ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
117
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
4. М.Яхъяев. Ф.Тожиева. Педагоглар малакасини ошириш самарали тизимини
яратишнинг асосий шартлари. Ўша манба. 133-136 бб.
5. С.Тошев. “Кадрлар малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш тизими ислоҳотларининг
муаммолари” мавзусидаги Республика илмий конференция тўплами. Тошкент , 2004 йил 28-
29 май. 25 б.
6.
А.Асқаров. Халқ таълими ходимлари малакасини масофадан ошириш тизимини
такомиллаштириш.
Педагогика фан. Фал док. ... Дис. - т.: 2017.
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA O`QUVCHILARNING NUTQIY
KOMPETENSIYA KO`NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Mamatova M.Y. – o`qituvchi, 31-sonli maktab, Namangan sh., O’zbekiston.
Ona tili va adabiyot ta’limi umumiy o`rta ta’limning asosiy bo`g`ini sanaladi, Сhunki ona
tili va adabiyot fani maktab ta’limidagi barcha fanlar bilan uzviy bog`liqdir. O`quvchi barcha fanlar
yuzasidan bilganlarini til orqali bayon qiladi.
Ma’lumki yuqori sinf o`quvchilarining uyali aloqa vositalariga haddan tashqari berilib
ketishganini har bir maktabda kuzatish mumkin. Buni bir muammo deb oladigan bo`lsak, yana biri
o`quvchilarning ko`pchiligi, asosan, hunarmand bo`lishgagina qiziqadi, ilmga bo`lgan e’tibori juda
sust. O`quvchining nutqi, albatta, kam rivojlanganini har bir ustoz sezib turadi. Ana shu
muammolarni bartaraf qilishda, o`quvchilarning fanlarga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda juda ko`p
vositalardan, uslub va usullardan foydalanib dars o`tish, albatta, samarali bo`ladi. Abu Rayhon
Beruniy aytganidek: “Bizning maqsadimiz o`quvchini toliqtirib qo`ymaslikdir. Hadeb bir narsani
o`ylayverish bola uchun zerikarli bo`ladi va uning toqatini toq qiladi”… Shuning uchun
o`quvchilarga dars o`tishda “Anjuman”, “Uchrashuv”, “Auksion”, “Breyn-ring”, “Sud jarayoni”,
“Sayohat”, “Veer”, “Bumerang” kabi noan’anaviy dars turlari, “Qarsak”, “Ha yoki yoq”, “Bu kim”,
“Oltinchisi oshiqcha”, “Mozaika”, “Davom ettir”, “To`g`ri joyla”, “Sirli maktub”, “Oy va
yulduzlar” kabi usul va o`yinlaridan foydalanish ijobiy natijalar beradi. Bunday darslar orqali
o`quvchidan nutqiy savodxonlik, topqirlik, hozirjavoblik, o`zaro hamkorlikda ishlash, do`stona
munosabatlarni shakllantirishga erishiladi.
Darsning tashkiliy qismida, albatta, har bir o`qituvchi “Ma’naviiyat daqiqasi” o`tkazishi
lozim. Bu jarayonda o`quvchilarga adabiy merosimiz bo`lgan “Boburnoma”, Oybekning “Navoiy”
romani, Forobiyning “Baxt-saodatga erishish yo`llari haqida”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-
qulub”, M.Behbudiyning “Padarkush yoxud o`qimagan bolaning holi” T.Malikning “Odamiylik
mulki” kabi asarlardan parcha o`qib berib, ana shu parcha asosida topshiriqlar berilsa va og`zaki
savol-javob o`tkazilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Ibrat tushunchasini o`quvchilar o`zlariga
singdiribgina qolmay, nutqiy kompetensiyalari rivojlanib boradi.
Adabiyot darslaridagi asarlarning g`oyasini o`chishda “Debatlar dasturi”, “Sud jarayoni”,
“Bahs-munozara”, “Videotopishmoq” usullari o`quvchilarni darsga, badiiy asarlarga, kitobxonlikka
bo`lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Bunda o`quvchi mustaqil fikrlaydi, o`z fikrini ifodalab,
nutqida bayon qila oladi. Masalan, “Videotopishmoq” usulini quyidagicha qo`llash mumkin:
1. Rasmlarni ekranda ko`rsatib, bu shaxslar haqida ma’lumotlarni “Kim ko`p aytish”
musobaqasi orqali ayttirish.
2. Mavzulardan 3-4 tasini ko`rsatib, unga mos matnni 3-5 daqiqada tuzdirish va “ Chiroyli
matn egasi” nominatsiyasini taqdim qilish.
3. She’riy parchadagi nuqtalar o`rniga yoki badiiy asardan berilgan qahramonlarning
dialoglaridagi tushurib qoldirilgan so`zlarni tezda o`rniga qo`ydirish (Bunda o`quvchilar
kompyuterda ishlaydilar).
4. Ona tilidagi mavzular asosida grammatik qoidalarni chala holatda ko`rsatib qaysi
atamaga tegishliligini aniqlatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |