Millatlar yoki xalqlar xalqaro huquqning alohida va maxsus subvektlari hisoblanadi. Imperativ xarakterdagi me’yor-tamoyilga
teng huquqlilik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyiliga muvofiq barcha xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, ya’ni tashqaridan hech qanday aralashuvsiz erkin asoslarda o‘zining siyosiy maqomini belgilash va iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini amalga oshirish huquqi tan olinadi. 1970- yilda qabul qilingan Xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi deklaratsiyaga muvofiq har bir davlat ushbu huquqni hurmat qilishi lozim. So‘z xalqlar va davlatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar (xalqaro-huquqiy munosabatlar) to'g'risida bormoqda.
XALQARO TASHKILOTLAR — XALQARO HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA Xalqaro tashkilotlar tarkibiga hukumatlararo tashkilotlar hamda a’zolari shaxsiy tartibda harakat qiluvchi davlatlararo mexanizmlar va organlar (xalqaro arbitrajlar, komitetlar, ekspertlar guruhi va boshqalar) kiradi. Hukumatlararo konferensiyani vaqtinchalik xalqaro muassasa deb hisoblash mumkin. Xalqaro tashkilot o'zining xalqaro huquq layoqatiga ta’sis shartnomasiga muvofiq ega bo'ladi. Shartnoma xalqaro tashkilotni ma’lum huquqqa ega bo'la olish, ya’ni davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish, o'z nomidan qarorlar qabul qilish qobiliyati bilan ta’minlaydi. Xalqaro tashkilot xalqaro tuzilma bo'lib, uning ta’sis etilishi va faoliyati xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. «0‘zbekiston — xalqaro munosabatlar subyekti» degan konstitutsiyaviy formula nafaqat 0‘zbekiston Respublikasining hozirgi jahonda tutgan o‘rninigina emas, balki 0‘zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas bir qismi, uning teng huquqli a’zosi ekanligini anglatadi. Bu quyidagilarda ko‘rinadi:
uchinchidan, 0‘zbekiston xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish va ular bilan shartnomalar tuzish bilan bevosita davlatlararo munosabatlarda ishtirok etadi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston jahonning 120 dan ziyod davlatlari bilan rasmiy diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Toshkentda 35 mamlakatning elchixonalari ochildi va 19 xorijiy davlatlarning elchilari o'rindoshlik asosida 0‘zbekiston Respublikasida akkredi- tatsiya qilingan. Respublikada 88 xorijiy vakolatxonalar, 24 ta hukumatlararo va 13 ta xalqaro nodavlat tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda. Konstitutsiya asosida O'zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida belgilovchi huquqiy asos yaratilgan. O'zbekistonning tashqi aloqalarni ta’minlovchi davlat organlari tuzilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis deputatlari umumxalq tomonidan muqobillik va ko'ppartiyaviylik asosida saylandi, mamlakat hukumati tuzildi. Tashqi ishlar vazirligi faoliyatining yo'nalishlari va vazifalari tubdan o'zgartirildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy Banki tuzildi. Tashqi savdo firmalarining ixtisoslashgan tarmoqlari tashkil qilindi. 260 dan ziyod chet el firmalari, banklari va kompaniya- larining vakolatxonalari ochildi. Tan olish — davlatning ixtiyoriy ravishda, bir tomonlama qabul qilgan hujjatidir. Unda davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita biron- bir davlatni xalqaro huquq subyekti sifatida tan olgani va u bilan rasmiy munosabat o‘rnatish maqsadi borligi yoki davlatda, yoxud uning bir qismida g‘ayrikonstitutsiyaviy yo‘l bilan kelgan hokimiyatni xalqaro munosabatlarda ushbu davlatning yoki shu hududda yashaydigan xalqning vakili sifatida samarali ishtirok etishi mumkin deb hisoblashi to‘g‘risida bayonot beradi. Tan olish majburiyati mavjud emas. Bu — davlatlarning huquqidir. Xalqaro-huquqiy tan olish — xalqaro huquqqa muvofiq davlatlar tomonidan yangi davlatni yoki hukumatni, yoxud rasmiy yoki norasmiy, to‘liq yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlarni o‘rnatish mumkin boiadigan boshqa davlat organini tan olishdir. Quyidagilar xalqaro-huquqiy tan olishning turlari hisoblanadi: