosa………………………………………………………...………..........……91
Tavsiyalar...............................................................................................................92
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.....................................................................93
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi bilan o’zbek xalqi tarixida tub burilish sodir bo’ldi. “Tarixga munosabat masalasida kommunistik qarash, sinfiy yondashuv hali o’z ta’sirini yo’qotmagan bir sharoitda sovetlarning yuqori minbaridan turib Sohibqiron bobomiz nomini tilga olish, mana shunday tarixiy qiyoslashlar asosida fikr yuritish rahbar odamdan chinakam jasorat, ayni paytda ulkan tafakkur va donishmandlik fazilatlarini talab etishini anglash qiyin emas”1. Milliy istiqlol o’zbek xalqining o’z huquqlarini, milliy o’zligini tiklashiga, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy taraqqiyot sari yuz tutishiga cheksiz imkoniyatlar yaratdi.
O’tgan davr mobaynida juda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so’zlarini ta‘kidlash lozim : ...mustaqil taraqqiyotimizning o’tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma‘lum o’zgarishlar kiritish bilan birga birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh qilish va modernizatsiya qilish yo’lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko’tarishimiz darkor” 2.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo’l tub islohotlar bilan belgilangan bo’lsa, ma‘naviy taraqqiyotga milliy ma‘naviyatni tiklash va mustahkamlash, fan, maorif, madaniyatni rivojlantirish, tafakkurga erkinlik berish bilan asos solindi. Bu jarayonda tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruhiy kuch-quvvat bag’ishlovchi, unga ma‘naviy ozuqa beruvchi muhim omil sifatida maydonga chiqdi. O’zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan qurollantirish zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. Zero, mustaqillikka qadar, ya‘ni mustabid tuzum hukmronligi sharoitida haqqoniy tarixni tiklash va uni xalqqa yetkazilishiga yo’l berilmadi. Chunki mustabid tuzum manfaatlariga xizmat qilgan kommunistik mafkura va uning tazyiqi ostida bo’lgan sovet tarixshunosligining uslubiy, nazariy, g’oyaviy asoslari haqqoniy tarixni yoritishga imkon bermas edi, ular xalq tarixini emas, marksizm-leninizm ta‘limotining sinfiy kurash g’oyalarini va kommunistik mafkura aqidalarini targ’ib etishga bo’ysundirilgan edi. Vaholanki, bu g’oyalar va aqidalar jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, xalqning tabiatiga, real voqelikka zid bo’lib, ularni nafaqat hayotdan, balki o’tmishdan ham izlash mutlaqo befoyda edi.
Shunga qaramay, mazkur ta‘limot aqidalariga va tamoyillariga asoslangan sovet tarixshunosligida nafaqat o’zbek xalqining, balki jahon tarixining ham juda ko’p muhim masalalari mutlaqo noto’g’ri, buzib talqin etildi. Natijada tarixiy haqiqat yashirilib, xalq o’z o’tmishidan va demak, o’zligidan uzoqlashtirildi.
Shunday qilib, o’zbek xalqi hayotidagi eng muhim voqea, shubhasiz davlat mustaqilligini qo’lga kiritish bo’ldi. Xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli qayta o’z e‘tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari, tili o’z faxriy o’rniga qaytdi. Mamlakat rivojlanishining o’zbek xalqiga xos bo’lgan xususiyat, urf-odat, an‘analarini hisobga olgan holda o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi, boy madaniyati, bebaho ma‘naviyati, e‘tiqodini e‘zozlash, xalq manfaatlari va istiqboliga qaratilgan milliy mafkurani targ’ib etish Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiq qilishni hayotiy zaruriyat qilib qo’ydi.
Prezident I.A.Karimovning xalq va mamlakat taqdiridagi tarixning o’rni hamda ahamiyati, uning millat hayotida milliy g’urur, o’tmishdan faxrlanish, o’zligini o’rganishdagi o’rni va vazifasiga, barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasidagi vatanparvarlik ruhini singdirishdagi tamomila yangicha yondoshuv zaruriyati xususida “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida ta‘kidlanganidek: “Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas”.
Tarixni xolisona, haqqoniy, milliy istiqlol g’oyasi, vatanparvarlik ruhi asosida yoritish tarixchilar oldida turgan bosh vazifadir. Shu o’rinda respublika tarixchilari oldida turgan sharafli vazifalardan biri-tariximizning eng dolzarb, kam o’rganilgan qismlarini qayta o’rganib, uni xalqimizga yangitdan taqdim etishdir.
Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek, “...biz o’z tariximizni xolisona va haqqoniy baholab, ma‘naviy merosimizni boyitish va rivojlantirishga o’z hissamizni qo’shishimiz, shu asosda bugungi jahon ilmu fani va madaniyatining yuksak cho’qqilarini egallashdek buyuk vazifaga har tomonlama munosib va qodir bo’lishimiz darkor” 1.
Shu jihatdan olganda O’zbekistonda zamonaviy boshqaruv siyosati va uning mohiyati tarixini tadqiq etish muhim dolzarb vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |