§. Xalqaro huquq tizimi
Xalqaro huquq tizimi — bu quyidagi o'zaro ichki bog'liq elementlarning obyektiv mavjud bo'lgan bir butunligidir.
Birinchidan, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari, me’yorlari (shartnomaviy va oddiy-huquqiy).
Ikkinchidan, xalqaro tashkilotlarning qarorlari, tavsiyaviy Rezolutsiyalari, xalqaro sud organlarining qarorlari.
Uchinchidan, xalqaro huquq institulari (xalqaro tan olish instituti, shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik instituti, xalqaro javobgarlik instituti va boshqalar).
Tizimning qayd etib o'tilgan barcha elementlari turli birikmalarda xalqaro huquq tarmoqlari (diplomatik huquq, xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar) tashkil qiladi, ushbu har bir tarmoq o'zi mustaqil tizim sifatida namoyon bo'ladi, bunday tizimlar xalqaro huquqning yaxlit yagona tizimi doirasida shu tizimning bir qismi hisoblanishi mumkin.
§. 0‘zbekiston Respublikasi tashqisiyosati va diplomatiyasi
Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro munosabatlardagi umumiy yo'nalishini qamrab oladi.
Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlari sohasidagi faoliyatining maqsadlari va vositalari majmuini qamrab oladi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari Konstitutsiyaning 17-moddasida qonuniy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan.
«O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati
О ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «О ‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar to‘g'risida»gi Qonuni, «O'zbekiston Respublikasi Mudofaa to ‘g ‘risida»gi Qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlar idagi tamoyillar va me’yorlarga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining tamoyil va maqsadlariga, shuningdek, О ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ratiflkatsiya qilgan О ‘zbekiston Respublikasi xalqaro shart- nomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga asoslanadi» deyiladi, 1996-yildagi «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to‘g‘risida»gi Qonunning 1- moddasida.
Diplomatiya tashqi siyosatning muhim vositasi hisoblanadi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Diplomatiya amaliy tadbirlar, shuningdek, tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakl, vositalar va usullar majmuini ifodalaydi. Diplomatiya bilan bir qatorda davlatning iqtisodiy, madaniy va boshqa muhim aloqalari ham uning tashqi siyosiy vositalari hisoblanadi.
O'zbekiston tashqi siyosatining bosh maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish uchun xalqaro zamin yaratish, tinchlikni va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida barcha davlatlar bilan teng huquqli hamkorlikdan iborat.
O'zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan munosa- batlari davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinchlik yo'li bilan hal qilish, boshqa davlatlarning ichki ishiga aralash- maslik tamoyillariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlariga rioya qilish asosida quriladi. Ushbu tamoyillarning Konstitutsiyada mustahkamlanishi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari O'zbekiston hududida davlatning ichki qonuni sifatida amalda bo'lishini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |