§. Huquq va uning belgilari
Huquq — davlat tomonidan o'rnatilgan yoki ma’qullangan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalarining tizimi.
«Huquq» iborasi ikki ma’noda qoilaniladi. Obyektiv huquq — umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig'indisi. Bu normalar u yoki bu insonning, subyektning irodasi hamda xohish-istagidan qat’i nazar mavjud boiadi. Subyektiv huquq — muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli boigan huquq. Masalan, fuqaro Aliyevning maium narsaga, aytaylik, avtomobilga nisbatan mulk huquqi. Subyektiv huquq yuridik jihatdan shaxs erkinligini ta’minlaydi, unga mustaqillik beradi va tashabbus ko'rsatishiga imkon yaratadi. Subyektiv huquq obyektiv huquqqa asoslanadi, obyektiv huquq boimasa, subyektiv huquq ham boimaydi. Subyektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya’ni huquqdor shaxsdan ajralmagan holda mavjud boiadi.
Huquq davlat bilan chambarchas bogiangan. Davlatsiz huquq boiishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni shakllantiradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi.
0‘z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud boiishi mumkin emas. Aks holda, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum boiadi.
Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir:
davlat yoii bilan o'rnatilishi;
barcha uchun majburiyligi;
huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi;
subyektiv huquqlar orqali harakat qilish;
1. Davlat tomonidan ta’minlanganligi.
Huquq adolatdan ajralmasdir. Rim huquqida huquqning halol yashash, o‘zgalarni xafa qilmaslik, har kimga kerakligini berish kabi qoidalari yozib qo‘yilgan edi. Huquq ezgulik va adolatlilik san’atidir. Huquqda adolat mezoni ifodalanadi.
Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar. Davlat kabi huquqning kelib chiqishi to‘g‘risida ham turli nazariyalar mavjud.
Tabiiy huquq nazariyasi — huquq nazariyalarining eng qadimiylaridan biri. Uning vakillari huquqning o‘zida adolatning mutlaq, o'zgarmas ibtidosini mujassam etganligidan kelib chiqadilar. Huquq tabiatan mavjud, uni hech kim o‘ylab topmagan, u xuddi insonning o‘zi kabi tabiiydir. Ushbu nazariya tarafdorlari tabiiy huquqni yuridik normalaming yig'indisi ko‘rinishidagj huquqqa qarshi qo‘yadilar. Tabiiy huquq — davlat intilishi zarur boigan o‘ziga xos ideal.
Huquqning tarixiy nazariyasi vakillari huquq tarixan paydo boigan va rivojlanadi, deb hisoblaydilar. Yerga ekilgan urug' kabi u xalqning ongida o‘sib boradi va adolat, qonunlar shaklida namoyon boiadi. Huquq tabiatdan kelib chiqmaydi. U yoki bu xalqning tarixiy hayoti huquqni qanday ko‘rinishga keltirsa, u shunday boiib qoladi.
Huquqning psixologik nazariyasida huquqning kelib chiqishi va rivojlanishini shaxs yoki shaxslar guruhining psixologiyasi bilan izohlanadi. Huquq psixologik yo‘nalishlar, turli kechinmalar, hissiyotlar va instinktlarning mahsuli, deb qaraladi.
Huquqning sinfiy (marksistik) nazariyasi huquqning sinfiy mohiyatiga urg‘u beradi. Bunda huquq hukmron sinf irodasining qonun darajasiga ko‘tarilganligi sifatida talqin etiladi. Bu iroda mazkur sinf hayotining moddiy sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Huquqning funksiyalari. Huquq jamiyat hayotida muayyan funksiyalarni bajaradi. Huquqning funksiyasi deganda, ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish, ularni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |