Bog'liq Yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan biklashda qollaniladigan payvandlash materiallari tahlil
2.5. Payvandlash usullarida qo’llanadigan ishchi gazlar haqida umumiy ma`lumot. Payvandlash bilan qoplash va purkash usullarda qo’llanadigan ishchi gazlar asosan ikki xil vazifani bajarishga mo’ljallangan, ya`ni ximoya
muxitini yoki yonuvchi gaz vazifasini.
Payvandlashda, qoplashda va purkashda ishlatiladigan ximoya gazlari barchasi ikkita guruxga bo’linadi: faol gazlar, ya`ni ular metallarda eriydi
va ular bilan riaktsiya beradi (azot, vodorod, karbonat angidridi SO2) xamda inert gazlari (argon, geliy).
Karbonat angidridi SO2 asosan qora metallarni payvandlashda va
qoplashda qo’llanadi. Bu gaz asosan ximoya muxitini bajaradi va kerak
bo’lganda kukun materiallarni uzatuvchi vositasini bajaradi.
Sanoatda karbonat angidridi gazi suyuq xolatda ishlab chiqiladi va po’lat ballonlarda 7,5 MPa bosimda tarqatiladi.
Vodorod N2 gazi asosan po’latdan tayyorlangan buyumlarni gaz alangasi yordamida payvandlashda va qoplashda qo’llanadi. U kislorod bilan aralashgandan so’ng portlovchi aralashmani xosil qiladi. Vodorodni suvdan
elektroliz, vodorod tarkibiga kirgan gaz aralashmalaridan yoki suv bug`idan
parchalash yo’li bilan olinadi.
Vodorodni saqlash va kerakli joylarga etkazish uchun po’lat ballonlarga 15 MPa bosimda qadaladi. Vodorod gaz alangasi yordamida xamda plazma yoyi yordamida ko’prov kesish jarayonida qo’llanadi. Azot N mis, uning qotishmalaridan va po’latlardan tayyorlangan detallarni payvandlashda va qoplashda qo’llanishi mumkin. Bu gaz payvandlash yoki qoplash jarayonida metall bilan reaktsiyaga kirishganda erimaydigan nitridlar hosil qiladi yoki metall chokida erib ketadi.
Sanoatda azot gaz xolatda ishlab chiqiladi va po’lat ballonlarda 15 MPa bosimda tarqatiladi. Istiqbolli usullarda bu gaz ko’proq ximoya muxitini vazifasini bajaradi.
Argon Ar asosan qora va rangli metallardan tayyorlangan detallarni payvandlash, qoplash va purkash usullarida qo’llanadi.
Sanoatda argon gaz xolatda ishlab chiqiladi va po’lat ballonlarda 15 MPa bosimda tarqatiladi. Argon gazi nisbatan qimmat bo’lganligi uchun uni boshqa gazlar bilan aralashmasini qo’llash tavsiya etiladi.
Geliy inert gazi bo’lganligi sababli uni ko’p istiqbolli usullarda ishlatish mumkin. Geliy gazini qo’llashda yuqori sifatli qoplamalar olish
mumkin. Lekin, bu gaz nayob va narxi ancha yuqori bo’lganligi sababli uni faqat qimmatbaxo va ta`mirlash uchun nozik bo’lgan detallarni qoplashda qo’llanishi tavsiya etiladi.
Gaz alangasi yordamida payvandlashda, qoplashda va purkashda yonuvchi gaz sifatida atsetilendan tashqari metan, propan, koks, shaxar gazlaridan kerosin bug`idan xamda ularning aralashmasidan foydalanish mumkin. YOnuvchi gazlarning tasnifi 2.10 jadvalda keltirilgan.
Sanoatda alangani xosil qilish uchun yuqorida keltirilgan gazlardan tashqari turli portlovchi moddalardan ham foydalanish mumkin. Bu moddalarga asoslangan usullar turli sabablarga xozirda unchalik tarqalmagan.
YOnuvchi gazlarning tasnifi
Jadval-2.10.
Ayrim payvandlash uchastkalarida yuqorida keltirilgan gazlarni quvurlardan foydalanib uzatib beriladi. Aksariyat gazlar esa ballonlarga damlab yoki quyilib payvandlash uchastkalariga olinib kelinadi. Gaz ballonlarining umumiy ko’rinishlari rasm 2.5. keltirilgan
Rasm 2.5. Ayrim gaz ballonlarining umumiy ko’rinishi