5. Salat yog‘i solinib, tuzi rostlanadi.
6. Tayyor bo‘lgan salatga oxirida qizil lavlagi qo‘shib
aralashtiriladi. Salat ichiga solingan masalliqlardan shakllar
yasab bezatiladi va dasturxonga tortiladi.
Go‘shtli salat (Olivye)
Kerakli masalliqlar: 65 g go‘sht, 55 g kartoshka, 40 g tuz-
langan bodring, 15 g tuxum, 30 g mayonez, 15g ko‘k no‘xat.
Ishning tartibi: 1. Pishirilgan go‘sht, tuxum va kartoshka
mayda kub shaklida to‘g‘raladi.
2. Tuzlangan bodring mayda kub shaklida to‘g‘raladi.
3. To‘g‘ralgan mahsulotlar aralashtiriladi, tuzi rostlanadi,
ko‘k no‘xat qo‘shiladi.
4. Aralashtirilgan mahsulotlar mayonezda qoriladi.
5. Tayyor bo‘lgan salatni maxsus idishlarga solinadi, ustini
ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortiladi.
1. Yaxna taomlarning organizm uchun ahamiyati qanday?
2. Tamaddilar deganda nimani tushunasiz?
3. Yaxna taomlarni tayyorlashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalari-
ga rioya qilasiz?
123
Do'stlaringiz bilan baham: |