Vrach nazorati fani bo’yicha o’zlashtiradigan


 «Somatoskopiya» bayonnomasi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#245413
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189
Bog'liq
A.A. Usmanxodjayeva. Shifokor nazorati, shifobaxsh jismoniy

 
2. «Somatoskopiya» bayonnomasi 
Bosh holati 
 
 
Yelkalarning holati 
 
 
Kuraklar joylashishi holati 
 
 
Bel shakli 
 
Qorin shakli 
 
Umurtqa pog’onasi: lordoz   
kifoz   
yon tomonga qiyshayish   
buralish 
 
Bel uchburchagi 
 
 
Epigastral burchak 
 
Ko’krak qafasi shakli   
Qo’l shakli 
 
Oyoq shakli   
Tovon shakli 
 
 
Bo’g’imlar harakatchanligi   
 
Mushaklar rivojlanganligi 
 
 
Teri: rangi 
 
namligi 
 
pigmentatsiyasi   
 
Somatoskopiya ma’lumotlariga qarab xulosa qilish: 
Qaddi-qomat 
 
 
Tana tuzilish tipi 
 
 


 
144 
IV BOB. SHIFOBAXSH JISMONIY TARBIYASI UMUMIY ASOSLARI 
4.1. Shifobaxsh jismoniy tarbiyani organizmga ta’sir mexanizmlari 
 
Shifobaxsh  jismoniy  tarbiya  (ShJT)  –  bu  jismoniy  tarbiya  vositalarini 
kasallikni  davolash,  oldini  olish  va  bemorlarni  reabilitatsiyasi  maqsadida 
qo’llashdir. 
ShJTning o’ziga xos xususiyatlari yoki davolash usullari: 
- ShJT tabiiy biologik davolash usulidir. Bunda davolash jarayonida tabiiy 
bo’lgan harakatlar va tabiiy omillardan foydalaniladi; 
- butun davolanish jarayonida bemorlar faol ishtirok etadilar
- ShJT patogenetik davolash usulidir. Jismoniy tarbiya vositalari yordami 
bilan kasalliklarning patogeneziga ta’sir ko’rsatiladi. Masalan: bronxial astmada 
bronxlarning  torayishi  (spazmi)  kuzatiladi.  Beriladigan  maxsus  mashqlar 
yordamida  bronxlarning  torayishiga  ta’sir  etib,  yo’qotiladi.  Bunda  o’pka 
ventilyasiyasi  oshiriladi,  drenajlovchi  nafas  mashqlari  yordamida  turib  qolgan 
sekretlar haydaladi; 
-  ShJT  nospetsifik  davolash  usulidir.  Davolash  maqsadida  beriladigan 
mashqlar  spetsifik  ta’sir  qilish  bilan  bir  vaqtda,  organizmning  umumiy 
reaktivligi, 
modda 
almashinuv 
jarayonlari, 
organlarning 
qon 
bilan 
ta’minlanishlarini kuchaytiradi; 
-  ShJT  funktsional  davolash  usulidir.  Patologik  jarayonning  rivojlanishi 
hisobiga a’zo va tizimlarning funktsional holatlarida buzilishlar kuzatiladi. ShJT 
vositalari bilan buzilgan funktsional holatlar yaxshilanadi va tiklanadi. Masalan: 
jarohat vaqtida singan suyaklarga gips qo’yiladi, bunda yaqin bo’lgan ikki bo’sh 
bo’g’im  fiksatsiyalanadi.  Natijada  uzoq  vaqtga  qo’yilgan  gips  bo’g’imlardagi 
harakatlarni  chegaralaydi,  ularning  qon  bilan  ta’minlanishi  buziladi  va 
mushaklar  atrofiyaga  uchraydi.  Bemorlarga  beriladigan  jismoniy  tarbiya 
vositalari bu holatlarni kamaytirishga, yo’qotishga va funktsiyasini yaxshilashga 
va  qisqa  vaqt  davomida  tiklashga  qaratiladi.  Shifobaxsh  gimnastika  muolajasi 


 
145 
gips  qo’yilgan  birinchi  kundan  boshlab  ochiq  joylarga,  bo’sh  bo’g’imlarga 
beriladi.  Gips  olinganidan  so’ng  har  xil  mashqlar  beriladi  (tuzatuvchi, 
mexanoterapiya,  muvozanatga,  koordinatsiyaga  va  h.z.)  va  ular  yordamida 
buzilgan funktsiyalar yaxshilanadi va tiklanadi. 
Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning ta’sir mexanizmlari : 
1.  Neyro-reflektor  va  gumoral  ta’sir  –  jismoniy  mashqlar  asab 
retseptorlarining  nospetsifik  qo’zg’atuvchilari  bo’lib  hisoblanadilar.  Ular  nerv 
retseptorlariga ta’sir etib, markazga intiluvchi yo’l orqali MNSga boradilar.  
U yerda gipofiz-gipotalyamus tizimi orqali o’tib, retikulyar formatsiya va 
po’stloq  ostida  joylashgan  har  xil  markazlarga  ta’sir  etib,  impulslarni 
o’zgartirilgan  holda  markazdan  qochuvchi  asab  yo’llari  orqali  patologik 
o’chog’iga qaytib tushadi va quyidagilarga olib keladi: 
- qon va limfa aylanishi yaxshilanadi
- modda almashinuv jarayoni faollashadi; 
- biologik aktiv moddalarning ajralishi kuchayadi; 
- regeneratsiya va reporatsiya jarayonlari yaxshilanadi
- to’qima trofikasi yaxshilanadi. 
Bunday  ta’sirlar  natijasida  og’riq  susayadi  va  qoladi,  yallig’lanish 
holatlari kamayadi, spazmalitik ta’sirni yuzaga keltiradi. 
2.  Kompensator  (to’ldiruvchi)  ta’sir  –  bunda  organizmdagi  patologik 
o’zgarishlar  o’rni  to’ldiriladi  va  patologik  jarayonning  avj  olib  ketishining  oldi 
olinadi. Masalan: nafas a’zolari kasalliklarida, nafas jarayonida ishtirok etuvchi 
mushaklarga mashqlar beriladi, ya’ni diafragmaga, qovurg’alar oralig’iga, yelka 
kamariga,  orqa  mushaklariga.  Hazm  a’zolari  kasalliklarida  qorin  oldi  mushak 
pressiga  mashqlar,  tos  tubi  organlari  kasalliklarida  oraliq  va  anus  sfinkteriga 
mashqlar va h.z. 
3.  Trofik  ta’sir  –  qo’llanilayotgan  jismoniy  tarbiya  vositalari  ta’sirida 
tomirlar  kengayadi,  qon  aylanishi  yaxshilanadi,  modda  almashinuvi 


 
146 
yaxshilanadi,  natijada  jarohatlangan  joyning  trofikasi  yoki  oziqlanishi 
yaxshilanadi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish