Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
“SICHTEI” KAFEDRASI 
“HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYASI” 
fanidan 
Namangan - 2018 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
“SICHTEI” KAFEDRASI 
«HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI» 
FANIDAN 
MA’RUZALAR MATNI 
NAMANGAN-2018 



Ma’ruzalar matni 2017-yil O’zR OO’MTV tomonidan № BD - 5230100-3.01 
raqami bilan 2017-yil 8 avgustdagi 3-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan fan dasturi 
asosida ishlab chiqilgan. 
Tuzuvchi: 
N.Tursunov 
“SIChTEI” kafedrasi katta 
o’qituvchisi 
Taqrizchi: 
i.
f.n., dots. I.Mahkamov 
Ma’ruzalar matni NamMTI o’quv-uslubiy kengashining 2018 yil 29 avgustdagi 
qaroriga muvofiq o'quv jarayoniga tatbiq et ish uchun tavsiya etilgan. 



KIRISH 
O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy 
iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida 
bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik bosqichma-bosqich shakllanib 
bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. 
Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida 
o’ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda. 
Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona 
foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining 
pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy 
oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta‘minlash bo’yicha chora- 
tadbirlar ko’rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar 
samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi 
uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning 
barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish 
maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. 
Xususan, Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan 
aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini 
saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli 
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport 
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish qat’iy belgilab 
qo’yildi. 
Ushbu 
majmuani 
tayyorlashda 
ma‘ruza 
va 
seminar 
mashgulotlari 
texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat 
ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda, fanning predmeti va asosiy 
vazifalari, fanni Namangan muhandislik-texnologiya institutida o’qitish xususiyatlari 
e‘tiborga olingan, hamda mualliflarning o’quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy 
tajribalaridan foydalanilgan. 
Ma’ruzalar matni maqsadi - talabalarga hozirgi zamon raqobat nazariyalari 
tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va 
rivojlanish tendensiyalari x,amda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, 
iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantir ishdan iborat. 
Ma’ruzalar matni yordamida o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida talabalarning milliy iqtisodiyot amal qilishining 
mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo’jaligi 
faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma‘ruza 
materiallarini o’zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiy otiga oid 
nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish, 
O’zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlari, uning natijasi, milliy 
iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy xo’jaligi uchun maqsadga 
muvofiq faoliyat yo’nalishlarini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi hamda milliy 



iqtisodiyotning amal qilishi, korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog’liq ilmiy va 
amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo’lishi nazarda tutiladi. 
«Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» iqtisodiy fan bo’lishi bilan birga amaliy 
iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o’rganadi, milliy iqtisodiyot 
rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu 
fanni o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. 
Talabalarning «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» fanini dastur doirasida yetarli 
saviya va darajada o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy interfaol 
usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga 
e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda, fan bo’yicha bilim 
berishda va o’qitishda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va 
masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi 
Statistika Davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari 
tahliliy materiallari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari 
tomonidan nashr etilgan statistik va tahliliy to’plamlar materiallari ishlatiladi. 




Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish