INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MAKTABINI BOSHQARUVI- TADQIQOT
OBEKTI SIFATIDA
Nazarova Sh.R. – o‘qituvchi, A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, O’zbekiston.
Annatatsiya: Mazkur maqolada Inklyuziv ta’lim sharoitida maktabini boshqaruvi
mazmuni yoritiladi. Inklyuziv ta’lim sharoitida maktablarni boshqarish usullari bayon etiladi.
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, sharoiti, maktab, boshqaruvi, rivojlanishida nuqsoni
bo‘lgan o‘quvchilar, o‘quv-tarbiyaviy ish, rahbar, rahbar o‘rinbosarlar
Аннатация В этой статье описывается содержание управления школой в инклюзивной
образовательной среде. Описывает способы управления школами в инклюзивной
образовательной среде.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
289
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Ключевые слова: инклюзивное образование, условия, школа, менеджмент, учащиеся с
нарушениями развития, воспитательная работа, руководитель, заместители руководителя.
Abstract This article describes the content of school management in an inclusive educational
environment. Describes how to manage schools in an inclusive educational environment.
Key words: inclusive education, conditions, school, management, students with
developmental disabilities, educational work, supervisor, deputy supervisors.
Har qanday davlat siyosatining insonparvar tamoyillarga asoslanishi, jamiyatda aholining
nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning erkin, farovon
yashashi uchun kerak bo‘lgan barcha sohadagi qo‘llab-kuvvatlanishlari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston taraqqiyotining besh tamoyilidan birining kuchli ijtimoiy siyosat cifatida belgilanishi,
mamlakatimizda u yoki bu nogironlikka mansub, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishga ehtiyojmand
shaxslarga bo‘lgan kengqamrovli, tegishli kompleks yondashuvlarning maqsadli amalga oshirilishi
orqali ular hayotini farovonlashtirib borilishi maqsadi sari qadam tashlanayotganining yorqin
dalilidir.
Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning ta’lim olish jarayonini isloh qilib borish,
rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, har bir davlat va jamiyat oldida turgan masaladir. Alohida
yordamga muhtoj bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy hayotda munosib tarzda o‘z o‘rnini topishi,
shuningdek, ushbu jarayonda bevosita ishtirok etishi uchun ta’limni to‘laqonli o‘zlashtirishi hamda
uning zamirida muayyan kasb-hunarni egallay olish lozim. Oddiy sharoitlarda, umumiy ta’lim
tizimida kamol topgan tibbiy jihatdan “nogironlik” mavqeiga ega o‘quvchilar olgan ta’limining
darajasi ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi, moslashuvi hamda jamiyat hayotiga samarali
uyg‘unlashuvining muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi[2,32].Bunday umumiy tarzdagi tizim
sharoitida bilimlarni egallagan, ijtimoiy hayotda yashash uchun zaruriy sanalgan ko‘nikmalar va
kasb-hunarni egallagan har kanday nogironligi bo‘lgan shaxs o‘zgarishlar jarayoniga tez va qulay
moslashib, shaxsiy va oilasining hayotini farovonlashtirishi orqali mamlakat aholisi turmush
darajasining yuqorilashuvini ta’minlaydi. Shu jihat bilan bog‘liq holda ta’lim muassasalarining
bugungi vazifasi alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarni o‘z oilasi, mahallasida o‘sib kamol
topishiga qulay sharoit yaratib berish orqali zamonaviy bilimlar, hayotga to‘siqlarsiz uyg‘unlashib
ketishining omili sanalgan ijtimoiy malakalar bilan qurollantirish, mustaqil ravishda faoliyat
ko‘rsata olishga o‘rgatishdan iborat etib belgilanmoqda.
Inklyuziv ta’lim sharoitida maktabini boshqarish murakkab jarayon[4,54]. Inklyuziv
ta’lim sharoitida maktablarda o‘quvchilarni o‘qitish va ularning nuqsonini korreksiyalash
bo‘yicha har bir maktabda rejalashtirilgan faoliyat mavjud bo‘ladi.Inklyuziv ta’lim sharoitida
maktablarni
boshqarishning
asosiy
masalalari
quyidagi
holatlar
bilan
chambarchas
bog‘likdir[1,65]:
- maqsad va vazifalarni belgilash, ular orasidagi eng muhim va ikkinchi darajalilarini
ajratib olib, inklyuziv ta’lim sharoitida maktab ishini rejalashtirish;
- inklyuziv ta’lim sharoitida mutaxassislarni bilim darajasiga qarab joylashtirish,
majburiyatlarni aniqlash, o‘z qo‘l ostidagi tizim bilan aloqa o‘rnatib unga rahbarlik qilish;
- inklyuziv ta’lim sharoitida maktab ichida yangiliklar, axborotlar tizimini hamda ichki
aloqalarni tashkil qilish;
- ishdagi kamchiliklarning oldini olish yoki bartaraf qilish maqsadida rahbarlik
qilayotgan va rahbar qo‘l ostida bo‘lgan tizim faoliyati ustidan har tomonlama nazorat qilish;
- inklyuziv ta’lim sharoitida maktab o‘z faoliyatini to‘g‘ri olib borishi uchun zarur
bo‘lgan maishiy-texnika bazasini yaratish hamda saqlash;
- inklyuziv ta’lim sharoitida maktab ma’muriyati malakasini hamda o‘qituvchi va
tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda g‘amxo‘rlik qilish;
- inklyuziv ta’lim sharoitida maktab xodimlari haqida, ularning mehnat va yashash
sharoitlarini yaxshilab borish, loyiq topilsa, eng yaxshi xodimlarni rag‘batlantirish, ularni xizmat
Do'stlaringiz bilan baham: |