Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


G‘oya deb inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan



Download 384,16 Kb.
bet38/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

G‘oya deb inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan,

ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsadmuddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikrga aytiladi.

Har qanday g‘oya dunyoni bilishning muayyan bosqichi va o‘ziga xos shakli sifatida

bir qator xususiyatlarga egadir. Bunda, g‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari deb uning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan tomoni, o‘ziga xos belgilariga aytiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, odamlarni ana shu maqsadga

erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.

G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi. G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro

dialektik birligiga asoslanadi.

G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi. G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi.

G‘oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan

shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlam-lariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib etadi.



G‘oyalarning ijtimoiy xarakteri deb, tarixiy makon va zamonda yashagan tarixiy shaxslar tomonidan o‘rtaga tashlanib, muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib: elat, millat va xalqlarning ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlagan, maqsad- muddao sari yetaklagan kuchli, teran fikrlarning paydo bo‘lish, shakllanish va rivojlanib borish jarayonlariga aytiladi.

Demak, g‘oyalarning ijtimoiy xarakteri: a) insonning paydo bo‘lishi, uning

shakllanishi va rivojlanishi; b) jamiyatning kelib chiqishi, unda yuz berayotgan narsa, hodisa va jarayonlarning genezisi, qaror toptan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarning rivoji; v) jamiyatda mavjud bo‘lgan turli xil ijtimoiy guruhlarning maqsadmuddaolarini ifodalashi; g) g‘oyaning yetuk shaxslar tomonidan yaratilishi va uning ijtimoiy guruhdar mafkurasiga aylanish jarayonlarining tarixiy takdiri kabilar bilan ifodalanadi.

Shuni unutmaslik kerakki, har qanday g‘oyaning asosida bilim yotadi. Bilimlarning

g‘oyaga aylanishi uchun birinchidan, o‘rganilayotgan hodisa yoki voqea haqidagi bilimlarning aniq bo‘lishi, bilimlar hodisada, voqeada, jarayonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniq va to‘la aks ettirgan bo‘lishi, ikkinchidan, to‘plangan bilimlarni amaliyogga ko‘llash uchun ehtiyoj, ya’ni zaruriyatning ortib borishi, uchinchidan, bilimlarni ishlab chiqargan kishilarni (olimlar, shoirlar, yozuvchilarni) jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealar yoki tabiiy muhitda vujudga kelgan muammolarni tezroq bartaraf etish uchun o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad-vazifalari aniq rejalari puxta ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Yangi ishlab chiqilgan g‘oyalar faqat moddiy vositalar yordamida emas, balki insonning ruhiy, ma’naviy energiyasi yordamida ham amalga oshishi mumkin. Har bir narsaning o‘z ibtidosi va intihosi bo‘ladi. G‘oyalar ham o‘z «umri»ga ega. Ular

ham ma’lum makonda va zamonda paydo bo‘lishi, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo‘shishi, kishilarning ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba kuchi va quvvatini yo‘qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi ham mumkin. G‘oyaga ta’rif berish uchun uning mohiyatini namoyon etadigan asosiy xususiyatlarini sanab o‘tish lozim bo‘ladi. G‘oyaning eng muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.




Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish