Xalqaro huquqning funksiyalarini ko'rib chiqmay, uning mohiyatini ochib berish mumkin emas. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq quyidagi funksiyalarni bajaradi: Muvofiqlashtiruvchi funksiya. Davlatlar xalqaro huquq me’yorlari yordamida xalqaro hamkorlikning turli sohalarida umumiy qabul qilingan xulq-atvor standartlarini belgilaydi.
Tartibga soluvchi funksiya. Bu davlatlar tomonidan qat’iy qoidalarni belgilashda namoyon bo'ladi. Bularsiz davlatlarningjahon hamjamiyati bilan munosabatlari va birgalikda mavjudligini tasavvur qilishning imkoni yo'q.
Ta’minlash funksiyasi. Bunda xalqaro huquq shunday me’yorlarni o'zida mustahkamlaydiki, bu davlatlarni ko'p yillik aloqalari jarayonida belgilangan ma'lum xulq-atvor qoidalariga rioya qilishga undaydi.
Muhofaza funksiyasi. Bu davlatlar milliy manfaatlari va qonuniy huquqlarini himoya qiladi. §. Xalqaro huquq va davlatlarning milliy huquqiy tizimi
Real voqelikda bir-biriga bog'liq, lekin mustaqil ikki huquqiy tizim mavjud: bir tomondan, ichki davlat huquqi (alohida milliy davlatning huquqiy me’yorlari majmui) va ikkinchi tomondan, huquqiy tartibga solishning o'ziga xos obyekti va subyektiga ega bo'lgan xalqaro huquq. Agar, ichki davlat huquqida huquqiy tartibga solish obyekti bir davlat doirasidagi ijtimoiy munosabatlar bo'lsa, xalqaro-huquqiy munosabatlar obyektiga davlatlar va ularning birlashmalari o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar kiradi. Xalqaro huquq va ichki davlat huquqi bir-biridan alohida mavjud bo'lmaydi. Xalqaro huquq me’yorlarini ishlab chiqishga milliy huquqiy tizimlar asos bo'ladi. u davlatning tashqi siyosati va diplomatiyasida o'z ifodasini topadi.Xalqaro huquq o'z navbatida milliy qonunchilikning rivoj- lanishiga katta ta’sir ko'rsatadi. Ko'pgina davlatlarning, shu jumladan, 0‘zbekiston Respublikasining qonunlarida shunday qoida mustahkamlab qo'yilgan, unga ko'ra davlatlarning ichki qonuni bilan xalqaro shartnomalar ustuvorlikka ega bo'ladi. Bunday qoida xalqaro huquqning davlatlarning ichki huquqi qoidalari ustidan ustuvorligi deb ataladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 7-moddasida shunday deyilgan: «Agar xalqaro shartnomalar va bitimlarda fuqarolik qonunchiligidan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lsa xalqaro shartnomalar va bitimlardagi qoidalar qo'llaniladi».