Vzu davlat va huquq asoslari


Vakolat beruvchi normalar



Download 395,4 Kb.
bet20/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Vakolat beruvchi normalar — ruxsat mazmunidagi normalar bo'lib, nimalarni qilish mumkinligini belgilaydi.
Majburiyat yuklovchi normalar — nimalarni qilish zarurligini belgilovchi normalar.
Taqiqlovchi normalarnima qilish mumkin emasligini belgilovchi normalar.
Imperativ (buyruq beruvchi) normalarda qoida qat’iy talab shaklida aks ettirilib, undan biron-bir tarzda chetga chiqish mumkin emas (masalan, soliq qonunchiligi normalari).
Dispozitiv (toidiruvchi) normalar munosabat qatnashchilariga masalani mustaqil tarzda tartibga solish va tegishli xulq-atvor variantini tanlash imkonini beradi. Basharti, bunday imkoniyatdan foydalanilmasa, norma munosabat ishtirokchilarining shartlashuvini to'ldiradi (masalan, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining shart- nomaviy aloqalarini tartibga soluvchi normalar). 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qator moddalarida dispozitiv normalar bo'lib, ularda, odatda: «agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan boisa» degan izoh mavjud.
Bajarilishi shart bo'lgan yoki, aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to'laligi bo'yicha dispozitsiyalar oddiy, tavsiflovchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo'linadi. Oddiy dispozitsiyada qilmish tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma’lum termin (masalan, «qasddan odam o'ldirish» termini - JKning 97-moddasi) yordamida ta’riflanadi. Tavsiflovchi dispo­zitsiya huquqbuzarlik belgilarining to'liq bayonini o'z ichiga oladi. Masalan, o'g'rilik o'zgalar mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishdir (JKning 169-moddasi).
Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun huquqning boshqa sohalari normalarida belgilangan maxsus qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (JKning 257-moddasi). Bu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qo'llashda murojaat qilish zarur bo'lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega bo'lmagan, balki o'sha qonunning boshqa normasiga yoki boshqa huquqiy hujjatga havola etuvchi dispozitsiya tushuniladi.
Aniqlik darajasi bo'yicha sanksiyalarni mutlaq aniq, nisbiy aniq va muqobil sanksiyalarga ajratish mumkin.
Mutlaq aniq sanksiya huquqbuzarga nisbatan qo'llaniladigan jazoning hajmini aniq belgilaydi. Masalan, Fuqarolik kodeksiga ko'ra, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar to'laligicha qoplanishi shart.
Nisbiy aniq sanksiya huquqbuzarga nisbatan qo'llaniladigan jazoning eng kam va eng ko'p chegarasini belgilaydi. Jinoyat huquqida bunday sanksiyalar ko‘p. Masalan, bosqinchilik jinoyati besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (JKning 164-moddasi).
Muqobil sanksiya sudga qonunda ko'rsatilgan bir necha jazodan birini tayinlash imkonini beradi. Masalan, firibgarlik, agar u og‘ir oqibatlarga olib kelmagan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi (JKning 168- moddasi).
Ko‘pincha huquq normalari muqobil va nisbiy aniq sanksiya- larning belgilarini o'zida mujassamlashtiradi, ya’ni bir necha jazo turlarini nazarda tutadi. Bunda ularning har biri uchun eng ko‘p va eng kam chegara belgilanadi.


  1. Download 395,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish