Vzu davlat va huquq asoslari



Download 395,4 Kb.
bet11/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

§. Davlatning shakllari

Davlat shakli deganda, davlatning tuzilishi va boshqaruv usulini belgilaydigan tashqi xususiyatlari tushuniladi. Davlat shakli quyidagi uchta jihatni o'zida ifodalaydi:

  • davlat boshqaruvi shakli;

  • davlat tuzilishi shakli;

  • siyosiy tuzum.

Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o'zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
Boshqaruv shakliga ko'ra davlatlar monarxiya va respublikaga bo'linadi.
«Monarxiya» so'zi yunonchada «yakka hokimlik» ma’nosini bildiradi. Monarxiya oliy hokimiyat yakka hokim davlat boshlig'ining qo'lida bo'lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir.
Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig'i sifatida maydonga chiqadi; monarx davlatni yakka o'zi boshqaradi;

  • monarx hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinadi;

  • monarx o'z faoliyatida rasman mustaqildir;

  • hokimiyatni o'matish, qabul qilish (legitimlashtirish)ning alohida tartibi mavjud;

  • muddatsiz, umrbod boshqaruv;

  • monarx o'z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.

Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda boladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklan- magan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa (masalan, Saudiya Arabistonida), bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.
Agar monarxning hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan biron-bir vakolatli idora bilan cheklangan bo'lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament shaklidagi monarxiya boiadi (masalan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya).
«Respublika» so'zi yunonchada «umumiy ish» ma’nosini bildiradi. Respublika davlat boshqaruvining hokimiyat oliy idoralari muayyan muddatga saylanadigan shaklidir.
Respublikaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • hokimiyat oliy idoralarining saylab qo'yilishi;

  • hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;

  • hokimiyat oliy organlarining o'z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;

  • qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ bo'lgan sudlar obro'iningortishi;

  • fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.

Respublikalar prezidenllik respublikasi, parlamentar respublika
va aralash turdagi respublikalarga bo'linadi:

  • prezidentlik respublikasida davlatni xalq saylaydigan va juda keng vako-latlarga ega bo'lgan Prezident boshqaradi. U davlatning ham, hukumatning ham boshlig'idir. Bunday respublikada hukumatni prezident tuzadi.

  • parlamentar respublikada davlat boshlig'i saylanuvchi mansabdor shaxs boiib. nisbatan torroq vakolatlarga ega. Bunda prezidentni parlament saylaydi. U rasman davlat boshlig'i hisoblanib, asosan vakillik funksiyalarini bajaradi. Uning hukumatni tuzish va mamlakatni boshqarishda tutgan o'rni nomigagina ahamiyatga ega boiadi. U hukumatni boshqarmaydi (hukumatni bosh vazir boshqaradi). Ammo hukumat uni tarqatib yuborishi mumkin bo'lgan parlament oldida javobgardir. Parlamentar respublikaga Avstriya, Italiya, Germaniya misol boiadi.

  • respublika shaklidagi boshqaruvning yana bir ko'rinishi aralash boshqaruvdir. Bunday boshqaruvda prezidentlik va parlamentar respublikalar elementlari aralashib ketgan boiadi. Masalan, Fransiyada prezidentni xalq saylaydi. U juda katta vakolatlarga ega boiadi, ammo hukumatni boshqarmaydi.

  • Davlat tuzilishi shakli uning ma’muriy-hududiy tashkil etilishidir.

Davlat tuzilishi bo'yicha barcha davlatlar quyidagi turlarga bo'linadi:

  • oddiy (unitar);

  • murakkab (federativ va konfederaliv).

Unitar davlat — bu oddiy, yaxlit davlat. Bunday davlat viloyat, oblast, okrug, voyevodstvo, rayon, tuman deb turlicha nomlanadigan ma'muriy-hududiy birliklarga bo'linadi. Bunday davlatda bitta parlament, bitta hukumat. bitta prezident boiadi. Unitar davlat odatda bir millatli boiadi.
Unitar davlat belgilari quyidagilardan iborat:

  • butun mamlakat miqyosida bir xil boigan vakillik, ijroiya va sud organlari boiadi;

  • bitta konstitutsiya; yagona qonunchilik tizimi;

  • yagona fuqarolik;

  • yagona pul birligi;

  • barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun umumiy boigan soliq va kredit siyosati;

  • unitar davlatlar tarkibiy qismlari suverenitetga ega emas (ya’ni tom ma’nodagi davlatlar emas);

  • yagona armiya mavjudligi.

Federativ davlat — murakkab, ittifoqdosh davlat. Odatda u bir qancha davlatlarning birlashuvidan hosil boiadi. Birla- shganidan keyin bu davlatlar federatsiya a’zolari yoki subyektlari boiib qoladilar. Ular turlicha atalishi (shtatlar. oikalar, respublikalar) va o'z ma'muriy-hududiy bo'linmalariga ega boiishi mumkin.
Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal darajada va federatsiya subyektlari darajasida. Federal darajada ham, federatsiya subyektlari darajasida ham prezident. parlament, hukumat boiishi mumkin.
Federativ davlat belgilari: federatsiya hududi uning subyektlari hududidan tashkil topadi; oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat organlariga tegishli boiadi;
federatsiya subyektlari va federatsiyaning o‘zi o'rtasidagi vakolatlar ittifoq konstitutsiyasi bilan belgilanadi; federatsiya subyektlari o'z konstitutsiyasi, o'zlarining oliy qonun chiqaruvchi. ijro etuvchi va sud organlariga ega;
federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga ega (federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etuvchi qo'shimcha palata mavjud).
Konfederatsiya — o'z suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda u yoki bu maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi. Konfederalsiyada yagona hudud. yagona fuqarolik bo'lmaydi. Har bir davlat xalqaro huquqning leng huquqli subyekti bo'ladi.
Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil davlatlarning muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashgan ekanligi;

  • konfederatsiya —mustahkam bo'lmagan tuzilma;

  • yagona hududning yo'qligi (konfederatsiya uning a’zolari bo'lgan davlatlar hududidan tashkil topadi);

  • yagona fuqarolikning bo'lmasligi;

  • konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqish huquqiga egadirlar;

  • konfederatsiya subyektlari ittifoq hokimiyati qonun hujjatlarini nullifikatsiya qilish (e'tirof etmaslik yoki qoilamaslik) huquqiga egadirlar;

  • konfederatsiya vakolatiga uncha ko‘p bo'lmagan (urush va tinchlik, xalqaro siyosat va hk.) masalalarni hal etish kiradi;

  • konfederatsiya byudjeti uning a’zolariningixtiyoriy badallaridan tashkil topadi.

Konfederatsiya luzilishidagi davlatlarning odatda umri qisqa bo'ladi. Ular ko'p sohalar bo'yicha birlashib federatsiyaga aylanib ketadi yoki parchalanib unitar davlat holatiga qaytadi. Hozirda konfederativ davlatga misol qilib o'zida bir necha davlatlarni birlashlirgan Yevropa Itlifoqini keltirish mumkin.

Download 395,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish