Dars davomida navbatchi o‘quvchilarning vazifalari:
1. Xona jihozlari, foydalaniladigan asboblar, moslamalar-
ning saranjomligini tekshirish.
2. Amaliy ishni bajarish tartibi ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riq
xaritalarini tarqatish va ish oxirida ularni yig‘ishtirib olish.
3. Amaliy ish tugagach, xonani tozalash va shamollatish.
Igna, to‘g‘nag‘ich, qaychi bilan ishlash texnika xavfsiz-
ligi
qoidalari:
1. Igna va to‘g‘nag‘ichlar maxsus idish va yostiqchalarda
saqlanadi.
2. Buyumni angishvona yordamida tikish kerak.
3. Igna siniqlarini atrofga tashlamaslik kerak.
4. Qaychi, ignalarning o‘lchamlari tikilayotgan tikuvchilik
buyumiga mos bo‘
lishi lozim.
5. Qaychini maxsus idishda saqlang.
6. Qaychini o‘quvchilar bir-biriga uzatishda otmaslik, uchi-
ni uzatilayotgan o‘quvchiga qaratmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |