Ishni bajarish tartibi: 1. Sirli kastrulkaga tuxum, shakar,
tuz solib aralashtiriladi va yaxshilab ko‘pchitiladi, unga sut-
ning yarmini qo‘shib, elangan un solib, suyuq xamir qoriladi.
2. Xamir bir tekis aralashgach, qolgan sut va o‘simlik moyi
qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi.
3. Tovani qizdirib o‘simlik moyi surtiladi va tayyorlangan
suyuq xamir cho‘michda olinib, bir tekis qilib tovaga quyi-
ladi.
4. Tovadagi xamirni o‘rtacha olov
da avval bir tomoni,
keyin ikkinchi tomoni pishiriladi.
5. Pishgan quymoqlar xamiri laganga solib taxlanadi.
6. Quymoq uchun tvorogli qiyma tayyorlanadi. Tvorogni
ezib, unga ta’bga ko‘ra shakar, smetana aralashtiriladi.
7. Quymoq xamiri yoyilib, o‘rtasiga tvorogli qiyma qo‘yiladi
va konvert shaklida o‘raladi.
8. Quymoqlarni dasturxonga
tortish oldidan qizigan va yog‘
surtilgan tovaga o‘ralgan quymoq-
lar qo‘yilib, ikki tomoni qizarti-
rib qovurib olinadi va likopchaga
solinib, ustiga sariyog‘ yoki sme-
tana quyilib das
turxonga tortiladi
(16-rasm).
126
Do'stlaringiz bilan baham: |