ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
290
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
pog‘onalarida ko‘tarish haqida g‘amxo‘rlik qilish;
- inklyuziv ta’lim sharoitida maktabda pedagogik jamoada yaxshi, qulay psixologik
iqlimni yaratish.
Inklyuziv ta’lim sharoitida maktablarning rahbari bolalarni qabul qilib olishda,
sinflarni to‘g‘ri bo‘lishda, ularda o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish uchun sharoit yaratib
berishda bevosita ishtirok etadi. O‘quvchilarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish,
inklyuziv ta’lim sharoitida maktabda korreksiya ishlarini to‘liq amalga oshirilishini tashkil etish
rahbar zimmasida bo‘ladi.
Inklyuziv ta’lim sharoitida rahbar pedagogik jamoaning rivojlanishi uchun ma’lum
qonun-qoidalar amalga oshirilishini ta’minlati kerak[3,21].
O‘qituvchilar jamoasida hamjihatlikni keltirib chiqarish ishlarini amalga oshirish
jarayoni ham rahbarning eng asosiy vazifalaridan biridir. Bulardan tashqari, rahbar zimmasiga
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan poliklinika, qishloq, tuman muassalari, tashkilotlari
o‘rtasidagi hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yuklatiladi.
Inklyuziv ta’lim sharoitida maktab rahbari maktabning moliyaviy ishlariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri mas’uldir. U har doim o‘qituvchi, tarbiyachi, ota-onalar bilan maktabdan tashqari uzviy
aloqada bo‘lishi kerak.
Rahbar maktabda-internatda o‘zining malakasi, ko‘nikmasi, badiiy didi, tajribasi bilan
boshqalardan ajralib turishi lozim. Bu vazifa juda katta mas’uliyatni talab etadi.
Inklyuziv ta’lim sharoitida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘quv-tarbiyaviy
ishlarini olib borishda rahbar o‘rinbosarlari ham katta rol o‘ynaydi. Rahbar o‘rinbosarlarini shahar
va tumandan xalq ta’limi bo‘limlari orqali yoki ish staji 3 yildan kam bo‘lmagan o‘qituvchilardan
tanlab olinadi. Maktabda ikkita rahbar o‘rinbosari ishlab, ulardan birinchisi o‘quv ishlarga,
ikkinchisi tarbiyaviy ishlarga javobgar.Rahbar o‘rinbosari zimmasiga bolalarning to‘g‘ri bilim
olishi, maktab dasturlari, o‘quv rejalari to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish, korreksion- rivojlantirish
ishlarini olib borishni to‘g‘ri tashkil etish yuklanadi.Rahbar o‘rinbosarining o‘quv-tarbiyaviy
ishlarni rivojlantirishda hissasi katta.Rahbar o‘rinbosarlari o‘qituvchi va tarbiyachilarga ilmiy va
nazariy yordam ko‘rsatishi va ishlarini nazorat qilib turishi lozim.Rahbar o‘rinbosari bolalarni
qabul qilish komissiyasida, sinflarning bo‘linishida, o‘qituvchi va tarbiyachilarning tanlab
olinishida, ular o‘rtasida o‘quv majburiyatlarining bo‘linishida, dars jadvallarini tuzishda boshchilik
qiladi.Bulardan tashqari o‘rinbosar maktabda o‘qiydigan bolalarning ota-onalari va oilalari bilan
maktabdan tashqari ishlar olib borish kerak. Inklyuziv ta’lim sharoitida maktabning moliyaviy
jihatdan maktab mulklari saqlanishiga o‘rinbosarlar ham javobgar hisoblanadi.
Co‘nggi yillarda jahon hamjamiyati tomonidan tobora keng e’tirof etilayotgan inklyuziv ta’lim har
bir bolaning ta’lim turini tanlashida erkinligi, oilada bo‘lish huquqi, o‘z uyi hamda mahallasida
kamol topishi, barcha qatori teng ravishda bilim olishi kabilarni ta’minlashga qaratilgan. Mazkur
omillar inklyuziv ta’lim sharoitida maktabini boshqarish jarayonini o‘rganish muhim ekanligini
ko‘rsatmoqda. Rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar barcha sog‘lom bolalar bilan birgalikda
ta’lim olishlari, ular o‘z imkoniyatlari doirasidagi bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollanishlarida inklyuziv ta’lim sharoitida maktablar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va
boshqarish dolzarb masala xisoblanadi. Inklyuziv ta’lim sharoitida maktablar faoliyatini
to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish orqali alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning o‘z
oilalari, mahalladoshlari bilan birga o‘sib ulg‘ayishlari ta’minlansa, sog‘lom bolalarning
rivojlanishlarida muammolari bo‘lgan bolalarning imkoniyatlarini ko‘rib, ular ham nuqsonli emas,
balki o‘zgacha rivojlanishga ega bo‘lgan bolalar ekanliklarini anglashlari sodir bo‘ladi.
Adabiyotlar
1. Буковцова Н.И. Инклюзивное образование детей с ограниченными возможностями
здоровья: проблемы и перспективы // Инклюзивное образование: методология, практика,
технологии. PsyJournals.ru 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |