Uchinchi kitob


Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari



Download 57,25 Mb.
bet144/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari:

  • «Turkiston» gazetasi;

  • «Молодежь Узбекистана» gazetasi;

  • «Yosh kuch» jumali;

  • «Sirli olam» jumali;

  • «Yoshlik» jumali;

  • «Tong yulduzi» gazetasi;

  • «Класс» gazetasi;

  • «Sinfdosh» jumali;

  • «G‘uncha» jumali;

  • «Gulxan» jumali.

  • * *

Iste’dodli yoshlami saralash, tanlash va ularga yordam berib, xo­rijiy mamlakatlarda o‘qib, dunyoviy tajribalami, jahon taraqqiyotini o‘rganishlari maqsadida 1997-yil 7-yanvarda «Umid» jamg‘armasi tuzildi.
Albatta, yoshlami yangilanayotgan demokratik, insonparvar ja­miyatga munosib qilib tarbiyalash o‘z navbatida ular ijtimoiy kafola- tini ham ta’minlashni taqozo qiladi. Bu borada 0‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng respublikada yoshlaming ijtimoiy kafolati uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosat ish­lab chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalan, 0‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 20-noyabrda bo‘lib o‘tgan sessiyasida «0‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyo­satining asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonunda yosh­larga oid davlat siyosatining maqsadi belgilanib «Yoshlarga oid siyo­sat 0‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlaming ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijtimoiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkon boric- ha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan sharoitlar yaratish hamda ulami kafolatlashdan ibo- ratdir», - deyiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar ham ko‘zda tutildi. Qonun esa 1992-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Korxo­na, muassasa va tashkilotlar bu borada aniq amaliy tadbirlar belgiladi- lar. Respublikada qonunning bajarilishiga katta e’tibor berildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, respublika Prezidenti birgi­na 1992-1993-yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta’minlash va ular iste’dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta Farmon qabul qildi. Ularda o‘quvchi-yoshlar va talabalaming moddiy ahvolini yaxshi- lashdan tortib, yoshlar iste’dodini ham moddiy, ham ma’naviy rag‘batlantirishgacha bo‘lgan tadbirlar ko‘zda tutildi. Masalan, Prezidentning 1993-yil 5-fevralda qabul qilgan «0‘zbekistonda o‘quvchi yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi Farmo- nida «o‘quvchilaming iste’dodlarini namoyon qilish va ijtimoiy qo- biliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil 0‘zbekiston fuqarosi- ning yuksak ma’naviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat berib, oxirgi yil o‘qiyotgan talabalar va aspirantlar - butun o‘qish davridagi a’lochilar hamda tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotganlar uchun 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning davlat stipendiyalari ta’sis etilsin», - deyiladi.
Bugungi kunda ko‘plab talaba va aspirantlar ana shunday muko- fotga sazovor bo‘lmoqdalar. Yoshlar ijtimoiy kafolatiga doir joylarda ma’lum tajribalar to‘plandi. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublika­si Oliy Kengashi 1993-yil yanvar oyida Yoshlar siyosati bo‘yicha Qonun qabul qildi. Viloyat hokimliklari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1992-yil 4-dekabrdagi 568 sonli Qarori asosi­da viloyatlarda va tumanlarda yoshlar ishlari bo‘yicha hokimlar rais- ligida Kengashlar tuzildi. Hokimliklar tomonidan davlatning yoshlar siyosatini ro‘yobga chiqarishda bir qator ishlami amalga oshirdilar. Masalan, Toshkent viloyatida yoshlar siyosatiga oid Dastur qabul qilindi. Yosh ijodkorlaming uy-joy sharoitini yaxshilash uchun ho­kimlik 82 xonali uyni yosh ijodkorlarga foydalanishga berdi.Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, va Buxo­ro viloyatlarida ham yosh ijodkorlarga uy-joy berildi.
Xorijda o‘qib kelgan yosh mutaxassislaming har ikki yilda o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyasi an’anaga aylanib qoldi. Birgina 2006-yili «Iste’dod» jamg‘armasi homiyligida o‘tkazilgan ilmiy an­jumanda 500 ga yaqin yosh mutaxassis o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 5 ta yo‘nalishda o‘tkazilgan ushbu anjumanda g‘oliblar 5 ta amaliy mukofot bilan taqdirlanishdi.
Xulosa qilib aytganda 0!zbekistonday yoshlar mamlakatida yoshlar siyosati, ularga katta ishonch sifatida qaralishi millat istiqbo- liga yuksak ishonch borligidan dalolat beradi.
Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlari- da xalq madaniyatining tarkibiy va muhim qismi bo‘lib kelgan. Xu­susan, unga O‘zbekiston hududida yashayotgan xalqlar ma’naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida qarashgan. Jismoniy tarbiya va harbiy san’at XIV-XV asrlarda ham ancha rivoj topgan. Amir Temur olib borgan siyosat jamiyatning hamma sohalarida bo‘lgani kabi jis­moniy tarbiyaning mohiyatini yuqori bosqichga ko‘targan. Temuriy­lar davrida harbiylami jismoniy tarbiyalashga alohida e’tibor beril­gan. Kurash, kamondan otish, ot sporti o‘yinlari bo‘yicha ko‘pgina musobaqalar o‘tkazilgan.
0‘zbekiston qadimdan milliy o‘yinlarga boy. Ayniqsa, «Arg‘im- choq», «Bekinmachoq», «Qilichbozlik», «Oq terakmi-ko‘k terak», «Ololmaydi-yo, shuginani-уо», «Tortishmachoq», «Chillak» va ho- kazolar keng tarqalgan.
Lekin, 0‘zbekistonda mustamlakachilik davrida jismoniy tarbi­ya katta yo‘qotishlarga uchradi. Kuch, tezkorlik, chiniqish bilan bir­ga ma’naviyatni yetuklikka, axloq va odobni kamolga yetkazishga e’tibor susaydi. Bu mahalliy aholining jismoniy tarbiyadan uzoqlas- hishiga olib keldi.
0‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, ko‘p o‘tmay 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 1992-yili 14-yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risi»da Qonun qabul qi­lindi. Vazirlar Mahkamasi esa О ‘ zbekistonda ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, futbolchilaming yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yili 18-martda «0‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida», 1996-yil 17-yanvarda «0‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomil- lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» maxsus Qaror qabul qildi.
Mamlakatda «Sog‘lom avlod» Davlat dasturi ishlab chiqildi va keng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi. Ushbu dasturga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi milliy ma’naviyatni tiklashga katta e’tibor berildi. Milliy o‘yin va sport turlari bo‘yicha har yili musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi.
Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tiklanis- higa va ulaming sport turi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilishi­ga keng imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Keyinchalik Milliy kurashning unutilayozgan nazariy jihatlari qayta tiklanib, uning asosiy qoidalari mukammal ishlab chiqildi va xal­qaro ekspertlar tomonidan tan olindi. Shunday qilib milliy kura- shimiz xalqaro sport turlaridan biriga aylandi. 1999-yil 1-2-may kunlari Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kel­gan sportchilari ishtirokida Birinchi jahon chempionati o‘tkazildi. 0‘zbekistonlik kurashchilar ushbu chempionatning 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, hammasi bo‘lib 10 ta medalini qo‘lga ki- ritishga muvaffaq bo‘ldilar. Ayniqsa, 73 kg gacha bo‘lgan vaznda Akobir Qurbonovning (Buxoro sh.,), 90 kg gacha bo‘lgan vaznda Kamol Murodovning (Buxoro sh.,) va mutlaq vazn toifasida Tosh- temir Muhammadiyevning (Termiz sh.,) kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionlari bo‘lganliklarini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Yurtboshimizning maxsus farmoni bilan Xalqaro «Kurash» Asso- tsiatsiyasi tuzilganligi, Islom Karimovning ushbu Assotsiatsiyaning faxriy Prezidenti etib saylanganligi milliy sport turlariga sog‘lom avlodni tarbiyalovchi asosiy omillardan biri sifatida davlatimiz to­monidan alohida e’tibor berilayotganligining yorqin namunasidir.

  1. yildan Termiz va Shahrisabz shahrida milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazila boshlandi. 1994-yilda Tosh­kentda Tennis saroyi qurilib, unda «0‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti sovrini» uchun tennis bo‘yicha katta xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda. 1992-1996-yillarda 0‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari sport turlari bo‘yicha bir qancha jahon va Osiyo chem- pionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib keldilar. Jumladan, 1994-yili 0‘zbekiston Respublikasi sportchilari birinchi marta Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etdilar va ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular 42 ta medalni, jumla­dan 10 ta oltin, 12 ta kumush, 20 ta bronza medalini qo‘lga kirit- dilar. 0‘zbekiston futbol terma komandasi Osiyo o‘yinlari chempi- oni bo‘ldi. 1994-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik L. Cheryazova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan «Xalq o‘yinlari» II Res­publika Olimpiadasi 1996-yil 10-11-may da bo‘lib o‘tdi.

1996-yil 0‘zbekiston sporti tarixida alohida o‘rin tutadi. 0‘zbekiston boks federatsiyasi sport bo‘yicha yo‘riqchisi Artur Gri­goryan o‘z vazni bo‘yicha Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempio- natida qatnashib katta yutuqlarga erishdi. U mutlaq chempion «Oltin kamarini» qo‘lga kiritdi. Uning sport sohasida yutuqlari mamlakat Prezidenti tomonidan yuksak baholandi.
Umuman, mamlakatda 0‘zbekiston sporti sharafini himoya qi- layotganlar munosib taqdirlana boshladi. Masalan, 1998-yil musta­qillik bayrami arafasida bir guruh sportchilarimizni «0‘zbekiston iftixori» Faxriy unvoni bilan mukofotlanganliklari fikrimiz dalilidir.
Hozirgi paytda 0‘zbekistonda aholi bilan jismoniy tarbiya - sog‘lomlashtirish ishini amalga oshiradigan 15085 birlamchi tash­kilotlar -jismoniy tarbiya jamoalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 9501 tasi umumta’lim maktablarida, 710 tasi kollej va litseylarda, 62 oliy o‘quv yurtlarida, 4812 tasi mehnat jamoalarida, 12092 tasi qish­loq joylarida ishlamoqda.
Respublikada sport-sog‘lomlashtirish klublari soni tobora o‘sib borayapti. Hozirgi paytda ulaming soni 500 dan ortiqni tashkil etadi.
Respublikada yuqori malakali sportchilami tayyorlashga ixtisos­lashtirilgan 536 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, 8 ta respublika oliy sport mahorati mak­tablari faoliyat ko‘rsatayapti.
2000-yilda respublikada 6 million 420 ming kishi jismoniy tar­biya bilan shug‘ullanadi, ulardan 5,5 million kishi umumta’lim mak­tablarida, 390 ming kishi kollejlar, litseylar va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, 82 ming kishi oliy o‘quv yurtlarida, 500 ming kishi meh­nat jamoalarida shug‘ullangan edi.
0‘zbekistonda 2000-yilda jami 1,5 milliondan ortiq kishi, shu jumladan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida 270 ming kishi 70 dan ziyod sport turi bilan shug‘ullandi. Bu ko‘rsatkich yangi ochil- gan sport majmualari, yangi qurilgan litsey va kollejlar, maktablar tufayli keskin oshdi.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasi mutta- sil mustahkamlanib bordi. Respublikada 233 stadion, 5040 sport zali, 135 suzish havzasi, 32 865 sport maydonchasi, 4841 futbol maydoni, 1883 otish turi, 13139 voleybol, 7196 basketbol maydonchasi, 168 tennis korti, «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor» markaziy stadioni, «Yunusobod» va «JAR» sport majmualari, Tennis saroyi va boshqa- lar sportchilar ixtiyorida. 0‘zbekiston sporti tarixida milliy olimpiya Qo‘mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

  1. yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 101- sessiyasida 0‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi to‘la-to‘kis tan olindi. Qo‘mita xalqaro sport va olimpiya harakati­ning rivojlanishiga yordam bermoqda. U 0‘zbekistonda olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish, Olimpiya o‘yinlarida respublika vakilla- ri ishtirokini ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar o‘matish va rivojlantirishdek sharafli vazifa bilan shug‘ullanmoqda. Milliy Olimpiya Qo‘mitasining 127 a’zosi, 11 faxriy a’zosi bor.

1996-yil yanvarda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining qarori- ga muvofiq, jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpi­ya g‘oyalariga sadoqati uchun 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi.
Toshkentda 1996-yil 14-avgustda Olimpiya muzeyi tashkil etil­di. Uni Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Prezidenti X.A. Samaranch mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov bilan birga tantanali ravishda ochib berdi. X.A. Samaranchning 0‘zbekiston sportini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdir- landi.
Mavzuga doir material

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish