Murabboli quymoq tayyorlash
1 kg murabboli quymoq uchun
kerakli masalliqlar: un
400 g, sut 1 l, tuxum 4 dona, shakar 25 g, tuz 8 g, o‘simlik
moyi 20 g, murabbo 200 g.
Ishni bajarish tartibi: 1. Murabboli quymoq tayyorlash
uchun xuddi tvorogli quymoq kabi suyuq xamir tayyorlab
olinadi.
2. Xamir yog‘ surtilgan tovada o‘rtacha olovda ikki tomoni
qizartirilib pishirib olinadi.
3. Pishgan xamirlar laganga taxlanadi.
4. Xamirlarni olib sirtiga murabbo surtiladi va to‘rttaga
buklab, likobchalarga taxlanadi.
5. Murabboli quymoqlar sovuq holda dasturxonga tortiladi.
1. Quymoq uchun xamir qanday tayyorlanadi?
2. Xamirli mahsulotlar sifatli chiqishi uchun nimalarga e’tibor berish
kerak?
3. Tvorogli quymoqni tayyorlash ketma-ketligini aytib bering.
4. Tayyor bo‘lgan quymoq dasturxonga qanday tortiladi?
5. Murabboli quymoq qanday tayyorlanadi?
127
Do'stlaringiz bilan baham: |