ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
279
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
BOSHLANG’ICH TA‘LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION
YONDASHUV
Muxtorova L. – katta o’qituvchi, Ter.DU, O’zbekiston.
Аnnotatsiya: Maqolada boshlang’ich sinflarda innovatsion yondoshuv asosida ta’lim sifati
va samaradorligini oshirish yo’llari bo’yicha fikr mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: innovatsion yondoshuv, innovatsion ta’lim, o’quvchilarni ijodiy fikrlashga
yo’naltirish, kasbiy kompetentlik, mustaqil ta’lim.
Аннотация: Статья дает представление о том, как повысить качество и
эффективность инновационного подхода к обучению в начальной школе.
Ключевые слова: инновационный подход, инновационное образование, креативное
мышление, профессиональная компетентность, самообразование.
Annatation:The article gives an idea of how to improve the quality and effectiveness of the
innovative approach to teaching in elementary school.
Keywords:innovative approach, innovative education, creative thinking, professional
competence, self-education.
Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va
mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Yosh avlodni kamolotga yetkazish jamiyatimiz ijtimoiy
hayotidagi muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yangilik
yaratishga, innovatsiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu fikrlari hamda “Innovatsion faoliyat
to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilgani buning amaliy ifodasidir. Shundan kelib chiqib
“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllari o‘rin oldi. Unda innovatsion g’oyalar,
ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsiyalarni amalda
joriy etishga doir qonun-qoidalar nazarda tutildi. Ushbu qonuning qabul qilinishi innovatsion
faoliyat yuritish uchun huquqiy maydon yaratadi. Innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan
ishlanmalarning hayotga tezroq tadbiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish
to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli Farmoniga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan. Mana shuning o’zi ham Ozbekistonda innovatsion
texnologiyalarga bo’lgan e’tibor qaydarajada ekanligini namoyon etadi.
Respublikamiz ta’lim tizimini zamonaviy darajada takomillashtirish yo’nalishida amalga
oshirilayotgan keng ko’lamli ishlardan ko’zda tutilgan asosiy maqsad – yosh avlodga ta’lim-tarbiya
berish sifati va samaradorligini oshirish, ularni o’z yurtining sodiq farzandi etib tarbiyalash va
mustahkam bilim egallashlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi va bugungi kun
talablaridan kelib chiqqan holda yangi chuqur bilimlar talab etuvchi texnologiyalarning rivojlanishi
sharoitlarida mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash, kasbiy mahorat cho’qqilarini egallashga
qodir va kasbiy moslashuvchanlik hislatlariga ega bo’lgan chuqur bilimli, yuqori malakali
mutaxassislarini tayyorlashorqali ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga
qaratilgan. Bu esa o’z navbatida o’quv jarayonini ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan
holda tashkil etishni, zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishni talab etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o’zbek modeli birinchi navbatda o’quvchi shaxsining
imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, uning moddiy va ma'naviy intelektual ehtiyojlarini qondirish
uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini taqdim qilish hamda o’quvchi yoshlar
faoliyatini davlat, jamiyat, fan va ishlab chiqarish taraqqiyoti uchun xizmat qildirishni nazarda
tutgan ta'lim- tarbiya tizimini vujudga keltirish maqsadini qo’yadi. Shu munosabat bilan o’qish,
o’qitish ishlarini istiqlol tufayli erishgan mustaqil mamlakatimiz rivojlanishi uchun xizmat qilishga
qaratilishi kerak. Buning uchun innovatsionyondoshuvasosida o’qitishning sifatini yaxshilash, ilg’or