0‘zbekiston huquq tizimi huquqning quyidagi asosiy tarmoqlarini o‘z ichiga oladi:
konstitutsiyaviy huquq; ma'muriy huquq; fuqarolik huquqi;
jinoyat huquqi; yer huquqi; agrar huquq; mehnat huquqi; ijtimoiy ta'minot huquqi; ekologik huquq; moliyaviy huquq; fuqarolik- protsessual huquq;
jinoyat-protsessual huquq; xojalik-protsessual huquq.
Konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat huquqi asosiy
huquq tarmoqlari deb hisoblanadi.
Yuqorida sanab o'tilganlarning dastlabki o'ntasi moddiy huquq tarmog'i bo'lsa, keyingi uchtasi protsessual huquq tarmog'idir.
Huquq tizimida ikkita huquqiy makonni ajratib ko'rsatish mumkin: ommaviy huquq va xususiy huquq. Ommaviy huquq davlat bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabatlami tartibga soladi. Bu hokimiyat va bo'ysunish munosabatlaridir. Ommaviy huquq doirasiga konstitutsiyaviy, ma’muriy, jinoyat, jinoyat-protsessual, soliq huquqi sohalari kiradi.
Xususiy huquq o'zaro majburiyatlar asosida huquqlarga ega bo'luvchi subyektlar o'rtasidagi munosabatlami tartibga soladi, bu yerda munosabat ishtirokchilari tengdirlar. Xususiy huquq doirasiga fuqarolik, mehnat va oila huquqi sohalari kiradi. Huquqning ommaviy va xususiy huquqqa bo'linishi Qadimgi Rim huquqi davridan buyon mavjud bo'lib, bunga qariyb ikki ming yilcha bo'lgan.
Konstitutsiyaviy huquq konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini, mamlakatning davlat tuzilishini, Prezident, Oliy Majlis, hukumat, sud tizimi, fuqarolaming o'zini-o'zi boshqarish organlarining huquqiy maqomini mustah- kamlab qo'yadi.
Ma’muriy huquq davlat boshqaruvi, ijroiya hokimiyat sohasi (hukumat faoliyati, ijroiya hokimiyatning boshqa organlari)da yuzaga keladigan munosabatlami tartibga soladi. Fuqarolik huquqi mulkiy va u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlar (ismga ega bo'lish huquqi, sha’n va qadr-qimmatni himoya qilish, mualliflik huquqi va hk.)ni tartibga soluvchi huquq sohasidir.
Jinoyat huquqi yordamida davlat qanday ijtimoiy xavfli qilmishlarning jinoiy ekanligini va ulami sodir etganlik uchun qanday jazolar tayinlanishi mumkinligini belgilab beruvchi normalarni o'z ichiga oladi. Bu normalar O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jamlangan.
Yer huquqi yerga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlami tartibga soladi.
Agrar huquq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasidagi munosabatlami tartibga soluvchi tarmoqdir.
Mehnat huquqi — mehnat munosabatlarining kelib chiqishi, o'zgarishi va to‘xtatilishi shartlarini belgilovchi, ish kuni va dam olishning davomiyligini, mehnat intizomi, o'smirlar. ayollarni muhofaza qilish kabilarni belgilovchi huquqiy normalarning yig'indisi.
Fuqarolik-protsessual huquq normalari sudlarning fuqarolik, oilaviy. mehnat, yer bilan bog'liq va moliyaviy munosabatlar kabi bir qator munosabatlar sohasidagi faoliyatini tartibga soladi.
Fuqarolik-protsessual huquqqa ishlarning xo'jalik sudlari tomonidan ko'rib chiqilishi tartibini boshqaradigan xo'jalik- protsessual huquqi yaqin turadi.
Jinoyat-protsessual huquq sudlov. tergov, prokuratura organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko'rib chiqish faoliyatini tartibga soladi.
Huquq instituti huquq tarmog'i tarkibidagi ma’lum munosa- batlarni tartibga soluvchi yuridik normalar yig'indisidir. Huquq tarmog'i huquq institutlaridan tashkil topgan. Masalan, konsli- tutsiyaviy huquq inson va fuqaroning huquqlari va erkinliklari, prezidentlik, hukumat kabi instilutlarni o'z ichiga oladi. Fuqarolik huquqi esa niulk huquqi. majburiyat huquqi, mualliflik huquqi, meros huquqi kabi institutlarni qamrab oladi.
Davlatning ichki (milliy) huquq tizimidan tasliqari, xalqaro huquq tizimi ham mavjud. Uning prins. .ri va normalari davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ushbu huquqning boshqa subyektlari o'rtasidagi munosabatlami tartibga soladi.
Xalqaro huquq tizimi bir necha tarmoqlardan tashkil topgan bo'lib, misol tariqasida quyidagilarni sanab o'tish mumkin: xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi, diplomatiya va konsullik huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqaiar.
O'z navbatida, xalqaro huquq tarmoqlari insiitutlardan tashkil topgan. Masalan. xalqaro dengiz huquqi hududiy havzalar. ochiq dengiz. quruqlik yerlari va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |