Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

5-
 
MAVZU. M I I . I I Y IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA 
NISBATAN USLUBIY YONDASHUVLAR 
Reja:
 
46 


1.
Milliy raqobatbardoshlikka erishish usullari. 
2.
Mamlakat raqobatbardoshligini baxolash metodikasi. 
3.
Raqobat ustunligini taxlil qilishning yordamchi usullari. 
4.
Strategik rejalarning SWOT taxlili. 
5.
O’zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklari. 
Tayanch so'z va iboralar: 
Raqobatbardoshlikni baxolash, makrodaraja, butunjaxon 
iqtisodiy forumi (BIF), mezodaraja, SWOT tahlili, mikrodaraja, ekspert usuli, M. 
Porter kontseptsiyasi, zamonaviy model, M. Porterning milliy rombi. ustunliklar 
determinantlari: barqaror strategiya, strategiya, raqobatchilik, omillar uchun shart- 
sharoitlar, talab holati, turdosh, qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar, mamlakat siyosiy va 
huquqiy tizimining barqarorligi, Inson kapitali, Aholi hayot kechirishining davomiyligi, 
Ishchi kuchi, ta’lim darajasi. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: 
dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, 
Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat 
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2. 
Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni 
qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman 
iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli 
ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash 
uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda 
iste’molchilar uchun kurashdir. 
Resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer - 
suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat kiladilar. Ishlab 
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor 
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon 
bo’ladi. 
Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon 
baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi 
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat kiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq 
sotib olish uchun kurashadi. 
Taniqli ingliz olimi M.E.Porterning tadqiqotlariga ko’ra, alohida bozordagi 
raqobatning holatini beshta raqobat kuchi orqali tavsiflash mumkin: 
1.
Raqobatlashuvchi sotuvchilar o’rtasidagi bellashuv. 
2.
Bir birini o’rnini bosuvchi va narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh bo’lgan 
tovarlar o’rtasidagi raqobat. 
3.
Yangi raqobatchilarning paydo bo’lish xavfi. 
4.
Mol yetkazib beruvchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari. 
5.
Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari. 
Raqobatning beshta kuchi pirovardida har bir bozor hamda uni tarkib 
yuptiruvchi iqtisodiy birliklar amal qiluvchi sharoitlarni belgilab beradi. Har bir 
kuchning holati va ularning birgalikdagi ta’siri raqobat kurashidagi konkret ishlab 
chiqarish tizimi imkoniyatlarini va uning salohiyatini belgilab beradi. 
Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish 
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini har tomonlama, chuqur ko’rib chiq ish zarur. 
Bozordagi korxona tovarlari raqobatining bir necha turlari (funktsional raqobat, 
ko’rinishi bo’yicha raqobat, predmet bo’yicha raqobat) amal qiladi. Funktsional raqobat 
har qanday ehtiyojni turli vositalar orqali qondirish mumkinligi natijasida kelib 
47 


chiqadi. Shunga ko’ra, bunda qondirishni ta’minlovchi barcha tovarlar funktsional 
raqobatlashuvchi xisoblanadi. Ko’rinishi bo’yicha raqobatlashuv - bu bir maqsadga 
mo’ljallangan, biroq, qandaydir ahamiyatli parametri bo’yicha farqlanuvchi 
tovarlarning mavjudligidan kelib chiqadi. Predmet bo’yicha raqobatlashuv — bu 
firmalar tomonidan faqat tayyorlanish sifati jihatidan farqlanuvchi bir xildagi 
tovarlarning ishlab chiqarilishi natijasida vujudga keladi. Shuningdek, predmet 
bo’yicha raqobatlashuvni yana firmalararo raqobatlashuv deb ham ataladi. 
Raqobat holatining tahlilini quyidagi to’rtta asosiy mezondan kelib chiqqan 
holda amalga oshirish mumkin: 
1)
sotuvchining xulq-atvori tavsifiga ko’ra: 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish