Diniy g‘oyalar. Diniy g‘oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini, diniy
iymon-e’tiqodning negizini tashkil etuvchi da’vatlar, aqidalar, qadriyat va maqsadlar ifodalangan qarashlar majmuiga aytiladi. Ular muayyan dinning mavjudligini ta’minlab beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasiga tayangan ko‘plab davlatlarda xilma-xil diniy e’tiqodga
ega bo‘lgan turli millat vakillari hamjihat bo‘lib, bir osmon ostida tarixiy, madaniy, ma’naviy, ruhiy mushtaraklikda yashab, mehnat qilmokda. Bu esa, kishilarning bir zamin, bir Vatan uchun, oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Hozirgi zamonda bu g‘oya - ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |