154
3) qat’iy to’shak tartiboti asoratlarining oldini olish (yotoq yara, qon
dimlanishi, ichak parezi, mushak atrofiyasi, kontraktura va h.z.).
2. Yarim to’shak yoki palata harakat tartiboti:
Muolajaning davomiyligi 15-20 daqiqa, ishlash – dam olish nisbati 3:1,
o’rta hisobda 20-25 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 6-8 marta,
sekin sur’atda.
Umumiy vazifalari:
1) qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta-sekin chiniqtirish;
2) yengil jismoniy yuklamalarga organizmni asta-sekin moslashtirish;
3) dimlanish holatlari bilan kurashish.
3. Erkin harakat tartiboti:
a)
erkin avaylovchi;
b) erkin avaylovchi-chiniqtiruvchi;
c)
erkin chiniqtiruvchi;
Muolajaning davomiyligi 30-45 daqiqa, ishlash – dam olish nisbati 5:1,
o’rta hisobda 25-35 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 10-12
marta, sekin, o’rta sur’atlarda.
Umumiy vazifalari :
1) o’sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirib boorish;
2) a’zo va tizimlar orasidagi o’zaro aloqalarning korrelyativligini
yaxshilash;
3) bemorlarni kasb va yashash faoliyatlariga tayyorlash.
Shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzish printsiplari:
1. Dastlabki holatni tanlash.
2. Patogenetik belgisi bo’yicha maxsus mashqlarni tanlash.
3. Muolajaning davomiyligi.
4. Beriladigan mashqlarning soni.
5. Har bir mashqning qaytarilish soni.
156
- shikastlangan suyak bo’laklarining yetarli bo’lmagan immobilizatsiyasi;
- yirik qon tomir va nerv yaqinida yod tanalarning bo’lishi;
- qon ketish va qon ketishga moyillik.
Bu ko’rsatmalarning nisbiy deyilishiga sabab shuki, ular bartaraf
etilganidan so’ng shifobaxsh jismoniy tarbiya muolajasini bemorga tavsiya etish
mumkin.
2.Absolyut qarshi ko’rsatma:
- yomon sifatli shishishlar yoki onkologik kasalliklar.
Xulosa
Ma’ruzada ShJT usullarining boshqa dori-darmon bilan davolash
usullaridan afzallik tomonlari ko’rsatildi, jismoniy mashqlarning ta’sir
mexanizmlari tushuntirildi. ShJT vositalari, shakllarining klassifikatsiyalari,
harakat tartibotlari va unga bog’liq holda shifobaxsh gimnastika muolajasini
tuzish printsiplari haqida fikr yuritildi.
Tinglovchilar bilan o’zaro aloqani o’rnatish uchun savollar:
1. Davolash-reabilitatsiya kompleksida ShJT qanday maqsadda qo’llani-
ladi ?
2. ShJTning usullari va ularning afzalliklari?
3. Jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta’sir mexanizmi.
4. Jismoniy mashqlar qanday guruhlarga bo’linadi?
5. Qaysi holatlarda ideomotor mashqlarni qo’llash tavsiya etiladi?
6. Harakat tartibotini kengaytirish qachon va kim bilan hal etiladi?
7. Harakat tartibotlari va ularning vazifalari qanday?
8. Shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzishda nimaga e’tibor berish
kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: