§. Huquq ijtimoiy norma
Jamiyatda normalarning ikki tizimi mavjud: texnikaviy va ijtimoiy. Texnikaviy normalar «inson — mashina» munosabatlarini tartibga soladi. Agar texnikaviy normalar bajarilmasa, Chemobil atom elektr stansiyasidagi kabi falokat sodir boiishi mumkin. Ijtimoiy normalar— odamlar va ularning birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlami tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari boiib, ular «inson — inson» munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy normalarning turlariga quyidagilar kiradi: axloq normalari, jamoat birlashmalari normalari, milliy urf-odatlar, xalqlarning odatlari, an’ana normalari, siyosiy hayot normalari, huquq normalari, diniy normalar.
Axloq normalari — ezgulik va yovuzlik, sha’n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas’uliyat haqidagi axloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |