Buxgalteriya yozuvlari quyidagicha bo’ladi.
№
|
Xo’jalik operatsiyalarning mazmuni
|
Summa ming so’m
|
21- son BXMS bo’yicha xisobvaroqlar korrespondentsiyasi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Avgust oyining birinchi yarmi uchun bo’nak berildi
|
700 000
|
4210
|
5010
|
2
|
Avgust oyi uchu nish Haqi xisoblandi va avgustning birinchi yarmi uchun berilgan bo’nak xisobga olindi
|
2 300 000
700 000
|
2010
6710
|
6710
4210
|
3
|
Daromad soligi 12%
|
276 000
|
6710
|
6410
|
4
|
Avgust oyi uchu nish haqi berildi
|
1 324 000
|
6710
|
5010
|
Eslatma.
4210- Mexnat Haqi bo’yicha berilgan bo’nak
5010- Kassa
2010-Asosiy ishlab chiqarish
6710-Mexnat Haqi bo’uyicha xodimlar bilan xisob kitoblar
6410-Byudjet ga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik
2 .Mexnat xaki xisobini xujjatlarda rasmiylashtirish
Shaxsiy tarkibni xisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tbeldan foydalaniladi. Tabel-bulim, brigda, tsex xodimlarining nomma-nom ruyxati iulib, undan ish xaki vaktini xisobga olish uchun foydalaniladi.
Mechnatga xak tulashning ishbay shaklida ish xaki xisoblash uchun tabelg’ mahlumotlri yetarli yemas. Buning uchun kuydagi birlamchi xujjatlardan foydalaniladi:
· Ishbay ishlash uchun naryadlar;
· Raportlar;
· Marshrut iarakalari;
· Bichish kartalari va xakazo.
Рensiya fondiga ushlanma
Zamonaviy jamiyatda pensiya tizimi iqtisodiy obektlarni boshqarishning
juda murakkab shakli bo‘lib, tizim bir qancha omillarga bog‘liq. Pensiya
tizimining holatini aniqlovchi bir nechta omillar yotadi: demografik omillar,
ijtimoiy va mehnat omillari, iqtisodiy omillar, makroiqtisodiy omillar, pensiya
omillari.
1. Iqtisodiy omillar: YaIM hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atlari, inflyatsiya
darajasi, pensiya riski, mehnat bozorining miqdoriy ko‘rsatkichlari, ish haqi
miqdori, sug‘urta badali stavkasi, o‘rtacha pensiya miqdori, qoplash
koeffitsienti.
2. Demografik omillar: aholi soni, aholining yosh jihatidan tarkibiy
tuzilishi, demografik yuk koeffitsienti, pensiya yuki koeffitsienti, tug‘ilish
darajasi, o‘lim darajasi, pensionerlar soni, aholining o‘rtacha umr davomiyligi.
3. Ijtimoiy va mehnat omillari: mehnat bozoridagi vaziyat, ish bilan
bandlik ko‘rsatkichlari, mehnat faoliyati davri va mehnat staji, mehnatga
layoqatli va mehnatga layoqatsiz aholining turmush darajasi.
4. Pensiya omillari: pensiya chiqish shartlari, normativ talablari va
mezonlari, pensiya sxemalari va pensiya dasturlari, pensiya tizimining tarixiy-
tashkiliy tuzilishi.
Milliy pensiya sohasida amalga oshirilgan chuqur islohotlar, ularning
zamonaviy ko‘rinishlarining amaliyotga joriy etila boshlashi samarasi o‘laroq,
respublikamizda aholini ijtimoiy himoyalash masalalarining to‘g‘ri tashkil
etilganligidan dalolat beradi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
daromad manbalari jami byudjet daromadlarini shakllantirishda o‘ziga xos
o‘rinni egallab, bu borada soliq xizmati organlari ishini tashkil etish va fuqarolarning sug‘urta badallarini elektron reestri hisob-kitobini yuritishning
yangi uslubiyatini ishlab chiqilishi bilan ifodalanadi.
Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi.
Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:
a) O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun;
b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yohud haq to’lash noto’g’ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa yoki xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;
g) o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;
d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmasa;
e) mehnat intizomini buzganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 2g’ % idan oshmagan miqdorda jarima.
Ish haqini to’lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak.
Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’i amaldagi yo’riqnomada3 belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromadidan ushlanadi:
har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo’lib o’tgan yili barcha manbalardan yig’ilgan daromad summasi hisoblanadi;
oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi;
daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi;
agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak.
Shuningdek, ushbu yo’riqnomaga muvofiq soliq to’lovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromaddan quyidagi jadval bo’yicha ushlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |