Vrach nazorati fani bo’yicha o’zlashtiradigan



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#245413
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   189
Bog'liq
A.A. Usmanxodjayeva. Shifokor nazorati, shifobaxsh jismoniy

1.  Organizm  tonusini  oshiruvchi  ta’siri.  Bunda  massaj  MNT  ning 
qo’zg’alishini 
kuchaytiradi. 
Bir 
tomondan 
uqalanayotgan 
mushaklar 
proprioretseptorlaridan  asab  impulslarining  bosh  miya  katta  yarim  sharlarining 
po’stlog’iga  yuborilishining  oshishi  bilan,  ikkinchi  tomondan  bosh  miya 
retikulyar 
formatsiyasining 
funktsional 
faollashishining 
ortishi 
bilan 
tushuntiriladi.  Massajning  tetiklashtiruvchi  ta’siri  gipodinamiyaning  salbiy 
belgilarini yo’qotish uchun qo’llaniladi (majburiy kam harakatli hayot kechirish, 
jarohatlar,  ruhiy  buzilishlar  va  h.z.).  Massajning  quyidagi  usullari  qo’llaniladi: 
kuchli  yumshatish,  siltash,  hamma  urish  usullari  (kesish,  yengil  urish  va  h.z.). 
Organizmning  tonusini  oshiruvchi  ta’sirning  maksimal  effektivligiga  erishish 
uchun massaj tez sur’atda qisqa vaqt davomida o’tkazilishi kerak. 
2.  Tinchlantiruvchi  ta’siri.  Bunda  MNT  ning  faoliyatiga  tormozlovchi 
ta’sir  ko’rsatiladi,  ya’ni  ekstero-  va  proprioretseptorlarga  me’yoriy,  ritmik  va 
davomiy  ta’sir  ko’rsatiladi.  Tinchlantiruvchi  ta’sirga  massajning  butun  tana 


 
163 
bo’ylab  ritmik  silash  va  surtish  usullarini  qo’llab  erishiladi.  Massaj  sekin 
sur’atda uzoq vaqt davomida olib boriladi. 
3.  Trofik  ta’siri.  Trofik  ta’sir  qon  va  limfa  oqimining  tezlashishi  bilan 
bog’liqdir.  Bunda  to’qimalarga  kislorod  va  boshqa  oziq  moddalarining  olib 
borilishi  yaxshilanadi.  Mushaklarning  ish  bajarish  qobiliyatini  tiklashda  trofik 
ta’sirning ahamiyati kattadir. 
4.  Energotrop  ta’siri.  Bu  ta’sir  asab-mushak  apparatining  ish  bajarish 
qobiliyatini oshirishga qaratilgan va quyidagicha namoyon bo’ladi : 
- mushaklar bioenergiyasining faollashishi
- mushaklarda modda almashinuvining yaxshilanishi; 
-  mushak  tolalariga  asabiy  qo’zg’alishni  uzatishni  kuchaytiruvchi 
atsetilxolin hosil bo’lishining oshishi; 
- mushak tomirlarini kengaytiruvchi gistamin hosil bo’lishining oshishi; 
-  mushaklar  qisqarish  tezligini  oshirishga  va  fermentativ  jarayonlarning 
tezlashishiga olib keluvchi uqalanayotgan to’qimalarda haroratning oshishi. 
5. Organizm funktsiyasini normallashtiruvchi ta’siri. Bu ta’sir bosh miya 
katta yarim sharlar po’stlog’ida asab jarayonlar dinamikasining regulyatsiyasida 
namoyon  bo’ladi.  Asab  tizimida  qo’zg’alish  yoki  tormozlanish  jarayonlarining 
keskin  ustunligida  bu  ta’sir  muhim  ahamiyatga  ega.  Massaj  vaqtida  harakat 
analizatorlari sohasida qo’zg’alish o’chog’i hosil qilinadi, bu manfiy induktsion 
qonuni  bo’yicha  dimlanish,  bosh  miya  po’stlog’idagi  patologik  o’choqlarni 
bostiradi.  Massajning  normallashtiruvchi  ta’siri  jarohatlarni  davolashda  katta 
ahamiyatga ega, ya’ni to’qimalarning tiklanishini va atrofiyani bartaraf etilishini 
tezlashtiradi.  Har  xil  a’zolarning  funktsiyasini  normallashtirishda  ma’lum 
refleksogen sohalarda segmentar massaj o’tkaziladi. 
Massaj  qanday  maqsadda  qo’llanilishiga  qarab  quyidagi  turlariga 
bo’linadi: 
1. Sport massaji. Bu massaj turi sportchilarning funktsional holatini, sport 
formasini  yaxshilash,  jismoniy  ish  bajarish  qobiliyatini  oshirish,  jarohat  va 


 
164 
tayanch-harakat  apparati  kasalliklarining  oldini  olish  uchun  qo’llaniladi.  Sport 
massaji dastlabki (mobilizatsion) va tiklovchi massajlarga bo’linadi. 
Dastlabki massaj mashg’ulotdan (musobaqadan) oldin o’tkaziladi. Bundan 
maqsad  –  asab-mushak  apparatini,  yurak-qon  tomir  va  nafas  tizimlarini 
tayyorlash,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  tezlashtirish,  tayanch-harakat  apparati 
jarohatlarining  oldini  olishdir.  Bajariladigan  ish  xarakteriga,  sport  turiga, 
sportchining  ruhiy  holatiga  qarab  tinchlantiruvchi  va  tetiklashtiruvchi  massaj 
farqlanadi. 
Tiklovchi massaj katta jismoniy va ruhiy yuklamalardan so’ng bajariladi. 
Uning  vazifasi  bo’lib  hisoblanadi:  sportchining  funktsional  holatini  tiklash, 
jismoniy ish bajarish qobiliyatini oshirish, umumiy holsizlanishni chetlashtirish. 
Asosan umumiy tiklovchi massaj, kam holatlarda mahalliy (kurashchi, bokschi, 
gimnastlar  uchun  tanaffus  vaqtida)  tiklovchi  massaj  qilinadi.  Katta  jismoniy 
yuklamalardan  so’ng  avaylovchi  xarakterda  bo’ladi,  dam  olish  kunlari  massaj 
ancha  chuqur  o’tkaziladi.  Massajning  qo’llanilish  soni  holsizlanish  darajasiga, 
tayyorgarlik bosqichiga va boshqa omillarga bog’liq holda qilinadi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish