Huquqning asosiy funksiyalari quyidagilar: tartibga soluvchi, qo‘riqlovchi va tarbiyaviy.
Tartibga solish funksiyasi — tegishli ijtimoiy aloqalar hamda munosabatlarni va u yoki bu subyekt faol xulq-atvorining mezonini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
Qo ‘riqlash funksiyasi — huquqiy muhofaza va yuridik javobgarlik choralarini belgilash, ularni qoilash vajavobgarlikni o‘tash tartibini o‘rnatishdan iborat.
Tarbiyaviy funksiya — turmushda nimalarni qilish mumkin, nimalar esa taqiqlanadi, u yoki bu vaziyatda qanday harakat qilish lozimligini belgilashdan iborat. Bunda huquq ishontirish metodiga tayanadi, zarur bo‘lganda majburlash metodini, hatto jazolashni ham nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |