Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

Annatatsiya; Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim mazmuni yoritiladi. Inklyuziv ta’lim 
jarayonida qo‘llanuvchi metodlar tavsifi bayon etiladi.
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, metodlar, maktab, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 
o‘quvchilar, maxsus metod, umumiy metod. 
Ключевые слова: инклюзивное образование, методика, школа, учащиеся с 
ограниченными возможностями, специальный метод, общий метод. 
Аннатация В данной статье описывается содержание инклюзивного образования. 
Описаны методы, используемые в инклюзивном образовании. 
Annatatsiya This article discusses the content of inclusive education. The methods used in 
inclusive education are described. 
Key words: inclusive education, methodology, school, students with disabilities, special 
method, general method.
Respublikamiz Hukumati, Birlashgan Millatlar tashkiloti hamda uning bo‘linmalari 
tomonidan qabul qilingan kelishuvlarga qo‘shilar ekan, mustaqillikning ilk kunlaridanoq aholining 
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida e’tibor qaratgan holda, qator qonunlarda bunday 
insonlarning shaxsiy imkoniyatlariga mos tarzdagi sharoitlarni yaratish orqali jamiyatga 
uyg‘unlashuvlarini ta’minlashga bel bog‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida har bir bolaning yashash, 
rivojlanish, ishtirok etish, himoyalanishida teng huquqliligi kafolatlanishi belgilangan. Jumladan, 
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Xalq ta’limi vazirligining “Aqliy va jismoniy 
nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni maxsus ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki inklyuziv sharoitlarida 
ta’lim olish uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomi, 2017-2021-yillarda 


 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
286 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasi, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
5270-sonli Farmonida 
jamiyatning ajralmas qismi bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashashi, 
jumladan, 
ularning 
barcha bolalar kabi bekamu-ko‘st kamol topishi, ta’lim-tarbiyasi davlat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan vazifa sifatida qaralib, bu borada hamjamiyat ishtirokchilarining yakdilligi 
muhimligi inobatga olingan. O‘rganilgan me’yoriy hujjatlarda nogironlikning oldini olish, 
nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularning yashash muhitini 
yaxshilash va sog‘lomlashtirish, erta tashxisni yo‘lga qo‘yish, ta’lim-tarbiya berish va korreksion 
pedagogik ish olib borish, kasb-hunarga yo‘naltirish, nogironligi bo‘lgan bolalarning sifatli ta’lim 
olishlariga erishish, inklyuziv ta’lim uchun qulay muhit yaratish, umumta’lim sharoitida ishlaydigan 
mutaxassislarni tayyorlash, mazkur ta’lim turini keng targ‘ib qilish orqali ta’lim sifatiga erishish 
masalalari qayd etilgan. So‘nggi yillarda ta’lim sohasida erishilayotgan ijobiy natijalardan biri 
sifatida bolaning rivojlanishidagi “o‘zgachalik”ni erta tashxis qilish, uning oqibatlarini aniqlash, 
qayta tiklash, mazkur toifaga mansub ilk va erta yoshdagi bolalarga pedagogik yordam ko‘rsatish, 
shuningdek, mazkur toifaga mansub bolalarni umumta’lim muassasalariga uyg‘unlashtirish 
ta’limimiz diqqat markazida turgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolayotganini e’tirof 
etishimiz lozim. Zero, inklyuziv ta’lim har bir bolaning ta’lim turini tanlashida erkinligi, barcha 
qatori teng ravishda bilim olishi, oilada bo‘lishi, o‘z uyi hamda mahallasida kamol topishi 
huquqlarini ta’minlashga qaratilgandir. Inklyuziv ta’lim jamiyatni inklyuzivlashtirish, 
insonparvarlashtirish borasidagi ilk bosqichdir. Bunday ta’limni rivojlantirish yangi shaklni yaratish 
hisoblanmay, balki ta’lim tizimini rejali tarzda sifatli o‘zgartirishni nazarda tutadi. Ya’ni ushbu 
ta’lim alohida bolani o‘zgartirish yoki tuzatishni emas, balki o‘quv hamda ijtimoiy muhitni shu 
bolaning imkoniyatlariga moslashtirishni ko‘zlaydigan ta’limdir[4,54.]. Boshqacha aytganda, u 
ta’limning alohida bir shakli bo‘lmay, o‘zining falsafasi, mazmuni va shart-sharoitlarining har bir 
bola imkoniyatlariga moslashuvchanligi, tanlash imkoniyatlarining erkinligi bilan tavsiflanuvchi 
ta’limdir. Inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qitish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Bu 
metodlar, birinchi navbatda, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning fiziologik va 
psixologik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish 
jarayonida foydalaniladigan metodlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lamiz: umumiy, maxsus 
metodlardan foydalaniladi. 
Umumiy metodlarga barcha tipdagi o‘quv muassasalarida o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan 
metodlar kiradi. Bunda ommaviy maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda bu metodlardan 
foydalaniladi.Maxsus metodlar inklyuziv ta’lim sharoitida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni 
o‘qitish o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan ma’lum bir o‘quv fanini o‘zlashtirish, o‘qitishda 
qo‘llaniladigan metodlar tushuniladi. O‘quv materialining ahamiyatli tomonlari va shu o‘quv 
materialining rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tomonidan o‘zlashtirish xususiyatlariga 
tayaniladi, muhim metodologik metodlar, o‘qitishning tashkiliy shakllaridan foydalaniladi. Maxsus 
metodlar fan asoslarini o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari, fan asoslarini o‘qitishning so‘zlashuv 
metodlari, fan asoslariga o‘qitishning amaliy metodlariga tavsiflanadi[ 1,56]. 
Fan asoslarini o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari. Kuzatish metodi – atrof-olamni hissiy 
bilishning faol shakli bo‘lib, fan va hodisalarning obyektiv faoliyati haqida dastlabki 
tasavvurlarni paydo qiladi. U rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning aqliy rivojlanishining 
muhim manbayidir. Bu ishga asosiy diqqat rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitishning 
dastlabki bosqichlarida ajratiladi. Atrof olamni o‘rganish kuzatuv metodidan foydalanish uchun katta 
imkoniyatlar ochib beradi.Namoyish metodi – o‘rganilayotgan fanlar, hodisalar bilan hissiy-
ko‘rgazmali tanishtirishdir. Bunda o‘quvchilarda obrazli tasavvurlar shakllanadi. Rivojlanishida 
nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida namoyishning turli shakllari (tabiatda mavjud bo‘lgan narsalar 
namoyishi, ularning tasviri, kinofilm va diafilmlar ko‘rsatish, sxemalar, jadvallar, xaritalar 
ko‘rsatish va hokazolar)dan foydalaniladi. 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish