2.4. Ayrim istiqbolli usullar bilan qoplashda va purkashda qo’laniladigan aralashma materiallarning taxlili.
2.4.1. Gaz alangasi bilan kukunli materiallarni qoplash.
Ishlab chiqarishdan olingan xamda adabiyotlarda keltirilgan malumotlarga ko’ra xozirda gaz alangasi yordamida eyilgan detallarni kukunli qoplama materiallar bilan tiklash keng qo’llanilmoqda. Masalan qishloq xo’jalik mashinalarining tuproqqa ishlov berish organlari (omochlarning lemexlari, kultivatorlarning panjalari, boronalarning ishchi organlari, soshniklar va xakazo), traktor va avtomobillar dvigatelining qismlari. Kukun materiali sifatida PG-XN80SR4, PG- XN80SR3 qo’llanganda kultivatorning panjaralari eyilishga chidamliligi va mustaxkamligi 5...6 barobar ortadi. Lekin bu kukunlarning narxi ancha yuqori bo’lganligi tufayli ushbu kukunlarning yuqori legirlangan cho’yan kukunlari yoki temir kukunlar (jadval 2.7.,2.8.) bilan aralashmasini ishlatish mumkin. SHuning natijasida kukun materialining tannarxi 2...5 barobar kamayadi.
Ayrim kukun aralashmalarining tarkibi
Jadval 2.8
Gaz alangasi yordamida eyilgan detallarni kukunli qoplama materiallar bilan tiklash jarayoni 3 ta asosiy texnologik operatsiyadan tuziladi: detallarni yuzalarani qoplashga tayyorlash, detallarni eyilgan yuzalarini qoplama material bilan qoplash, qoplamalarga mexanik ishlov berish. Xar bir guruh detallarni qoplash uchun rejimlari va kukun aralashmalari tajriba sinovlar orqali aniqlanadi.
2.4.2. Kontakt payvandlash usuli bilan kukunli materiallarni qoplash.
Kontakt payvandlash usuli kukunsimon kompozitsion materiallarning
bebaho xossalari va xususiyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Kukunsimon materiallar yordamida NSH nasoslarning shesternyalarini, tsilindr golovkalarini, klapan uyalarini va klapan faskalarini qayta
tiklash mumkin bo’ladi. Bu usulning boshqalaridan farqi kukunsimon qoplama material eyilgan yuzaga bir xil qalinlikda sepiladi yoki erkin holda oqizib turiladi. Lekin valsimon detallarni qayta tiklashda bu usulni qo’llash texnologik jihatdan qiyinchiliklar tug`diradi, ya`ni eyilgan yuzada kerakli qatlam bir xil bo’lmaydi va kerakli sifatni bermaydi. Bunday kamchilik turli kukunsimon qattiq qotishmalar aralashmasini qo’llashni amalga oshirish uchun qo’shimcha konstruktorlik va texnologik echimni topish talabini qo’ydi. Xozirda bu kamchilikni bartaraf etish yo’llari mavjud.
SHuning uchun metall kukunlarini payvandlash yuzasiga uzatishga alohida e`tibor berilib, yangi usul yaratildi.
Mavjud metall kukunini payvandlash yuzasiga erkin holda sepish, kukunni bunkerdan o’zi oqib tushadigan qilib uzatish usuli hamda bunkerdan kukunni shnekli ta`minlovchi bilan uzatish o’rniga kukunsimon material detal yuzasiga elimlangan,kukunsimon material bunkerdan erkin holda tushadi, kukunsimon material po’lat lenta yuzasiga elimlangan holda uzatiladi. (rasm 2.4.)
Qattiq qotishmali kukunsimon materialni po’lat lentaning ichki yuzasiga elimlash usuli. Bunda kukunsimon qattiq qotishma po’lat lentaning ichki yuzasiga presslanadi yoki elimlanadi va eyilgan yuzaga payvandlanadi. Bunda 0,3…0,4 mm qalinlikdagi po’lat lentaning detal
bilan birikadigan yuzasiga tarkibida kazein, kanifol va un bo’lgan kley surtiladi, keyin unga bir tekis qattiq qotishma kukuni yopishtiriladi.
Qattiq qotishma zarralarining o’lchami 250…400 mkm bo’lib, u xrom va titanning karbid-boridli qotishmasining birikmasidan iborat bo’ladi.
Ayrim hollarda VK8 yoki VK6 qattiq qotishmasidan iborat bo’lishi mumkin.
Rasm 2.4. Kukunsimon materialni payvandlash yuzasiga uzatish
sxemalari:
a- kukunsimon material detal yuzasiga elimlangan, b- kukunsimon material bunkerdan erkin holda tushadi, v- kukunsimon material po’lat lenta yuzasiga elimlangan holda uzatiladi.
Qattiq qotishma elimlangan lenta kontakt payvandlash usulida detalning qayta tiklanadigan yuzasiga payvandlanadi. Detal va lenta orqali
o’tuvchi payvandlash toki kontakt nuqtalarini qizdirishi natijasida ular yumshaydi. Bu vaqtda qattiq qotishmalar bosim kuchi ta`sirida detal va
lentaga botib qoladi. Lenta esa suyuqlanib detalga payvandlanadi.
Ushbu usulda abraziv eyilish sharoitida ishlovchi tsilindrik tashqi yuzali detallar va tuproqqa ishlov beruvchi qishloq xo’jalik, qurilish va qazish mashinalarining ishchi organlari kabi detallarni qayta tiklash ayniqsa samarali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |