1mavzu: “Buxgalteriyada axborot texnologiylari” f



Download 6,37 Mb.
bet31/70
Sana20.07.2022
Hajmi6,37 Mb.
#830319
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
Mavzular toplami

ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;

  • muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;

  • o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda;

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim muassasalarida (umumiy ta’lim maktablarida, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida) o‘qiyotganlarga;

  • texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga

    Ta’tillar vaqtiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish kunidagi tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o‘n ikkidan birga (olti oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga; etti oy to‘liq ishlaganlarga ettidan birga va hokazolar), o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifakatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o‘ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo‘shimcha ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqiga qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblanadigan boshqa to‘lovlar kiradi.
    Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
    Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda boshqa holatlar (ko’pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta’tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta’tili bir maromda berilmaydi.
    Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini to’g’ri aniqlash uchun yil davomida ta’tillarga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni bir maromda kiritib borishni ta’minlash zarur. SHu boisdan mehnat ta’tili vaqtiga to’lanadigan ish haqi xarajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan miqdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta’tiliga to’lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda o’tkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum miqdordagi mablag’ korxona tomonidan zahira qilib borilishi kerak.
    Zahira summasi buxgalteriya hisobida 891g’-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi» schyotida hisobga olib boriladi. Ushbu schyot passiv bo’lib, u bo’yicha salьdo foydalanilmagan zahira summasini aks ettiradi. Debet bo’yicha oborot - zahiradan ishchilarga mehnat ta’tili bo’yicha haq to’lashni, kredit bo’yicha oborot esa - korxona xarajatlariga kiritish hisobiga har oyda yaratiladigan zahira summasini tavsiflaydi.
    Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda boshqa holatlar (ko’pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta’tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta’tili bir maromda berilmaydi.
    Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini to’g’ri aniqlash uchun yil davomida ta’tillarga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni bir maromda kiritib borishni ta’minlash zarur. Shu boisdan mehnat ta’tili vaqtiga to’lanadigan ish haqi xarajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan miqdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta’tiliga to’lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda o’tkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum miqdordagi mablag’ korxona tomonidan zahira qilib borilishi kerak.
    Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:

    • Ishbay ishlash uchun naryadlar;

    • Raportlar;

    • Marshrut varaqalari;

    • Qaydnomalar;

    • Bichish kartalari va hokazo.

    Mahsulotni hisobga olish bo’yicha birlamchi hujjatning eng keng tarqalgan turi naryaddir. Ko’pchilik korxonalarda ishbay ishlash uchun naryadlar ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish topshirig’iga alohida yoziladi. Topshiriqlar tsexning reja-dispetcher byurosi tomonidan tsexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to’ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish uchun sarflanishi lozim bo’lgan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda ko’rsatiladi. Bu, o’z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.
    Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari tsexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo’lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirig’i sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. SHu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat qilinadi.
    Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo’nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan detallar bo’yichagina asos bo’la oladi. Agar shu smenada ayrim detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni tsexga jo’natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo’natib, bu haqda raportga tegishli belgi qo’yganidan keyin u texnika nazorati bo’limiga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi.
    Mehnat va ish haqini hisoblash bo’yicha rasmiylashtiriladigan boshlang’ich hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo’limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlang’ich hujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilarning tabelь raqamlari buxgalteriyada tsexlar bo’yicha guruhlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang’ich hujjatlar asosida hisoblash vedomosti, ish haqi bo’yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa yig’ma hujjatlar tuziladi.


    Download 6,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish