«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa
Ko’hna Sharq juda katta tarixiy-madaniy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan,
insoniyat tafakkur olami tadrijiy rivojini rag’batlantiruvchi, ruhlantiruvchi,
boyitib boruvchi omillariga asos solgan muqaddas makon. Zotan, ana shu
tabarruk zaminda ilk odamlar ibtidoiy tasavvurlarining shakllanishi, ularning
hayot va yashashga intilish tuyg’ularining rivojlanishi, olamni idrok etish va
tasavvur qilishning dastlabki mo’’jizaviy holatlari yuzaga kelgan.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, turli makon va zamonda
yuzaga kelgan katta siljishlar, g’oyaviy-ma’rifiy sakrashlar, kuchli ruhiy ta’sirlar
orqali takomillashish jarayonini boshdan kechirgan. Qadimiy Turonda esa ana
shunday holatlar va tub burilish hodisalari boshqa xalqlarga nisbatan birmuncha
oldinroq, shaklan va mohiyatan birmuncha xilma-xilroq tarzda yuzaga keddiki,
bu nafaqat ana shu hudud, balki butun dunyo xalqlari madaniy taraqqiyotida
alohida voqea sifatida ijtimoiy-tarixiy rol o’ynadi.
Bundan uch ming yil ilgari qadimiy Xorazmda dunyoga kelgan «Avesto»
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sifatida katta ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy
voqelikka aylandi. «Avesto»ning ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatidagi qadriyati faqat
shugina emas. Balki u butun insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi, tasavvur
va tafakkur olamining yangi sarchashmasi, inson, ijtimoiy hayot, yashash zavqi
va moxiyati bilan bog’liq bo’lgan g’oyat insonparvar g’oya sifatida yuzaga
keldi.
«Avesto»dagi ijtimoiy adolatga yo’g’rilgan, g’oyat insonparvar qarashlar
nafaqat inson, balki butun borliq, tuproq, havo, suv, koinot, yulduzlar, hayvonlar,
hasharotlar, parrandayu darrandalar yaxlit olamining o’zaro munosabatlari orqali
inson ma’naviy-axloqiy me’yorlarini ilk bor ishlab chiqdi. Inson faoliyati, xatti-
harakatlari va munosabatlarining qonuniyatlarini dastlabki ko’rinishlarda, ammo
qiymatini yo’qotmaydigan darajada yuzaga keltirdi. Xuddi ana shu
umuminsoniy, dunyoviy g’oyalar orqali «Avesto»ning tarixiy hodisa sifatidagi
mohiyati belgilanadi.
Ko’pdan-ko’p qirg’in-barot urushlar, mahv etishlar, vayronagarliklarni
ko’p ko’rgan Turonda «Avesto» tinchlik
va hamkorlik, do’stlik va o’zaro hurmat
orqali inson va insoniyat tub mohiyatini yuksak darajada targ’ib qilish bilan birga
ana shu jangu jadallarning qurboniga ham aylandi. Uning dunyoga kelishi,
yaratilishi va jamiyatda tutgan mavqei atrofidagi munozaralar ham turli davrlarda
turlicha shaklga kirdi. Bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar o’rtaga tashlandi.
Abu Rayhon Beruniy «Avesto» va uning ayanchli takdiri haqida gapirar ekan:
«Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qora mol terisiga tillo
46
bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda
xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha
vaqgdan beri Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi. Abisto 30 «nask» edi,
majusiylar qo’lida 12 nask chamasi qoddi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar
deganimizdek, nask Abisto bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir», – degan
edi.
Albatta, Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishi nafaqat
«Avesto»ning boshiga solgan kulfat bilan, balki butun Sharq tsivilizatsiyasini
izdan chiqarib, bu erda yashovchi xalqlar madaniyati, ma’rifati, ijtimoiy hayot
darajasi va kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta zarba bergani bilan izohlanadi. Bu
tarixiy jarayon sifatida O’rta Osiyo tsivilizatsiyasining bosqinchilar tomonidan
barbod etilganligi singari ko’pdan-ko’p va ayni paytda g’oyat iztirobli voqelikdir.
«Avesto»ning yaratilishi va uning buyuk qadriyati haqidagi ma’lumotlar
ko’p. Jumladan, muarrix Balxiyning «Forsnoma» kitobida «Avesto» 12 ming
oshlangan mol terisiga bitilgan hikmatlar kitobi ekanligi qayd etiladi. Abu Ali
Muhammad bin Muhammad Bal’amiyning «Tarixi Bal’amiy» kitobida esa
«Avesto» shoh Gushtasb farmoni bilan 12 ming mol terisiga podshoh mirzolari
tomonidan tillo suvida yozilgani haqidagi fikrlar bayon etilgan.
VII–VIII asrlarda O’rta Osiyoga arablarning bostirib kelishi juda ko’p
madaniy-tarixiy
yodgorliklarning
yo’qolishiga
sabab
bo’ldi.
Jumladan,
«Avesto»ning mavjud nusxalari ham ana shunday fojialardan, mislsiz jaholatdan
chetda qolmadi.
Abu Rayhon Beruniyning xulosalariga ko’ra «Qutayba Xorazm xatini
yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini
boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi.
Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin, haqiqatni bilib
bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi... Keyin Qutayba Ibn Muslim al-Boxiliy
Xorazm-liklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va
daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qoldi. O’z ehtiyojlarida yodlash
quvvatiga suyanadigan bo’ddilar. Uzoq zamon shunday bo’lgach, ular ixtilofli
narsalarni unutib, kelishib olganlarini yodda saqlab qoldilar».
Ana shu tarzda O’rta Osiyo, jumladan, Xorazm jaholat, bid’at va xurofot
hukmron bo’lgan makonga aylantirildi. Mislsiz madaniyat, adabiyot, san’at,
falsafa va tafakkur taraqqiyotiga chek qo’yildi. Tobora shakllanib borayotgan
hayot, olam, jamiyat va uning mohiyati haqidagi tasavvurlar o’rnida fikrlamay
yashashga mahkum etilgan jamiyat yuzaga keldi. Biroq, har qanday zo’ravonlik,
xurofot o’z kuchini ko’rsatmasin, xotira quvvati, qalb hofizasi yuksak bo’lgan
ushbu makon odamlari xotirasida «Avesto»ning insonparvar g’oyalari saqlanib
qoldi.
«Avesto»
ta’limotining
zardushtiylik
g’oyalari
dunyoning
qator
mamlakatlarida turli mutaxassislar tomonidan tadqiq etildi va zardushtiylik
dinining kishilik jamiyatini takomillashtirish, inson-jamiyat-jarayon yaxlitligi
va izchil taraqqiyoti, inson va tabiat o’rtasidagi yuksak axloqiy munosabatlarni
o’zida mujassam etgan islohchilik jihatlari ilmiy-nazariy tomondan ancha chuqur
o’rganildi va e’tirof etildi. Jumladan, V. A. Livpdning xulosalariga ko’ra «Ruhoniy
47
Zardusht eng qadimgi diniy tasavvurlarni isloh qilgan shaxs sifatvda maydonga
chiqadi, uning yashagan payti, vatani va qaerlarda o’z ta’limotini targ’ib
qilgani munozarali bo’lsa-da, uning afsonaviy shaxs emas, real inson
bo’lganligiga shubxa yo’q»
1
.
«Avesto» g’oyalarida inson va tabiat, hayot va uning mohiyati atrofidagi ilk
tasavvurlar ilgari suriladi va bu g’oyalar insoniyat tsivilizatsiyasining ilk
kurtaklari sifatida o’zini namoyon etadi. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot
shundan
dalolat beradiki, insoniyat tafakkuri va tasavvuri evolyutsion taraqqiyotining ilk
bosqichlari bevosita «Avesto»ga borib taqaladi va undan etarli darajada quvvat
oladi.
Bundan uch ming yil burungi odamlar tasavvuridagi ilk o’zgarishlar
bevosita «Avesto» orqali umuminsoniy qadriyatlar maqomini egalladi. Jumladan,
«Avesto» turli qabilalar, guruxlar o’rtasida mavjud bo’lgan ko’pxudolilikka nuqta
qo’yib, yakkaxudolik g’oyasini ilgari surdi. Bu bevosita diniy ta’limotda inson
qanday guruh, urug’, qabila yoki millatga mansub bo’lmasin, er yuzining qaysi
hududida yashamasin, u yolg’iz Allohning bandasi va yagona Alloh uning
asraguvchisidir, degan g’oyaga olib keldi. Yakkaxudolik orqali «Avesto» turli
qabila va urug’larni yagona e’tiqod, yagona maslak va yagona g’oya orqali
birlashtirib, umumiy manfaatlar atrofida jipslashishiga da’vat etdi.
Ikkinchidan, Allohning yagonaligi – yakkaxudolik orqali turli qabila va
urug’lar o’rtasidagi nizolar, kelishmovchiliklar hamda manfaatlar to’qnashuviga
chek qo’yib, umumiy
Do'stlaringiz bilan baham: |