Абдуллаев Ё. Бозор и^тисодиёти асослари: 100 савол ва жавоб. - Т.: «Мех,нат», 1997, 58-59-6.
50
daromadining bir qismini yo’qotish hisobiga monopol foyda olish imkoniga ega
bo’ladi.
Oligopsoniya - muayyan tovarning bir guruh xaridorlari mayjud bo’lgan bozor
tuzilmasi turi.
Duopoliya - muayyan tovarning faqat ikki nafar yetkazib beruvchisi mavjud
bo’lgan va ular o’rtasida narx, sotish bozorlari, ishlab chiqarish kvotasi bo’yicha
monopolistik kelishuvlar bo’lmagan sharoitdagi bozor tuzilmasi turi.
Bilateral (ikki tomonlama) monopoliya — yagona mol yetkazib beruvchi va
yagona (birlashgan) iste’molchining qarama-qarshi kurashi vujudga keluvchi bozor
tuzilmasi turi.
Raqobatlashuvning har qanday shakli narx mexanizmini qo’llashga asoslanadi.
Narxlarning shakllanishi uch tomonlama raqobatlashuv natijasida vujudga keladi.
Shunga ko’ra narx bo’yicha va narxsiz (nobahoviy) raqobatni farqlanadi.
O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol
qonunchilik.
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mayjud bo’lishini taqazo
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi
mumkin. Shunday ekan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik
muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr
davomida, o’z-o’zidan evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin
raqobat muhitini tashkil qilgan.
Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Xar bir
mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning
miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni
saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror topshirish
kabilarga qaratiladi. Masalan, AQShda davlatning xususiy monopoliyalar faoliyatini
cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda qabul qilingan trestlarga qarshi
qonunda(“Sherman qonuni”) o’z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik
va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham
sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik
asosan qo’yidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi. Birinchidan, ishlab chiqarish
(tarmoq) ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra odatda hech bir korxona
(korporatsiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat
qilishiga haqqi bo’lmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtiroqchilari
boshqa korporatsiyalar aktsiyalarining ma’lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega
bo’la olmasliklari kerak. Uchinchidan, baholarni bozor muvozanati belgilagan
darajadan yuqori yoki past tutib turishni, narx ustidan kelishib olishni ta’qiqlovchi
kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish.
Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati, milliy iqtisodiyotida raqobat
oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga,
51
bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan
shakllantirishga qaratiladi.
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun moliya vazirligi
tizimidan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi
tuzildi. Unga ro’yhatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti
bo’yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish xuqiqi berildi.
1996 yil 1 iyulb holati bo’yicha Respublika va mahalliy bozorlar Davlat
reestrida 5153 ta mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar turi bo’yicha jami 878 korxona
hisobga olingan . Respublikada monopol mavqeiga ega bo’lgan korxonalarni Davlat
reestriga kiritish uchun mezonlarini belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining
o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi.
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan
mahsulotlar, tovarlar bozoridagi Shunday mahsulotning 35% dan ortiq bo’lsa, bu
korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestririga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari
guruhi uchun bunday mezon darajasi qilib 20% belgilangan.
Respublikada monopoliyalar ro’yxatga kirgan korxona (tarmoq)larning
bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu
usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:
1.
Monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki
rentabillkning chegarasini belgilab qo’yish
2.
O’z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopolik birlashmalarni bo’lib
tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining qarori (1994 yil 18
iyuldagi 366 sonli) bilan tasdiqlangan “Ob’ektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va
shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aktsiyadorlar
jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 ob’ekt chiqarilib,
mustaqil korxonalariga aylantirildi.
O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish
to’g’risida” (1996 yil, aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga, shu jumladan
Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni
chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot
(xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, Shuningdek taklif etiladigan tovarlar va
xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ichiga oladi.
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo’lmagan
sektorni qo’llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o’rta
biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini
shakllantirishga ko’plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan
YuNIDO yordamida bir nechta biznes inkubator tashkil etildi. Yevropa hajmiyati
KomissiyasiAmaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko’maklashuv jamiyati
kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash markazini tashkil etdi.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirish yuzasidan amalga
oshirilayotgan barcha tadbirkorlik ishlaribozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat
qiladi.
52
Raqobat strategiyasi raqobat kurashining uzoq davrga mo’ljallangan bosh yo’li va
yo’l-yo’riqlarini ifoda etadi. Strategiyaning maqsadlari tez kunda foydani
maksimumlashtirish, oz foyda bilan qanoat qilgan holda o’z bozorini kengaytirish yoki
raqibni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorga sekin-asta kirib borish kabi masalalarda
harakat yo’llarini belgilashdan iborat. Strategiyaga qarab kurash taktikasi (usuli va
shakllari) tanlanadi.
Firmalar raqobatning bir usulidan asta-sekin boshqa usuliga utishi yoki bir yo’la
turli usullarni qo’llashi mumkin. Masalan, Xitoy firmalari sifati past bo’lsa-da, arzon
tovarlar chiqarib, narx raqobati yo’lidan, G’arbiy Yevropadagi firmalar narxi yuqori
bo’lsa- da, sifatli tovarlarni taklif etish yo’lidan boradilar, chunki G’arbiy Yevropada
aholining harid qobiliyati Xitoyga qaraganda ancha yuqori. Yangi industrial
davlatlardagi (Tayvanb, Gonkong, Singapur, Koreya Respublikasi) firmalar ham sifat,
ham narx vositasida raqobatlashuvga moyil. Bu mamlakatlarda yuksak texnologiya
mavjud va ish kuchi malakali bo’lsa-da, arzon turadi. Natijada mavjud afzalliklar
xarajatlarni pasaytirgan holda, sifatli tovar chiqarish imkonini beradi. Bunga misol qilib
Koreyaning «Samsung elektronik» kompaniyasi bozorga chiqaradigan televizorlarni va
DEU korporatsiyasi avtomobillarini olish mumkin. Ular raqobatbardosh bo’lganidan
jahon bozoriga shiddat bilan kirib bormoqda.
Raqobatga har xil yondashuv O’zbekistonda ham bor. Masalan, Toshkent bozori
uchun ishlovchi firmalar ham narx, ham sifat raqobatini qo’llashi mumkin, mazkur
shaharda aholining boy qatlamlari borki, ular uchun narxga kura tovarning sifati
afzalroq, ayni vaqtda aholining kamquvvat qismi ham borki, ular uchun tovarning arzon
bo’lishi muhim. Nukus, Urganch yoki boshqa shaharlardagi firmalar ko'p hollarda narx
raqobatiga moyil bo’ladilar, bu yerda aholining harid qobiliyatiga kora arzon tovarlar
raqobatbop hisoblanadi.
Raqobat qo’l qovushtirib o’tirishga yo’l qo’ymaydi, u kurash bo’lganidan hammani
harakatga, yaxshi ishlashga undaydi.
Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi mexanizm, uni oldinga eltuvchi
kuch hisoblanadi.
Raqobatdagi iqtisodiy tanlov tamoyiliga kura iqtisodiyot ish-tirokchilari saralanadi,
yaxshi ishlagan firma boyib ketadi, yomonishlagani sinadi, yopiladi yoki kuchli
firmalarga qo’shilib ketadi. Shu sababli har yili dunyoda millionlab firmalar yopilsa,
millionlab yangilari ochiladi. Raqobatga bardosh bera olmagan firmalar zarar
ko’radilar, o’z majburiyatlari bo’yicha pul tulay olmay qoladilar, ya’ni bankrot holiga
tushadilar.
Firmalar raqobat tufayli yangilikni joriy etishga majbur bo’ladilar, chunki bozordan
o’z raqibini surib chiqarish uchun nisbatan sifatli va arzon tovarni taklif etish shart.
Buning uchun, o’z navbatida, mehnat unumdorligini oshirish, yangi modadagi
tovarlarni yaratish, ilgari ishlab chiqarilgan tovarlarni modernizatsiyalash talab etiladi.
Xullas, raqobatda unumdorlikni oshirish va sifatni yaxshilashga intilish iqtisodiy
o’sishini ta’minlaydi. Raqobat qizg’in joyda iqtisodiy o’sish jadal boradi, u sustlashgan
sharoitda esa iqtisodiy turg’unlik yuz beradi. Raqobat ishchi-xizmatchilarni ham yaxshi
ishlashga undaydi, ular yaxshi daromad beradigan ish joyidan ajrab qolmaslik uchun
doimo harakat qiladilar. Raqobat ularning ish unumi va sifati, o’z firmasining obrusi
uchun javobgarligini oshiradi. Raqobat, hatto firma egalari bilan ishchi-xizmatchilari
53
o’ rtasida hamjihatlikni yuzaga keltiradi, negaki firma raqobatda mag’lub bo’lsa,
bundan hamma zarar ko’radi - ishchilar ishsiz qoladi, xo’jayinlar foydadan mahrum
bo’ladi. Shu boisdan raqobat hammani firma uchun jon kuydirishga majbur qiladi.
Iqtisodiy tanlov tamoyili iqtisodiyot sub’ektlarining muqarrar ravishda
tabaqalashuviga olib keladi. Bunday tabaqalashuv firmalarga ham, ishchi-
xizmatchilarga ham xos hisoblanadi. Kurashda yutib chiqqan firmalar foydani kup
olib, boyib ketadilar, aksincha, kurashda yutqizganlar bor-yo’g’idan ajralib,
xonavayron bo’ladilar. Tabaqalashuv va bankrotlik qanday borishini erkin misollar
asosida tuzilgan jadvalda ko’rib chiqishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |