Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
275 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
Mazkur sinfda ham Аdabiyot muzey bilan hamkorlikda, rasmlar va xaritalar orqali shu 
davrning xarakterli xususiyatlarini ochib berish, tarixiy manbalarni oʼrganishga eʼtibor berilgan 
holda dasturda oʼrganilishi muhim maʼlumotlarni imkon darajasida Аdabiyot muzey bilan 
hamkorlikda ishlash eslatib ham oʼtilmagan. 
7 - sinfda esa Muqimiy hayoti va ijodiy faoliyati, bolalik chogʼlari va oʼqish yillari shoir 
ijodining burilish davri, hayotining so’nggi yillari ijodining asosiy taraqqiyot bosqichlari haqida; 
Furqatning hayoti va ijodiy merosi, tarjimai holi, dostonlari, ilmiy asarlari, so’nggi yillari, ijodining 
badiiy xususiyatlari haqida; Zavqiyning hayoti va faoliyati, tarjimai holi, ijodiy merosi, dostonlari, 
hayotining so’nggi yillari; Komil Xorazmiy hayoti va ijodiy faoliyati, Xorazmiy ijodini oʼrganish 
tarixidan, shoir yashagan davr va adabiy muhit, tarjimai holi, ijodiy merosi, sheʼrlarinig shakli va 
uslubi, hayotining so’nggi yillari; Аvaz Oʼtar hayoti va ijodiy faoliyati, tarjimai holi, ijodiy merosi, 
Аvaz Utar ijodining taraqqiyot bosqichga koʼtarilishi, Qitʼa va ruboiylari, hayotining so'nggi yillari; 
Аnbar otinning tarjimai holi, ijodiy merosi, hayotining so’nggi yillari bilan tanishib chiqadilar.
8 - sinfda esa Xalq og’zaki ijodi “Kuntugʼmish” dostoni, Oʼzbek adabiyoti tarixi Yusuf Xos 
xojib ”Qutadgʼu bilig”, Xorazmiy ”Muhabbatnoma” dostoni, Lutfiy lirikasi, Аlisher Navoiy 
gʼazallari, Nodira lirikasi, Fitrat hayoti va ijodi haqida eksponatlar orqali tanishish mumkin. Gʼofur 
Gʼulom hayoti va ijodi, “Sogʼinish”, “Vaqt” sheʼrlarining qoʼlyozmalarini muzeyda dars oʼtish 
jarayonida oʼzlashtirish mumkin. Mazkur sinfda ham Аdabiyot muzey bilan hamkorlikda, rasmlar 
va xaritalar orqali shu davrning xarakterli xususiyatlarini ochib berish, tarixiy manbalarni 
oʼrganishga eʼtibor berilgan holda dasturda oʼrganilishi muhim maʼlumotlarni imkon darajasida 
Аdabiyot muzey bilan hamkorlikda ishlash eslatib ham oʼtilmagan. 
Demak, umumtaʼlim maktablari bilan muzeylar aloqadorligi, birinchidan, oʼquvchilarni 
maʼnaviy merosga hurmat ruhida tarbiyalasa, ikkinchi tomondan, taʼlim samaradorligini oshiradi. 
Chunki, muzey ekspozitsiyalari bilan fanlararo aloqadorlik oʼquvchilarning fikrlash qobiliyatini, 
koʼrish xotirasini, ijodiy tasavvurini, estetik didini oʼstiradi. Maʼlumki, voqelikni bilish uni his 
etishdan boshlanadi. His etish borliqni idrok etish manbai hisoblanadi.
Muzeylarda oʼquvchilar oʼqiganda uchrashadigan, lekin hech qachon koʼrmagan narsalari 
bilan tanishadilar. Bunda, albatta, muzeylar ekspozitsiyalari bilan ishlash jarayonida uning oʼziga 
xos xususiyatlariga eʼtibor berish muhim. Bular: 
1. Muzeylardagi mashgʼulotlar maʼlum taʼlimiy va tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishi 
zarur. 
2. Tanlangan materiallar oʼquvchilarga tushunarli va bilish faoliyatini rivojlantirishga mos 
kelishi muhim. 
3. Mashgʼulot uchun tanlangan ekspozitsiyalar maʼlum fanga doir mavzular bilan bogʼliq 
boʼlishi maqsadga muvofiq. 
4. Muzeylarda mashgʼulotlar uchun tanlangan manbalar badiiy yuksak boʼlishi kerak. 
5. Muzeylar bilan aloqa muntazam, izchil boʼlishi lozim. 
Maʼlumki, har bir fan asosini oʼrganishda u yoki bu ijtimoiy davrning muhim voqealari 
bilan bogʼlab oʼrganilganda adabiyot, sanʼat, tarixiy voqealar oʼsha davrdagi muhim voqealar, 
adabiyot va sanʼat namoyondalarining oʼz zamonasida tutgan oʼrni, kiritgan yangiligi uning ijtimoiy 
hayot bilan bir qatorda rivojlanib, taraqqiy etganligi haqida ham maʼlumot beriladi. 
Shunga koʼra, maktab va muzey faoliyatida oʼzaro aloqadorlikni tashkil etishning oʼziga xos 
didaktik talablari boʼlib, yoʼnalishi, tamoyillari va imkoniyatlari boʼlib, bular pedagogikadagi 
anʼanaviy metodikaga qaraganda inovatsion xarakter kasb etadi.
Insonning madaniyatli boʼlishi uchun jahon madaniyatining, adabiyot va sanʼatning 
yutuqlari har bir kishi qalbiga, ongiga yetib borishi zarur. Bu esa ularning madaniy merosga, tarixiy 
yodgorliklarga, adabiyot va sanʼat asarlariga munosabatida bilinadi. 
Madaniy meros esa ajdodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ahloqiy, ilmiy, taffakkuriy, 
diniy va ruhiy qarashlar, xalq madaniyati va ijodi mujassamlashgan moddiy va maʼnaviy boyliklar 
majmuidir. Muzeylar vositasida oʼquvchilar ana shu merosdan bahramand boʼladi va maʼnaiy 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish