Qoplama po’lat simlarning kimyoviy tarkibi
Jadval 2.3
Bu po’lat simli qoplama ashyolardan tashqari turli markadagi kukunli
simlar xam qo’llanib kelinmoqda. Masalan, PP-AN1, PP-AN3, PP-AN4, 4M
tipidagi PP-AN8, 200X12M tipidagi PP-AN103, 10X14T tipidagi PP- AN106, 18X2G2M tipidagi PP-AN120, 20XGT tipidagi PP-AN121,
30X5G2SM tipidagi PP-AN122, 200X15S1GRT tipidagi PP-AN125, 80X20R3T tipidagi PP-AN170, 14GST tipidagi PP-TN250, PP-25X5FMS,
PP-U10X4G2R, 300X25M3N3G2 tipidagi PL-AN-101, 100X20R4S3G2 tipidagi PL-AN171 va boshqalar. Bu kukunli simlar ochik elektr yoy yordamida xamda karbonat angidridi muxitida va flyus ostida detallarni tiklash va payvandlash uchun ishlatiladi. YUqoridagi jadvallarda (2.1., 2.2., 2.3.) keltirigan aksariyat simlarning narxi 0,4…1,2 dol/kg ni tashkil etadi.
Qoplash lentalari: Lentalar (rasm 2.2.) turli markali po’latlardan
maxsus qiyish moslamasi va shtamp yordamida qirqilib tayyorlanadi. O’ram holidagi uzun po’lat lenta avval maxsus qiyish moslamasi bilan kerakli kenglikda qiyiladi. Keyin shtamp yordamida kerakli uzunlikda kesib olinadi. Oxirgi payitlarda kukunli lentalar xam qo’llanib kelinmoqda.
Ushbu lentalarni tayyorlash uchun plastikligi yuqori bo’lgan po’latdan tayyorlangan lentalarni bukib bo’shliq xosil bo’lgan joylarga turli kukunli materiallar to’ldiriladi. Kukunli lentani boshqa usul bilan xam tayyorlash mumkin, ya`ni lentani ustiga maxsus elim surtilib kukun material unga yopishtiriladi.
Rasm 2.2. O’ram holidagi po’lat lentalardan namunalar
a- po’lat lentaning markasi- 45, b- po’lat lentaning markasi- 50,
v- po’lat lentaning markasi- 65G.
2.3. Payvandlash, qoplash, purkash kukunlari va kompozitsion
materiallar
Eyilgan yuzalarni qayta tiklashda qattiq qotishmali materiallardan foydalanish qattiqligi abraziv kvarts donachalari qattiqligidan ortiq bo’lgan qoplam olishni ta`minlab, detalning eyilishga chidamliligini keskin orttirish imkonini beradi.
Eyilishga chidamli qoplam berish uchun bir komponentli metall kukunlari va legirlangan qotishmalar hamda kompozitsion materiallar
kukunlaridan foydalanish mumkin.
Oxirgi payitlarda eng ko’p mashinasozlik va ta`mirlash ishlarida qo’llaniladigan kukun qattiq kotishma materiallar xakidagi ayrim ma`lumotlar 2.4, 2.5, 2,6, 2,7 jadvallarda keltirilgan.
O’z-o’zi flyuslanadigan kukun qotishmalar
Jadval 2.4.
YUqori uglerodli legirlangan qotishmalar
Jadval 2.5.
Ayrim kukunsimon materiallarning kimyoviy tarkibi
Jadval 2.6
Kukunli materiallarning kiskacha tavsifnomasi
Jadval 2.7
YUkorida keltirilgan kukunsimon ashyolar asosan gaz alangasi
yordamida, elktr kontakt, argon ximoya muxitida yoy bilan, plazma yoyi
yordamida va boshqa bir necha turdagi usullar bilan qoplash va purkash uchun
keng qo’llanib kelmokda. Kukunlarni ishlab chiqarilgan korxonalardan
kerakli joylarga jo’natish uchun maxsus idishlarga solib tarqatiladi.
Rasm 2.3. Kukunsimon materiallar
Kukunsimon materiallarni qo’llash ayniksa kizdirib tayerlangan (shakllashtirilgan) kattik kotishmalardan foydalanganda koplam beradigan
yuza kattikligini va eyilishga chidamligini bir necha marta orttiradi.
Kukun materiallarning aralashmasi esa qoplama materialining kerakli tarkibini ta`minlab beradi, koplama materiallning tannarxini tushurishga imkoniyat yaratadi va qatlamning sifatini xamda qalinligini xoxlagan variantini tanlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |