5.2.Payvandlash, qoplash va purkash usullarida texnika xavfsizligi
Metallarni payvandlashda, qoplashda, qirqish va kavsharlash ishlarini bajarishda elektr toki, yonuvchi gazlar, kislorod va kislota eritmalaridan foydalanilganda xavfsizlik texnikasi va atmosferani
muxofaza etish masalalariga oid qoidalarni bilish muhim ahamiyatga ega. Aks holda kutilmagan baxtsiz hodisalar ro’y berishi mumkin. Masalan, elektr yoyi yordamida payvandlashda tok urishi, yoydan tarqalayotgan ultrabinafsha, infraqizil nurlar ko’zni qamashtirishi, suyuq metall tomchilari terini kuydyrishi mumkin. Gaz alangasida payvandlashda esa nurlar ta`sirida ko’z zararlanishi, generator gaz ballonlarining
portlashi, gazlar bilan zararlanish hollari yuz berishi mumkin.
Har bir tsex, uchastkalarda xavfsizlik texnikasi masalalariga oid tegishli instruktsiyalar bo’ladi. Bu instruktsiyalarda qayd etilgan shartlarni ishchi bajarishi shart. SHu sababli bularning ayrimlarini eslatib o’tamiz.
Metallarni elektr ey yordamida payvandlashda tok ta`sirida bo’ladigan payvandlash stoli mis sim bilan yaxshilab erga tutashtirilishi, elektrod dastasi izolyatsiyalanishi, payvandchi korjoma kiyib, qora ko’zoynak
taqib yoki shlem kiyib, rezina gilamchada yoki quruq taxtada turib ishlashi kerak. Agar qandaydir sabablarga ko’ra payvandchini tok urib hushidan ketsa,
darhol qurilmani elektr tarmovdan uzib vrachni chaqirish va ishchi o’ziga kelguncha sun`iy nafas oldirish kerak.
Gaz yordamida payvandlash va qirqishda generator hamda gorelkalarni toza tutish, shlanglarda teshiklar bulmasligi, payvandlash postida atsetilen
gazi yig`ilmasligi, neft mahsulotlari quyilgan idishlar payvandlash va kavsharlashdan oldin yaxshilab tozalanishi lozim. Bosim ostidagi idishlarni payvandlamaslik, payvandlash xonasida oson o’t oluvchi benzin, kerosin,, atseton va boshqalar bo’lmasligi, xona gaz va changdan tozalab turilishi, ventilyator ishlab turishi va boshqalarga qat`iy ahamiyat berish darkor.
Yeyilgan detallarni kontakt payvandlash usulida qayta tiklash qurilmasi elektr payvandlash jixozlari tarkibiga kirgani uchun birinchi navbatda iste`molchilar uchun elektr qurilmalaridan foydalanish, yong`in va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat`iy amal qilish talab etiladi.
SHu bilan birga ta’mirlash korxonalari uchun ishlab chiqilgan «Ta’mir korxonalarida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalari»ga amal qilinadi.
Elktrokontakt, plazma yoyi yordamida xamda lazer nuri bilan payvandlash qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish vaqtida yuqoridagi qoidalar bilan bir qatorda ularni ishlab chiqargan zavod tomonidan ishlab chiqilgan qurilmadan foydalanish va texnik xizmat ko’rsatish vaqtida amal qilinadigan qoidalarni ham bajarilishi talab etiladi.
Qurilmalarni tarmoqqa ulash va uzish ishlari, hamda qurilmadan foydalanish vaqtida, uning ishga yaroqli holatini nazorat qilib turish
ishlari elektrotexnik ma`lumotga ega bo’lgan xodim tomonidan amalga oshiriladi.Qurilmalarni ishga tushirishdan oldin uni tashqi nazoratdan o’tkaziladi.
Bunda elektr kabeli va o’tkazgich simlarini ulanish kontaktlarining mustaxkamligiga, himoyaviy erga ulanganligiga, o’tkazgich simlari izolyatsiyasining butunligiga, himoya vositalarining borligi va ularni ishga yaroqliligiga alohida e`tibor beriladi. Nosozliklar aniqlanganda qurilmani ishga tushirish ta`qiqlanadi. Qurilmaning jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan aylanuvchi qismlariga himoya to’siqlari o’rnatilishi shart. Qurilmaning o’zi, elektr shkafi, payvandlash transformatorining tashqi himoya qobig`i, elektr energiyasini qurilmaga ulab-uzish qulfi ishonchli holda himoyaviy erga ulangan bo’lishi kerak. Payvandlash qurilmasining turiga qarab ishlashga xavfsizlik texnikasining II yoki yuqori malakali (lazer usuliga) guruxiga kiruvchi payvandchilarga ruxsat beriladi. Payvandlash qurilmasida ishlaydigan payvandchi maxsus kiyim-bosh bilan ta`minlangan bo’lishi kerak. Ko’zni asrash uchun payvandchi xiralashtirilgan maxsus ko’zoynak taqishi kerak yoki ximoya ekranlar kuchaytirilgan ximoya oynalari bilan (plazma usuli uchun).
Payvandchining ish joyi havo tozalagich yoki havo so’rgich bilan
jihozlanishi shart. Kuchlanish ostida turgan qurilmaga texnik xizmat ko’rsatish ta`qiqlanadi.
Eyilgan detallarni payvandlash usulida qayta tiklash maydoni xududida yong`inga havfli (benzin, spirt, atseton, laklash-moylash materiallari kabi) materiallar saqlashga yo’l qo’yilmaydi. Ishni tugatishdan avval ish joyi qat`iy nazoratdan o’tkazilib yong`in chiqishi mumkin bo’lgan barcha sabablar bartaraf etiladi. Payvandlash ishlariga bu ishlarni bajarish yuzasidan imtixon topshirgan va guvoxnoma olgan kishilargina qo’yiladi. CHarxtoshni stanokka o’rnatish va uni aylantirishdan oldin charxtoshni urib ko’rib va lupa orqali ko’rib, unda yoriqlar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Abraziv charxtosh gupchagi bilan yig`ilgan holida UBS stanogida muvozanatlanishi zarur. Dastgoxga o’rnatilgan charxtoshni ishlatib ko’rib, mustahkamligi tekshirilgan bo’lishi zarur. Bunda charxtoshning aylanish tekisligi oldida turish man etiladi. Dastgoxni yurgizib yuborishdan oldin valni qo’lda aylantirib uni abraziv charxtoshga tegmayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Jilvirlashdan oldin dastavval valni aylantiradigan dvigatelni so’ngra abraziv charxtoshni aylantiradigan dvigatelni ishga tushirish
kerak. Dastgox bilan ishlayotganda oyoq ostida yog`och materialdan to’shama
bo’lishi shart.
VII. XULOSALAR VA TAKLIFLAR
O’zbekistonga yangi texnika olib kelinishi texnikaga bo’lgan ehtiyojini yaqin o’rtada bari-bir qoniqtirmaydi. SHu sababli mavjud texnikalarni yangi texnologiya, texnikalar yordamida tiklash, ularning mustaxkamligini oshirish va ishlash muddatini uzaytirish dolzarb masala bo’lib qolmoqda.
1. Bu vazifani bajarishda qishloq xo’jalik texnikalari detallarining resursini oshirish uchun eyilganlarini qayta tiklash ishlarini yanada takomillashtirishga olib keluvchi zamonaviy usullarga, hamda istiqbolga ega bo’lgan mavjud va yangi zamonaviy materiallardan hamda ularning aralashmasidan foydalanishga asoslangan yangi texnologiyalar yaratish zarur bo’lib kelmoqda.
2. Hozirda sanoatda 80 dan ortiq payvandlash, qoplash va purkash usullari mavjudligiga qaramasdan ularning faqat ma`lum turlarini (masalan, gaz alangasi yordamida, elektrokontakt, flyus qatlami ostida, plazma yoyi yordamida va lazer nuri bilan kabilarni) texnik va texnologik ko’rsatkichlarini etiborga olgan holda istiqbolli deb hisoblash mumkin.
3. Detallarni istiqbolli usullar bilan qayta tiklashda, puxtalashda xilma-xil qoplama materiallar qo’llanib kelinmoqda. Masalan simlarning 77 ta markasi, elektrodlarning 50 dan ortiq, kukun materiallarining 120 dan ortiq. SHuni ta`kidlash lozimki kukun materiallarining aksariyatini narhi simlarga nisbatan bir necha barobar yuqori. SHu sababli ularni qo’llashda iqtisodiy ko’rsatkichlarini, haroratning imkoniyatlarini, eyilgan detallarni turlarini e`tiborga olish lozim. Harorat gaz alangasida va elektr yoyning turli usullarda turlicha bo’ladi. Masalan, gaz alangasini harorati yonuvchi gazga qarab 2000 dan 3200 0S gacha, elektr yoyning harorati 5600 dan 7000 0S gacha, plazma yoyining harorati 15000 dan 30000 0S gacha.
4. Qoplama materiallarining narhini kamaytirish yo’llaridan biri optimal tarkibli kukunlar aralashmasidan yoki sim bilan kukunning qo’shgan
texnologiyasidan foydalanishdir.
5. Bitiruv malakaviy ishining birinchi va ikkinchi qismlarda berilgan taxliliy ma`lumotlar ko’ra ayrim usullar va tiklash uchun yoki puxtalash uchun muxtoj bo’lgan detallarning turiga qarab quyidagi materiallardan foydalanganda ijobiy natijalarga erishish mumkinligi aniqlandi:
5.1. Gaz alangasi, elektrokontakt, elektro yoy bilan himoya muhitida hamda plazma yoyi yordamida payvandlashda qoplashda va purkashda, sof holdagi simlar va kukunlardan tashqari, quyidagi aralashmalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir: Sormayt +1,5% alyuminiy, himoya gazi argon, eyilishga chidamligi toblangan po’lat 45 ga nisbatan 4,10 tashkil etadi. US-25+1,5% alyuminiy, ximoya gazi argon, 4,19 ni; FBX-6-2+1,5% alyuminiy, ximoya gazi argon, 4,68 ni; PG-XN80SR3, ximoya gazi argon, 4,76 ni; Sormayt+2,0% ferrosilitsiy, ximoya gazi, – SO2, ni 3,76; US-25%+ 2,0% ferrosilitsiy, ximoya gazi, SO2 - 3,82ni; FBX-6-2+1,5% ferrosilitsiy, ximoya gazi, SO2 , –4,23 ni; Sormayt + 6% alyuminiy, ximoya gazi azot- 3,55 ni; US-25+6% alyuminiy, ximoya gazi azot- 3,63 ni; FBX-6-2+45% alyuminiy, ximoya gazi azot- 4,20 ni; Sv-08MX 85 %, PG-SR4 15 %, ximoya gazi argon- 3,14 ni; Sormayt 1 (72%) +Np-30XGSA (28%) ximoya gazi argon- 3,52 ni; Sormayt 1 (70%) +Np-30XGSA (28%)+2,0% ferrosilitsiy, ximoya gazi – SO2, 3,02ni; 50% PG-XN80SR2 + 50% PG-S27- 4,68 ni; 50% SNGN +50% sormayt-1 (PG-S1)-4,78 ni; 50% PG-XN80SR2+50% FBX-6-2-5,1ni; 30% PG-XN80SR3+70% PG-S1-4,15 ni; 20% PG-XN80SR4+80% PG-S1-3,98ni tashkil etadi
6.Tarkibida qattiq qotishmalari bo’lgan kukun kompozitsion materiallar, qayta tiklangan yuzaning geterogen strukturali bo’lishini taminlab, o’zining yuqori qattiqligi va boshqa o’ziga xos xossalari tufayli, qayta tiklangan detallarning abraziv va boshqa eyilish mexanizmini yaxshi tomonga o’zgartirib ularning eyilishga chidamliligini o’nlab martoba ortishini taminlashi aniqlandi. Natijada qayta tiklangan detallarni mashinaning butun xizmat davrida almashtirilmaydigan detalga aylantirish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |