Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet35/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

ABU RAYHON BERUNIY mehnat – inson ma’naviy-axloqiy kamoloti asosi bo‘lib, u insonni maqsad sari etaklaydi. Alloma oziq-ovqat bilan inson yashaydi, avlod qoldiradi; kiyim-kechak kishini zarardan saqlaydi, issiq- sovuqda unga kerak bo‘ladi, makon unga joy bo‘ladi, zarardan asraydi. Oltin va kumush esa bunday xususiyatlarga ega emas. Ular - har ikkalasi ham tosh, odamni
na to‘ydirar, na chanqog‘ini bosar; na zo‘ravonlikdan qutqarar, na yomonlikdan saqlay oladilar. Ular faqat insonga zarur bo‘lgan narsalarni sotib olmoqqa kerakliklari uchungina maqtovga loyiqdir deb yozadi. Beruniy ikkiyuzlamachilik, tuhmat, yolg‘onchilik, omonatga hiyonat qilish, boshqalar mulkini hiyla bilan egallash, xudbinlik, bular hammasi yomon xulq ekanligini aytib, bu yomon xulqlar insonni barcha narsalardan mahrum etadi degan g‘oyani ilgari suradi. SHu bilan birga, barchani eng yaxshi xulq egalari bo‘lishga chorlaydi.
YUSUF XOS HOJIBning «Qutadg‘u bilig» (“qut - saodat, baxtga eltuvchi bilim”) asari nihoyatda kuchli hayotiy zarurat va ma’naviy ehtiyoj bilan aloqador.
YUsuf Xos Hojib nazarida har bir shaxs jamiyatning og‘irini engillatishga urinmog‘i kerak. Buning uchun esa har bir kishi o‘z ishi bilan shug‘ullanmog‘i, halol, pokiza yashamog‘i, o‘zining tor shaxsiy manfaatlari doirasida biqinib qolmasdan el-yurt manfaatlarini ustun qo‘ya oladigan darajaga ko‘tarilmog‘i shart.
UNSURULMAOLIY KAYKOVUS - “Qobusnoma” asarining muallifi. “Qobusnoma” allomaning o‘g‘li Gilonshohga pand-nasihatlar tarzida yozilgan ulkan ne’matdir.
Asarning “Mol jam etmoq zikrida” deb nomlangan bobida insonda ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi fazilatlarini rivojlantirishda o‘ziga xos fikr-mulohazalar yuritiladi. Masalan: “Ey farzand, o‘zingni mol jam etmakdin g‘ofil tutmag‘il va lekin har narsani etmak tilasang jahd qilg‘il, toki halollik bila jam bo‘lsun va hamisha senga boqiy hamda yoqimli bo‘lsun”151.
Bu orqali alloma har bir insonni boy-badavlat hayot kechirish uchun dangasa bo‘lmasdan mol to‘plashga chorlaydi, lekin boylikka halollik yo‘li bilan erishish lozimligini va bunda to‘plagan boyliklari unga yoqimli bo‘lishini uqtiradi. YOki:
“Molni jam etg‘ondin so‘ng yaxshi saqlag‘il va har botil ish uchun uni qo‘ldin bermag‘il, nedinkim saqlamoq yig‘ishdin mushkuldir. Agar kerak vaqtda zarur ish uchun olib xarj qilib, uning o‘rnini to‘ldirg‘il... Molni doimiy turar deb unga ko‘ngil qo‘ymag‘il. Toki biror vaqt u yo‘q bo‘lsa, tangdil bo‘lmag‘aysan”2.
Bu pand-nasihatlar orqali u insonni mehnat orqali halol topilgan molni to‘g‘ri saqlash va zarur bo‘lgandagina iqtisod qilib ishlatish lozimligini uqtiradi, shu bilan birga, mol-dunyoga berilib ketmaslik,

1 Kaykovus. “Qobusnoma”. Toshkent: “O‘qituvchi”. 1986. – B.73.


2 Ko‘rsatilgan asar, 31- bet.
boylik ba’zan bordan yo‘q bo‘lishi ham mumkinligini ta’kidlaydi. Kaykovusning yuqoridagi fikrlari shaxsda moddiy boylikka nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash uchun xizmat qilishi mumkinligini ko‘rish qiyin emas. Fikrimizning isboti sifatida yana bir misol:
“Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa harakat qil, chunki mol bila boy bo‘lg‘ondan aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdir. Aql bila mol jam etsa bo‘lur, ammo mol bila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilg‘ilki, aql bir qimmatbaho narsaki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas va suvda oqmas”163.
“Agar moling ko‘p bo‘lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg‘il. Nedinkim, taqdir va tadbir bila yarolg‘on ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko‘p moldin yaxshiroqdir”. YAna “Agar mol oz bo‘lsa ham yaxshi saqlamoqni vojib bilg‘ilki, har kishi oz narsani saqlay olmasa, ko‘p narsani ham saqlay olmag‘uvsidur. Mol jam etarda kohinlik qilmag‘il, bu badbaxtlikning shogirdidur. O‘zingga ranj berg‘il, ya’ni o‘zing mashaqqat tortg‘il, nedinkim mol qiyinchilik bila yig‘iladi va kohinlik bila yo‘q bo‘lur. Donolar debdurlarki: “Harakat qiling, to obodon bo‘lg‘aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko‘p bo‘lg‘ay, yumshoq tabiatli va shirinso‘z bo‘ling, do‘stingiz ko‘p bo‘lg‘ay”.
Demak, mehnat evaziga topilgan boylikni g‘aflatga botib qo‘ldan osonlikcha boy berish axmoqlikdir desa, shu bilan birga topgan molga nisbatan o‘ta ziqnalik, qattiq bo‘lish badbaxtlikning bir alomatidan darakdir, deb uqtiradi. SHu bilan birga, har qanday sharoitda ham sabrli, qanoatli bo‘lish lozimligini va shundagina xalq hurmatiga sazovor bo‘lish mumkinligini ta’kidlaydi.
“... mol har qancha aziz bo‘lsa ham, uni do‘stlardin darig‘ tutmag‘il. Har holda molni go‘ringga olib bormagungdur. Ammo daxling - na chog‘liq bo‘lsa, xarjing ham ul miqdor bo‘lsun. SHunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag‘ay. Har kishiki xarjini daxlini oz qilsa, hech vaqt qashshoq bo‘lmagay. Bor molingga qanoatda bo‘lg‘il, qanoat tugalmas ganjdur va senga taqsim etilg‘on nasiba, kundalik ovqat senga, albatta, etishgusidir”2.
To‘g‘ri, deydi alloma, mol yoqimli, azizdir, lekin u har qancha aziz bo‘lsa- da, uni o‘zing bilan go‘rga olib ketolmaysan. Daromading qancha bo‘lsa, shunga qarab xarajat qilsang, hayoting yomon bo‘lmaydi, kambag‘al, bechora ham bo‘lib qolmaysan. Boriga shukur qilsang, ertasi kungi nasibangni topasan, ko‘nglingni xotirjam qil, demoqchi bo‘ladi. SHu bilan birga, “Qobusnoma” asari insonga to‘g‘ri ro‘zg‘or tebratish yo‘llarini ham o‘rganish mumkinligidan


1 Kaykovus Qobusnoma Toshkent: O‘qituvchi, 1986. - B.73.
2 Ko‘rsatilgan asar, 73 - bet.
3 Ko‘rsatilgan asar, 74 - bet.
darak beradi. Bunday xulosaga kelishimizga quyidagi pand-nasihatlarni asos qilib oldik:
“...Ro‘zg‘oringning zaruriy ishlarida taqsir nuqson ko‘rguzmag‘il. Joningg‘a jabr qilmag‘il: mol har nechakim azizdur, ammo joningdan aziz emasdur. Mol jam etmakda xato qilmag‘il, har odam o‘z ishida xato qilsa saodatdan mahrum bo‘lg‘ay... muddaolaridin bebahra qolg‘ay, nedinkim, rohat mehnatdadur. SHundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur. Har narsa qo‘lingga tushsa: bir tangadan ikki hissani o‘z oilangga xarj etgil, bir hissani qarilig‘ va ojizlig‘ vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyot qilib qo‘yg‘il va undan ko‘z yumib, aslo unga qo‘l urmag‘il. Qolgan ikki hissani o‘zingning ziynat va asbobingga sarf etgil”.3
Bu mulohazalar har bir insonni ro‘zg‘or ishlariga o‘ta e’tiborli bo‘lishga, ro‘zg‘orning to‘kis bo‘lishi uchun doim mehnat qilish lozimligini uqtirib, kechagi mehnatning natijasi bugungi totli rohat ekanligini tushuntiradi. Topgan molingning ikki qismini oilaga, ya’ni ro‘zg‘orga, qolganini o‘z ehtiyojing uchun sarflash mumkin deydi. Mana bu fikrlardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘rinli foydalanish shaxsda oilaparvarlik fazilatlarini tarbiyalashi mumkin.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarini tahlil qilib, har bir bobni yoritishda o‘ziga xos hikoyatlardan mohirona foydalanganini ko‘rishimiz mumkin.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish