Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta


TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA AKTNING O’RINI



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

 
TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA AKTNING O’RINI 
 
Nabiyeva X.A. – katta o`qituvchi, AVXTXQTMOHM, O’zbekiston. 
 
Annotasiya: . AKT asosini informatika tashkil qiladi. Informatika zamonaviy 
texnologiyalarning kalitidir. Bu kalitni egasi bo’lish uchun esa o’qituvchidan kuchli bilim talab 
etadi. 
Kalit so`zlar: fan, zamon, talab, daraja, jihozlanish, texnologiya, texnika, kompyuterda, 
ijodkor, iste’dod, axborot , mahoratli, intelektual 
 
Keyingi yillarda fan – texnika jadal rivojlanib bormoqda. Zamon bilan hamnafas bo‘lish 
uchun ta`lim jarayonida AKT va PTlarni ongli ravishda kuchaytirish talab qilinmoqda. AKT asosini 
informatika tashkil qiladi. Informatika zamonaviy texnologiyalarning kalitidir. Bu kalitni egasi 
bo’lish uchun esa o’qituvchidan kuchli bilim talab etadi. Barcha fanlar qatori texnologiya ta`limi 
fani ham informatika bilan o‘zaro aloqador bo‘lib dars jarayonida AKTlar qo‘llaniladi. 1991-yil 
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham turli islohotlar 
amalga oshirildi, tub islohotlar esa o’quv jarayoniga nisbatan o’zgacha mazmun, o’zgacha talab, 
o’zgacha tahlil va o’zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etdi. “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” ning II bosqichi ta’lim mazmuniga keng qamrovda ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy 
etish vazifasini qo’ydiki, bu o’qituvchi zimmasiga jiddiy mas’uliyat yuklaydi. Biz o’qituvchilar 
o’quvchilarni jonajon Vatanni kelajakda buyuk davlatlar qatoridan o’rin olishida faol ishtirok etishi 
uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malaka bilan qurollantirishimiz, ularda bunyodkorlik g’oyalarini 


 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
283 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
shakllantirib, xalqimiz farovonligi uchun astoydil texnologiya qilish ruhida tarbiyalashimiz zarur. 
Buning uchun esa barcha fanlar qatori texnologiya ta`limi fanidan ham darsliklar, o’quv 
qo’llanmalari va boshqa adabiyotlar milliy ruhda yozilgan bo’lib, 1-5-sinf texnologiya ta`limi 
darsliklari amallarini kompyuterda bajarish o’quvchiga qiziqarli qilib, oddiydan murakkabga tomon 
bosqichma – bosqich o’rgatib borishga qulay imkoniyat beradi. Mamlakatimizda o’qituvchiga, 
uning texnologiyai natijalariga juda katta e’tibor berilayotgan ekan, bu avvalo kelajagimiz bo’lgan 
yoshlarning bilimiga, ularda Vatanni sevishga, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash tuyg’ularini 
shakllantirishga qaratilganligi hammamizga aniq, ravshan. Bir necha yillik tajribamdan shuni 
bildimki o’qituvchi o’quvchilarga zamon talabiga javob beradigan bilimlarni berishi uchun avvalo 
o’zi shunday bilimlar, dars berishning zamonaviy uslublari, ilg’or pedagogik va axborot 
texnologiyalari bilan qurollangan bo’lishi kerak. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ta’lim tizimidagi 
yutuqlarning asosi maktablarda tashkil etiladigan zamonaviy dars jarayonining sifati bilan 
belgilanadi. O’quv soatlarida o’quvchilarga yetarli bilim berish, hayotiy ko’nikmalarini oshirish va 
malakalarini shakllantirish o’qituvchining kasbiy mahoratiga bog’liq, zero Konfutsiy aytganidek, 
o’zini kamol toptira olmagan inson o’zgalar kamolotini ta’minlay olmaydi.Shu jumladan, fan 
xonalarining zamon talabi darajasida jihozlanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Xususan, texnologiya ta`limi fan xonasining har tomonlama to’liq va mukammal o’quv 
jihozlari bilan ta’minlanishi dars samaradorligining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Chunki o’quvchi 
dars davomida olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg’ulotlarda ya’ni electron qo‘llanmaga qarab 
amalda va kompyuterda bajarib sinovidan o’tkazadi, bu esa fanga bo’lgan dunyo qarashini 
kengaytiradi. Davlat ta’lim standartlarini ta’lim – tarbiya jarayoniga to’liq tadbiq etish, o’quvchilar 
bilimini baholashda reyting tizimini joriy etish, o’qitish jarayoniga ilg’or pedagogik 
texnologiyalarni olib kirish va, pirovard natijada, mustaqil fikrlovchi, ijodkor barkamol shaxsni 
tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni fidoiylik bilan amalga oshirish biz pedagoglarning burchidir. 
Dars davomida har bir o’qituvchi o’ziga xos usullardan foydalanishi tabiiy.
Men ham har bir darsimda alohida e’tibor berishga harakat qilaman, fanlararo bog’lanishda 
masala yechishda matematik formulalar, iqtisodiyotning hisob – kitoblarrini bajarishda yordam 
berishi barcha o’quvchilarga ma’lum, lekin men darslarda mantiqqa ham ko’proq e’tiborni 
qarataman, chunki bu o’quvchi dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlash qobiliyatini o’stiradi, 
texnologiya ta`limi faniga, amaliyotda sinab ko’rishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Masalan, 
Darslik yo’q bo’lishiga qaramay 8-sinflarda o’tiladigan “Diagnostik kasb maslahati” mavzusida 
to’plangan ma`lumotlardan tashqari qo’shimcha sifatida “Maktab va hayot” jurnalida berilgan 
yangiliklardan ko’proq foydalanaman. Biroq bu ma`lumotlarni barchasini tushuntirishga vaqt 
yetmaganligi sabab, takrorlash darslarida ko’proq tushuntirishga harakat qilaman. Agar shu mavzu 
2 soat mobaynida o’tilganida, ko’proq ma`lumotllardan foydalanishga imkoniyat yaratilgan bo’lar 
edi. Bunday ma`lumotllardan foydalanish o’quvchi ongini rivojlantirishda, darsning samarali yakun 
topishiga imkon yaratadi va o’quvchi olgan bilimlarini hayotda qo’llay oladi, zero bizning 
vazifamiz o’quvchiga ta’lim berish bilan birga tarbiya ham berish, mustqil fikr egasi qilib voyaga 
yetqazish, hayotda o’z o’rnini topishi, yuksak marralarni zabt etishi uchun ta’lim olish tarbiyadan 
boshlanishini o’quvchi ongiga singdirishdan iboratdir. Bugungi kundagi ta’lim – tarbiya tizimining 
asosiy vazifasi o’quvchilarni Vatanimizni sevadigan, texnologiya sevar, ijodkor, o’z bilimi va 
iste’dodiga suyanadigan hamda mustaqil ravishda zamonaviy axborot – kommunikatsiya 
texnologiyalaridan ongli ravishda foydalangan holda bilim oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. 
Mazkur vazifalar mahoratli, zamonaviy, intelektual ustozlarning samarali darslar orqali amalga 
oshiriladi. 
Adabiyotlar: 
1. 
B.N. Alimov “ Axborot- kommunikatsion ta`lim muhitida”,- Toshkent -2014 yil 
2. 
Qo`ysinov O.A Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi. Metodik 
qo`llanma. – T.: <>, 2017 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish