Reja: Organizmning embrional davrida moddalar almashinuvini buzilishi



Download 18,45 Kb.
Sana25.02.2021
Hajmi18,45 Kb.
#59928
Bog'liq
irb 10 maruza


10 MAVZU: Odam embrional rivojlanishi. Rivojlanishning xavfli davrlari

Reja:


1. Organizmning embrional davrida moddalar almashinuvini buzilishi

2. Organizm rivojlanishida ekologik omillarning taʼsiri

3. Embrion rivojlanishiga kimyoviy va fizikaviy taʼsirlar

4. Odam genotipining namayon boʻlishida spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, chekishning taʼsiri

Yangi bunyod boʻlgan organizmning embrional davrida moddalar almashinuvini buzilishi oqibatida kupgina salbiy oʻzgarishlar yuzaga keladi. Bunday oʻzgarishlarni embrionalizm va infantilizm deb ataladi.

Chervinskiy embrionalizm va infantilizm roʻy berishining sabablarini aniqlagan. Embrionalizm deganda organizmning embrional davridagi rivojlanishida oʻzgarishlar roʻy berishi, embrion oʻsishini sekinlashishi, baʼzi organlar (qoʻl, oyoq) toʻliq shakllanmasligi tushuniladi. Infantilizm deganda embrional rivojlanishda oʻzgarishlar boʻlmaydi, lekin tugʻilgandan keyin har xil oʻzgarishlar sodir boʻladi. Embrionalizmning rivojlanishi ona organizmining homilador paytidagi ovqatlanishiga borliq.

Hozirgi zamon embriologiya fanining vazifasi embrionning paydo boʻlish vaqtini aniqlash, qomilador hayvonlarga qanday, qachon va qancha ovqat berish kerakligini aniqlashdan iborat. Koʻp ovqatlanish natijasida gavdaning qismlari yaxshi rivojlanadi, kam va sifatsiz ovqatlanishda esa embrionning oʻsishi darxol sekinlashadi.

Ovqatlanishning sifat va miqdorini oʻzgartirish uchun garmonlar, vitaminlarni qoʻllash yoʻli bilan embrion rivojlanishin boshqarish mumkin. Qoʻylar ustida olib borilgan tajribalar orqali aniqlangan dalillar boʻyicha, ularni 90 kunlik homiladorligida ovqatlanish darajasini oshirish zarur. Agar embrion bittadan koʻproq boʻlsa ovqatlanishni ertaroq kuchaytirish ham lozim.

Rivojlanayotgan organizm uchun temperatura faktori katta ahamiyatga ega. Rivojlanish paytida qanday harorat uni tezlashtirishini va sekinlashtirishini bilish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Hayvonlarning rivojlanishi uchun turlicha xarorat zarur.

Sudralib yuruvchilarda rivojlanishning normal oʻtishi uchun harorat 22° -35° boʻlishi kerak. Iguanalarning tuxumi yaxshi rivojlanishi uchun 30° harorat zarur. Agar harorat 6° tushsa yoki 10° gacha koʻtarilsa ularning embrionlari halok boʻladi. Toshbaqalarda normal rivojlanish kunduzgi va tungi harorat atrofida oʻzgarib turadi (kunduzgi 27-30°da va tungi 18°-20°da). Timsohlarning normal rivojlanishi 32° da boʻlib, 26° va 38° da bostirilgan tuxumlar halokatga uchraydi. Qushlar embrioning rivojlanishi haroratning keskin oʻzgaruvchanligiga chidamaydi. Lekin ular orasida uchraydigan baʼzi qushlarning rivojlanishida harorat past va baland boʻlishi mumkin. Masalan, goʻng qargʻada 24-34°, ukkida esa 37,5 - 38,5°.

Qushlarning rivojlanishining boshlanishida diapauza buladi. Yaʼni blastodermik pufakcha davrida rivojlanish sekinlashadi. Bu jarayon muhim ahamiyatga ega, chunki qushlar hamma tuxumni qoʻygandan keyingina uning ustiga doimiy yotadilar. Yangi qoʻyilgan tuxum urugʻlangan boʻlsa, u blastoderning pufakcha bosqichida rivojlangan boʻladi. Rivojlanishni davom ettirish uchun Tashqariga qoʻyilgan tuxumga ona yoki ota tanasining issiqligi zarur. Shuning uchun tashqariga qoʻyilgan tuxumning ustiga qush yotguncha tuxumda rivojlanish nihoyatda sekinlashadi. Bu jarayonni diapauza deyiladi.

Hujayra va organlarning oʻsishi. Baʼzi bir hujayralarning mitotik boʻlinishi oʻsimliklarda va hayvonlarda umrbod davom etadi va bu jarayon natijasida organizmni oʻsishi kuzatiladi. Baliqlarda oʻsish umrbod davom etishi mumkin. Lekin sut emizuvchilarda rivojlanishning aniq bir davrida oʻsish toʻxtaydi. Nematodlar va krolovratkalarda organizmning xujayra soni koʻpayishi ertaroq toʻxtaydi. Hujayralar rivojlanish paytida tabaqalashmagan holatdan yuqori tabaqalashgan holatga oʻtadi. Oʻsish hujayraviy, toʻqimali, organli va organizm darajasida boʻladi. Organlar va organizm qismlarini oʻsishi bir —biridan farq qiladi. Shuning uchun shakllanish kuzatiladi va bunday oʻsish moslashishga olib keladi. Hayvonlarda rivojlanish paytida eng avval ogʻiz apparati va qoʻli itensiv shakllanadi va oʻsadi, biroq qolgan qismlari sekin rivrojlanadi. Bunday rivojlanishning sababi esa ularning embrionni bachadonda oz vaqt saqlanib qopchiqga oʻtishi va emishga kirishishidir. Organizmlarning bir tekisda oʻsmaganligini qoʻshoyoq va qumsichqonning embrional rivojlanish davrida qoʻl va oyogʻi rivojlanishida koʻrish mumkin. Bu ikkala havon choʻl va qumlarda qiyin sharoitda yashashga moslashgan. Lekin bu sharoitga har xil moslashganlar. Qumsichqon asosan kolonial holatda yashaydi va inidan uzoqqa ketmaydi. Qushoyoq esa yagona yashaydi va ovqat axtarib inidan uzoqqa ketadi. Ikkala tub hayvon inda yashashligi sababli yaxshi rivojlanmagan embrionni tugʻadilar va ularda boʻgʻozlik davri 24 kun davom etadi. Ularda qoʻllar bir davrda oyoq esa keyinchalik paydo boʻlib tezroq oʻsadi. Oyoqning qoʻldan uzunroq boʻlishi qoʻshoyoqda predplod davriga toʻgʻri kelsa, qumsichqonda esa plod davriga tugʻri keladi. Tugʻilish paytida qoʻshoyoqning qoʻli va oyogʻining koʻrish nisbati 9: 16,5 mm, qumsichqoniki esa 13: 14 mm. Yetuk hayvonlarda bu koʻrsatkich 50:180 va 100:110 mm ga tengdir.

Organizmning ontogenezida har qanday oʻsishini grafik asosda koʻrish mumkin. Agar abssessa oʻqida vaqtni belgilasak, ordinata oʻqida organizm hajmining ortib borishini qoʻysak, u holda biz hamisha S grafikka ega boʻlamiz. Bu grafikka organizmning ogʻirligini, hajmini yoki hujayra sonini oʻzgarishini, shuningdek, boshqa oʻsish faktorlarini va vaqtini qoʻysak ham hamisha bir xil natijaga ega boʻlamiz. Rivojlanishdan oldin bir xil koʻrsatkichda boʻladi. Keyinchalik oʻsish boshlanadi va bu jarayonni chegaralanganligi sababli oʻsish sekinlashadi va hamda toʻxtaydi. Organizmning baʼzi bir organlarida hujayralarni oʻsishi davom etadi, lekin bu hujayralar almashishi yoki oʻlishi natijasida organizmning umimiy oʻsishi sodir boʻlmaydi. Xuddi shunday grafikni mikroorganizmlar populyatsiyalarida — achchitqichlarda koʻrishimiz mumkin. Bu organizmlarning aniq bir sonini petri idishiga va unga quyilgan oziqa muhitiga solsak, bu sharoitda avvalgi mikroorganizmlar moslashishi davrini oʻgkazib soʻng, intenssiv koʻpayish roʻy beradi. Maʼlum vaqtdan keyish mikroorganizmlarning koʻpayishi toʻxtaydi. Shu populyatsiyadan bir nechta organizmni olib boshqa sharoitga qoʻysak, quyidagi jarayon takrorlanadi. Agar yashash sharoitni hisobga olib oziqa va kislorod konsentratsiyasini koʻpaytirsak, koʻpayish jarayonini davom ettirishimiz mumkin. Agar bu moddalarni konsentratsiyasini kamaytirsak, koʻpayish jarayoni ertaroq toʻxtaydi. Koʻp hujayrali organizmning organlari va qismlari bir tekislikda oʻsmaydi. Ildiz, poya va sochni oʻsishi koʻpayish zonasining chegarasiga bogʻliq. Nerv hujayralari koʻpayish xususiyatini yoʻqotganlar, lekin kesilgan nerv tolalari tiklanish xususiyatiga ega. Demak, organizmning oʻsish tezligi uni tabaqalanish darajasiga bogʻliq boʻlsa kerak. Yuqori darajada tabaqalashgan hujayralar va toʻqimalar sekin, kam tabaqalashgan teri, ichak, oshqozon epiteliy hujayralari tez oʻsadilar va umrbod koʻpayadilar.

Oʻsishni chegaralaydigan faktorlarga oziq — ovqat va irsiy xususiyatlar kiradi. Oʻsayotgan organizmning hajmi organizmni qoplayotgan qobiqqa nisbatan tezroq koʻpayadi. Shuning bilan qobiq va hajm orasida tenglik yoʻqoladi. Qobiq hajmini oziq modda va kislorod bilan taʼminlay olmaydi. Natijada almashuv protsesslari buziladi hamda tenglikni saqlash uchun hujayra boʻlinishga majbur boʻladi. Boʻlinish boʻlmasligi uchun hujayra bir meyorda saqlanishi kerak. Shuning uchun hayvonlarning hujayralari nisbatan bir tenglikda boʻladi. Lekin bir organizmda joylashgan gaploid hujayralar mayda boʻladi (poliploid hujayralar diploid hujayralarga nisbatan katta boʻladi). Hujayraning katta — kichikligi uning yadrosiga va xromosomalariga bogʻliq.

Hujayraning oʻsish faktori uning boʻlinishi, xromosomaning ajralishi katta ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga hujayraning kichik molekulyar birikmalarini, aminokislotalarni, vitaminlarni va boshqa moddalarni teng ikkiga ajralishi muhum jarayonlardan biri hisoblanadi.

Ekologik usulning embrologiyada qoʻllanishini asosiy maqsadi embrionning rivojlanishiga tashqi muhit taʼsir koʻrsatishini oʻrganishdir. Oʻsimliklarning va tuxum qoʻyib koʻpayadigan hayvonlarning rivojlanishini kuzatsak, bu yerda ularga tashqi sharoitning rivojlanishiga taʼsirini aniq koʻrishimiz mumkin. Urugʻ issiqlik, kerakli miqdordagi namlikda oʻsa boshlaydi. Baliqlarning va qurbaqalarning tuxumi sovutq suvda uzoq muddatda rivojlanadi. Shunga oʻxshash misollarni koʻplab keltirish mumkin.

Ona organizmida rivojlangan tuxumlar va embrionlar uchun organizmning harorati va namligi qulay sharoit boʻlib hisoblanadi. Biroq sut emizuvchi hayvonlarda rivojlanish har xil. Implantatsiya va plantatsiya usullari bir–biridan farq qiladi. Bu rivojlanish yoʻllarini oddiy va murakkab usullarga ajratish mumkin. Shunga qaraganda rivojlanishni sut emizuvchi hayvonlarda ham xilma–xil moslangan desak boʻladi. Moslanish esa, albatta, ichkaridagi sharoitga borliqdir. Ona organizmi morfologik, fizologik oʻzgarishlarga uchrab, sharoitga moslashgach, shu organizmdagi rivojlanayotgan embrion ham ona organizmi yashayotgan sharoitga moslasha boradi. Bu misollar evolyutsion moslanishlarni koʻp vaqtlar davom etganligini koʻrsatadi. Shuning uchun tajribada ekologiyaning embrionga taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun tajribada ekologiyaning embrionga taʼsirini koʻra olmaymiz.

Har qanday kimyoviy va fizikaviy taʼsir embrionning notoʻgʻri rivojlanishiga olib keladi. Bunga misol tariqasida qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalarning organizmga taʼsirini koʻrsatish mumkin. Embriologiyaga ekologiyaning taʼsirini oʻrganganimizda bu masalaga embrion nuqtai nazaridan qaraymiz. Koʻpchilik olimlar (S.G. Krijanovskiy 1950, G.A. Shmidt 1968) ekologik usul deb rivojlanayotgan organizmining morfologik, morfo–fizologik xususiyatlari va muhit orasidagi bogʻlanish deb tushinadilar. Bu bogʻlanish turning embriologik xususiyatlarining rivojlanishiga tegishli boʻlishi zarur. Tekshirish uchun ikki tur olinadi. Ularning kelib chiqishi, sistematikasi solishtiriladi. Agar yetuk organizmning morfo–fiziologik oʻzgarishlari rivojlanishdagi oʻzgarishlarga olib kelsa, bunda ham embriologik usuldan foydalaniladi. Tabiiy kuzatish uchun embriogenezning boshlangich holatini shu tur embriogeneziga tashqi omillarning taʼsirini bilish shart. Yana embriogenezda yangi jarayonning paydo boʻlish sababini aniqlash kerak. Tabiiy kuzatuv uchun zarur boʻlgan asosiy mezonlarni sanab oʻtamiz.

1.Embriogenez jarayonini oʻrganish uchun bir–biriga kelib chiqishi va

sistematik jihatdan yaqin boʻlgan 2 va undan ortiq tur olinadi. Ular har

tomonlama solishtirilib va taqqoslab koʻriladi.

2. Turlar orsida oʻxshashlik boʻlib, ular dan bittasi qadimgi, dastlabki turligi, kelib chiqishda ikkinchisi esa shu turdan kelib chiqqan boʻlishi

kerak.


3.Turning yetuk shaklida tur ekologik sharoitlari bir–biridan keskin farqlanishi kerak. Bu ekologik nisbatlar yetuk shaklning har xil morfo –fiziologik xususiyatlari bilan borliq boʻlishi kerak.

4.Embriogenezda solishtirilayotgan turlar, ayniqsa, moslashuv jihatdan keskin farq qilishi kerak. Bu talablar boshlangʻich rivojlanishning oʻzgarishiga nimalar sabab boʻlganligini aniqlash uchun kerak. Misol uchun tovushqonni va quyonning rivojlanishini koʻrsak boʻladi. Bu hayvonlar sistematikasi jihatdan bir–biriga yaqin va oʻxshash. Tovushqon ochiq yerlarda yashaydi va bolasini ochiq yerda tugadi. Quyon esa in quradi va bolasini yopiq joyda tugʻadi. Tovushqonning homiladorligi 52 kun boʻlib, yetilgan bola turadi. Quyonning homiladorlik muddati 30 kun boʻlib, jish bola turadi. Bu yerda aniqlanishi zarur boʻlgan savollar juda koʻp. Nima uchun homiladorlik keskin farq qiladi? Qancha turadi va necha marta tugʻadi.



Spirtli ichimliklar, chekish, giyohvand moddalar isteʼmol qilish embrionga salbiy taʼsir koʻisatadi va embrionning nobud boʻlishiga, mayib, majruh, irsiy kasalliklar bilan tugʻilishiga sababchi boʻladi. Shu sababli, maxsus tibbiy -genetik maslahat "markazlari tashkil etilib, oila qurishga qaror qilgan yoshlarga ular oilasida tagʻiladigan farzandlar salomatligi haqida tushuncha berishni joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Odam genotipining namayon boʻlishida spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, chekish juda yomon taʼsir etadl. Ular odamlarda zararli mutasiyalar sonini koʻpaytiradi, har xil jigar, buyrak, yurak, asab kasalliklarining koʻpayishiga sabab boʻladi. Bunday bolalar aqliy jihatdan qoloq, ruhiy va jismoniy jihatdan zaif boʻladi.
Download 18,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish