Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


MAVZU: ZARARLI ODATLAR VA ULARNING OQIBATLARI



Download 2,15 Mb.
bet27/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: ZARARLI ODATLAR VA ULARNING OQIBATLARI

Tamaki chekish va uning oqibatlari


Odam tamaki chekkanda tamaki tutuni bilan nafas oladi, o‘pkaga kislorod o‘rniga SO2 (karbonat angidrid) gazi borib qonga o‘tadi, organizmdagi moddalar almashinuvini buzadi, bunday holat, o‘z navbatida, organizmning kislorod tanqisligiga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, dastlab sigaret chekilganida organizm tashqaridan majburan kiritilayotgan zaharga nisbatan qarshilik ko‘rsatadi. Belgilari:

  • odamning ko‘ngli ayniydi;

  • boshi aylanadi;

  • behol bo‘lib, bo‘shashadi;

  • tomog‘i quriydi;

  • yo‘tal tutib, nafasi qisadi.

Bo‘lajak kashanda chekishni davom ettiraversa, bora-bora organizm ham qarshilik ko‘rsatishdan charchab, zaharga moslashadi. Ayniqsa, bosh miya, yuqori va quyi nafas yo‘llari nikotinga ta’sirchan bo‘ladi. Miyadagi xumorni qo‘zg‘atuvchi markaz nikotinga o‘rganib qolsa, har kuni o‘z “hissasi”sini talab qila boshlaydi. CHunki butun tanani miya boshqaradi. Muammolarini chekish bilan bartaraf etmoqchi bo‘lganlarning har bir hujayrasi nikotinga to‘yingan tanasi kundan kunga tanazzulga yuz tutsa-da, muammolari bartaraf bo‘lmaydi. Sigaret chekish – giyohvandlik sari qo‘yilgan ilk qadamdir.

Tamaki inson tana a’zolariga ta’sir qilishi natijasida:


    • immunitet susayadi;

    • tanada kislorod tanqisligi seziladi;

    • kishida ishtaha yo‘qoladi;

    • bosh og‘rig‘i boshlanadi;

    • og‘izda bemaza ta’m paydo bo‘ladi;

    • ko‘ngli ayniydi;

    • so‘lak bezlari faoliyati buziladi;

    • so‘lak bilan oshqozonga tushgan nikotin kislotasi uning devorlarini zararlaydi;

    • jig‘ildon qaynaydi;

    • o‘qtin-o‘qtin yo‘taladi;

    • tez-tez balg‘am tashlaydi;

    • nafas olishi qiyinlashadi;

    • yurak urishi tezlashadi;

    • qon tomirlari torayib, bosim oshadi;

    • qoni quyiladi;

    • ko‘z osti ko‘kimtir xalqob bo‘lib turadi;

    • me’da keragidan ortiq shira ishlab chiqaradi;

    • me’da o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kabi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi;

    • bora-bora eslab qolish qobiliyati yo‘qoladi;

    • ta’m sezish organlari faoliyati pasayib boradi;

    • ko‘rish qobiliyati asta-sekin susayadi;

    • qo‘llari qaltiraydi;

    • soch to‘kilishi ko‘payadi;

    • teri bevaqt qariydi;

    • barmoq va tirnoqlar sarg‘ayadi;

    • nafasidan badbo‘y hid keladi.

Tamaki tarkibidagi ammiak namlik ishtirokida o‘pka xujayralarida ishqor – nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o‘pkaning shilliq qavatini ta’sirlab, chekuvchida bronxit kasalligini keltirib chiqaradi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish