Toshkent shahrida tashkil etilgan O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarga tarixiga doir ilmiy anjumanlar. Markaz ideologlari tomonidan o`ylab topilgan xayoliy va noilmiy aqidalar



Download 14.56 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi14.56 Kb.

Aim.uz

Toshkent shahrida tashkil etilgan O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarga tarixiga doir ilmiy anjumanlar.
Markaz ideologlari tomonidan o`ylab topilgan xayoliy va noilmiy aqidalar, ya`ni «SSSRda sotsializmning to`la va uzul-kesil g`alaba qilgan»ligi, butun mamlakatda bo`lganidek, O`zbekistonda ham maorif, oliy ta`lim, ilm-fan va san`at, tarixshunoslik ham o`ta siyosiylashgan holda rivojlantirishga majbur etildi.

O`zbek xalqining boy o`tmish tarixini, milliy madaniyatini va qadriyatlarini kamsitish, ularni soxtalashtirish aynan shu yillarda avj olgan edi. Qadimiy tariximizni o`rganish, «o`tmishga sajda qilish» deb qoralandi. Ijtimoiy-gumanitar fan olimlariga «rivojlangan sotsializm» davrini, uning «tarixiy ahamiyati»ni, «afzalliklari»ni o`rganish haqida maxsus «ko`rsatma» berildi. Natijada bu yillarda ijtimoiy-gumanitar fan olimlari tomonidan «rivojlangan sotsializmni» madh etuvchi ko`plab ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar yaratildi.

Tarixshunoslikda ham O`zbekistonda sho`rolar tuzumining o`rnatilishi tarixini madh etuvchi, «ilg`or» ishchilar sinfining shakllanishini yorituvchi va hakazo yo`nalishlardagi tarix asarlarini yaratish vazifalari qo`yildi. Agar ikkinchi jahon urushi yillaridan so`ng I tom «O`zbekiston xalqlari tarixi» 1950 yilda nashrdan, II tom faqat 1947 yilda nashrdan chiqarilgan bo`lsa, Sovetlar davrini aks ettiruvchi III tom qo`lyozma shaklida qolib ketib, kitob qilib chiqarilmadi.

Ko`plab bahs va munozalardan so`ng «O`zbekiston xalqlari tarixining» yangi nashri 2 tomlik to`rtkitob jildi shaklida 1955, 1956, 1957 yillar nashr etilib, sovetlar davrini madh etuvchi, kommunistik – formatsion taraqqiyot qonunlariga mos ravishdagi bosqichlar bilan nashr qilindi.1

Mana shunday so`ng, Toshkent va Samarqand shaharlarida O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlari tarixining ba`zi muammoli va bahs-munozarali tarixshunosligi masalalari o`rganishga bag`ishlangan ilmiy anjumanlar o`tkazilib turadigan tarixchi-olimlar markazlariga aylandi. Masalan, 1992 yil avgustida Toshkentda SSSR FA tarixchi olimlarining O`rta Osiyo xalqlari etnogeneza tarixi muammolarini o`rganish haqidagi yig`ilishi o`tkazildi. 1954 yil yanvar’-fevral’ oylarida O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlari tarixining 1917 yilgacha bo`lgan tarixi masalalarining muammolariga bag`ishlangan qo`shma yig`ilish bo`ldi.

Ya`ni bu yig`ilishlarga barcha O`rta Osiyo va Qozog`istonlik tarixchi olimlar, o`z respublikalaridan kelib qatnashdilar.



Aynan mana shu yillarda Samarqand shahrida, xususan Afrosiyobda katta hajmda arxeologik qazishma ishlari boshlab uyborildi. 1958 yilda Samarqand arxeologik ekspeditsiya tuzilib, V.A.Shashkin, Y.G.Gulomov, L.I.Al’baum, M.Ye.Masson, A.Yakubovskiy va boshqalar ish olib bordilar. Ayniqsa, O`zbekistonlik arxeolog olimlarning yosh, navqiron avlodi shakllandikim, bugungi kunda ular hozirgi zamon arxeologiya fani ustunlari bo`lib qoldilar O`zbekistonda. 1962 yilda Samarqand shahrida kroman’on tipidagi odam suyagi qoldiqlarining topilishi ham katta ilmiy yangiliklar safiga kiritildi. Xallas, aynan mana shu davrda tarixshunoslik fani o`zining eng rivojlangan bosqichlaridan biriga ko`tarildi. Va o`z navbatida tarix fanining O`zbekistondagi taraqqiyoti butun O`rta Osiyoda juda ham ilg`or pozitsiyani egallab turdi.

1Ахunоvа M.А., Lunin B.V. Istоriyа istоrichеskоy nаukа v Uzbеkistаnе. T., Fаn, 1970, S.122-123.

Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa